Andrey Mixaylovich Shipilov — sovet va rus yozuvchisi, jurnalist.

Shipilov Andrey
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shipilov Andrey Mixaylovich
Tavallud sanasi 2-may 1961-yil (61 yosh) Moskva, SSSR
Tavallud joyi RossiyaRossiya
Sovet Ittifoqi SSSR
Laqabi Andrey Primknuvshiy, Andrey Diyagilev, Sha Ki Pesh

Tarjimai holi tahrir

  • Andrey Shipilov 1961-yil 2-mayda Moskvada tugʻilgan.
  • 1978-yilda MIREA (Moskva radiotexnika, elektronika va avtomatlashtirish instituti) radio boʻlimiga oʻqishga kirgan va uni 1984-yilda tamomlagan.

Institutda u komsomollik faoliyatini boshlagan, fakultetning talabalar ilmiy boʻlimiga rahbarlik qilgan. Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi Moskva shahar qoʻmitasining shtatsiz instruktori sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati tahrir

  • 1987-1989-yillarda SSSR Yozuvchilar uyushmasining Moskva tashkiloti

qoshidagi Andrey Kuchayev seminarida tahsil olgan.

  • 1987-yildan „Moskoviskiy Komsomoles“ gazetasining Satira va hazil

boʻlimida (Lev Novojenov rahbarligida) uning maqolalari faol nashr etilgan va radioda satirik yozuvchi sifatida eshittirishlari berib borilgan.

  • 1989-yildan SSSR Adabiyot jamgʻarmasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining

taftish komissiyasi raisi;

  • Xuddi shu yili Andrey Kuchayev tomonidan yangi tashkil etilgan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi aʻzosi boʻlgan.
  • 1990-1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi nashriyotini boshqargan;
  • 1996-2000-yillarda „Computerra“ nashriyot uyi tomonidan nashr etilgan haftalik nashrda dastlab bosh muharrir oʻrinbosari;
  • soʻngra „Computerra Online“ internet nashri bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan.
  • Andrey Shipilov 2000-2005-yillarda oʻzi tomonidan taʼsis etilgan „Sifrovoe foto“ (raqamli foto) jurnaliga rahbarlik qilgan.
  • 2006-yilda jurnalist yana „Computerra“ nashriyot uyiga „Biznes-jurnal Online“ nashrining bosh muharriri sifatida qaytgan, ammo oradan olti oy oʻtgach uni ham tark etgan.

Ijtimoiy-maʼnaviy ishlardagi faolligi tahrir

Andrey Shipilov 2000-yildan beri jurnalistik faoliyat bilan bir qatorda internetdagi startaplarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. WebMoney toʻlov tizimining moliyaviy yordami bilan u Plati.ru, DigiSeller.dom Domenov xizmatlarini ishga tushirgan.

  • 2007-yilda Andrey Shipilov Runet (Rossiya Federatsiyasi Matbuot va

ommaviy kommunikatsiyalar federal agentligi tomonidan har yili beriladigan mukofot) mukofotining anti koʻrinishi sifatida Anti Runet mukofoti (Internet-loyihalariga beriladiganmukofot)ni taʼsis etgan.

  • 2010-yillarning boshlarida Andrey Shipilov asosan oʻqituvchilik faoliyati

bilan shugʻullangan va nashrlarda ham faol ishtirok etishda davom etgan. U Magninhos, Finam, Infoboom haqidagi mualliflik ruknlarini olib borgan. „Kommersant Money“ nashri bilan yaqindan hamkorlik qilgan[1].

Hozirda Kipr orolining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Pafos shahrida yashaydi. Ukraina davlatida boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng u Rossiya hukumatiga faol qarshilik koʻrsatgan. Kasparov.ru, Grani.ru va boshqa muxolif saytlar bilan hamkorlik qilgan. Facebookda oʻzining muxolifat sahifasini yaratgan va unga 25 000 dan ortiq kishi obuna boʻlgan[2].

2015-yilda Shipilov oʻzining shaxsiy veb-saytida „Ocherki o jizni realnoy mirovoy zakulisi, napisannie eyo funksionerom v ramkax slujebnogo zadaniya“ni, 2016-2017-yillarda esa „I Upalo Slovo“ romanini nashr etishni boshlagan.

Qiziqarli faktlar tahrir

Andrey Shipilovning blogi 2009-yilda ROTOR (Internet loyihalarning rus tilidagi tanlovi) professional onlayn tanlovida eng yaxshi shaxsiy sayt deb topilgan[3]. Ovoz berish natijalariga koʻra, Andrey Shipilov 2009- va 2010-yillarda „Dvadsatku Runeta“ roʻyxatiga kiritilgan[4].


Manbalar tahrir

  1. Личная страница в Facebook Архивная копия от 13 февраля 2018 на Wayback Machine.
  2. Andrey Shipilov. Дата обращения: 21 февраля 2016. Архивировано 13 февраля 2018 года
  3. РОТОР 2009: 27. Персональный сайт года. Дата обращения: 6 августа 2012. Архивировано 23 октября 2012 года.
  4. [1] Архивная копия от 4 августа 2012 на Wayback Machine, [2] Архивная копия от 23 сентября 2012 на Wayback Machine

Havolalar tahrir