Andrey Borisovich Panferov (1960-yil 4-avgust, Toshkent) – Novosibirsk viloyati Qonunchilik assambleyasi raisining birinchi oʻrinbosari (vitse-spiker), Rossiya Qurolli Kuchlari GRU 67-alohida brigadasi harbiy xizmatchisi, isteʼfodagi GRU polkovnik-leytenanti. 2019-yil 29-yanvardan 23-oktyabrgacha „Yagona Rossiya“ partiyasining Novosibirsk viloyat boʻlimi kotibi[1][2].

Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-avgust 1960-yil
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Siyosiy partiyasi LDPR, Yedinaya Rossiya
Kasbi harbiy
Ilmiy unvoni podpolkovnik
Xizmat yillari 19791998

Biografiyasi tahrir

Oilasi tahrir

Andrey Borisovich 1960-yil 4-avgustda Toshkentda tavallud topgan. Bobosi GRU zobiti, Afgʻonistonda bosmachilarga qarshi janglar qatnashchisi[3]. Togʻasi afgʻonistonlik, onasi asli eronlik boʻlgan[3].

Andrey oilali, ikki nafar farzandi bor. Xotini yengil atletika bilan shugʻullangan. Oʻgʻli kurashchi boʻlib, Rossiya Pankration chempionatida ogʻir vaznda 2-oʻrinni egallagan. Qizi prokuratura va Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat xizmati xodimi boʻlib, taekvondo va dzyudo bilan shugʻullangan. Alekseyning oʻzi boks va triatlon bilan shugʻullanadi.

Harbiy xizmati tahrir

Panferov 1977-yilda Toshkent shahridagi 110-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 1977–1979-yillarda Lenin nomidagi Toshkent Davlat universitetida Glatsiologiya fakultetida tahsil olgan. 1979-yil aprel oyida SSSR Qurolli Kuchlari safiga chaqirilib, SSSR Qurolli Kuchlari GRU Bosh shtabining Chirchiq (Toshkent viloyati) Turkiston harbiy okrugida xizmat qilgan.

Andrey Borisovich 1984-yilda Novosibirsk oliy harbiy-siyosiy maktabining havo-desant kuchlari fakultetini tamomlagan. U Oʻrta Osiyo harbiy okrugida SSSR Qurolli Kuchlari Bosh shtabi GRU boʻlinmalari tarkibida maxsus kuchlar rotasi qoʻmondoni oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan. 1987–1988-yillarda Afgʻonistondagi jangovar harakatlarda (Qandahor viloyati) maxsus kuchlar rotasi qoʻmondoni oʻrinbosari sifatida qatnashgan. 1988–1991-yillar oraligʻida Kavkazorti harbiy okrugida xizmat qilgan[4].

Aleksey 1998-yilda tashkiliy va shtat chora-tadbirlari tufayli zaxiraga oʻtkazildi, aslida ishdan boʻshatilgan edi.

Mukofotlari tahrir

Aleksey Borisovich IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“[5], „Aleksandr Nevskiy“, „Jasorat“, „Qizil Yulduz ordenlari“ va „Jangovar xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir