Antik falsafa — falsafaning Antik davrda oid qismi. Qadimgi yunon va Qadimgi Rim falsafasi qismlariga bo'linadi va dastlabki mumtoz falsafa davridan milodiy 529-yilda Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug'i bilan Afinadagi so'nggi falsafiy maktab yopilguniga qadar davom etgan. An'analarga ko'ra, dastlabki antik faylasuf Fales, so'nggisi esa Boetsiy hisoblanadi.

Antik falsafa qadimgi yunon donishmandligi va orfizmi an'analari asosida shakllangan bo'lib, uning shakllanishiga Misr, Mesopotamiya va boshqa Qadimgi Sharq mamlakatlarida mavjud donishmandlik va kohinlik ko'rinishlari ta'sir qilgan. Avvaliga mifologik tasavvurlar qurshovida bo'lgan qadimgi yunon tafakkuri keyinchalik o'z predmeti va metodlariga ega alohida faoliyat sohasi sifatidagi falsafa tushunchasining ishlab chiqilishiga sabab bo'ldi, Xristianlik dinining yuzaga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi, umumiy hisobda G'arb sivilizatsiyasi taraqqiyotining tamal toshlaridan biri bo'lmish oqilona fikrlashning asoslaridan birini yaratdi va ijtimoiy ongning o'ziga xos shakllaridan biri bo'lib yetishgan ilm-fanning yaralishiga asos bo'ldi.

Davrlashtirish va turli davrlarda ko'rilgan asosiy muammolar tahrir

  1. Naturfalsafa (asosiy muammo — dunyoning tuzilishi va ibtidosi). Bir-biri bilan raqobatlashuvchi turli maktablar mavjud bo'lgan;
  2. Gumanistik falsafa (falsafada diqqat tabiatdan insonga qaratiladi). Sofistlar maktablari, Sokrat;
  3. Mumtoz (umumiy sintez davri). Dastlabki falsafiy tizimlar yaratilishi, falsafiy muammolarning butun to'plamlari ochilishi. Platon, Aristotel;
  4. Ellinistik (falsafiy tafakkur markazi Yunonistondan Rimga ko'chadi). Bir-biri bilan raqobatlashuvchi turli maktablar mavjud bo'lgan. Farovonlik va baxt muammosi. Epikur, skeptiklar, stoiklar maktablari;
  5. Diniy (Neoplatonizm taraqqiyoti). Falsafiy muammolar qatoriga din muammosi ham qo'shiladi;
  6. Xristian ta'limoti va monoteistik din yuzaga kelishi.

Adabiyotlar tahrir

  • Фрагменты ранних греческих философов. / Подгот. изд. Лебедев А. В. Отв. ред. И. Д. Рожанский. — М. : Наука, 1989. — Ч. 1. — 575 с. — ISBN 5-02-008030-6
  • Асмус В. Ф. Античная философия. — М.: Высшая школа, 1999.
  • Буряк В. В. Античная философия: Учебник. — Симферополь: ДИАЙПИ, 2009. — 256 с. — ISBN 978-966-491-084-9.
  • Вернан Ж.-П. Происхождение древнегреческой мысли. — М.: Прогресс, 1988. — 221 с.
  • Гайденко П. П.. Античная философия: космоцентризм. — Глава из учебника: Введение в философию. Авторский коллектив под руководством И. Т. Фролова. 3-е издание, перераб. и доп. М.: Республика, 2003. — 623 с. — ISBN 5-250-01868-8
  • Гуторов В. А. Античная социальная утопия. Вопросы истории и теории. — Л. : Изд-во Ленингр. ун-та, 1989. — 288 с.
  • Лосев А. Ф. История античной философии в конспективном изложении. — М, 1989.
  • Лосев А. Ф. История античной эстетики. Последние века. — В 2 кн. — М.: Искусство, 1988.
  • Мамардашвили М. К. Лекции по античной философии. — М.: Аграф, 1997.
  • Надточаев А. С. Философия и наука в эпоху античности. — М.: Изд-во Моск. ун-та, 1990. — 286 с.
  • Солопова М. А. Античная философия // Новая философская энциклопедия / Ин-т философии РАН; Нац. обществ.-науч. фонд; Предс. научно-ред. совета В. С. Стёпин, заместители предс.: А. А. Гусейнов, Г. Ю. Семигин, уч. секр. А. П. Огурцов. — 2-е изд., испр. и допол. — М.: Мысль, 2010. — ISBN 978-5-244-01115-9.
  • Хлебников Г. В. Античная философская теология. — М.: Наука, 2007.
  • Целлер Э. Очерк истории греческой философии. Перевод С. Л. Франка. — СПб.: Алетейя, 1996.
  • Античная философия: Энциклопедический словарь — М.: Прогресс-Традиция, 2008. — 896 с. — ISBN 5-89826-309-0 (ошибоч.)
  • Античная философия: Проблемы историографии и теории познания. — М., 1991. — 133 с.