Armen Arshavirovich Azatyan (1915-yil, Varshava, Polsha Qirolligi, Rossiya imperiyasi – 1995-yildan oldin) – sovet biogeografi, iqtisodiy geograf va geografiya tarixi boʻyicha mutaxassis[1]. Geografiya fanlari doktori, Toshkent iqtisodiyot instituti professori. E.P.Korovinning shogirdi.

Armen Arshavirovich Azatyan
Tavalludi 1915-yil
Varshava
Vafoti 1995-yildan oldin
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi biogeografiya, iqtisodiy geografiya
Ish joylari Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Armen Arshavirovich Azatyan 1915-yil 13-aprelda Varshavada tugʻilgan[2].

1937-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universitetini biogeografiya fakultetini tamomlagan.

1937–1941-yillarda mazkur universitetda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan hamda „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan[3].

1945-yildan Toshkent xalq xoʻjaligi institutining iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.

1950-yilda geografiya fanlari nomzodi boʻlgan.

1964-yilda geografiya fanlari doktori va professor ilmiy darajalarini olgan. Asarlari Oʻrta Osiyoni oʻrganilish tarixi, uni oʻrganishdagi atoqli olimlarning tutgan oʻrniga bagʻishlangan.

Armen Arshavirovich Azatyan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Ilmiy ishlari tahrir

Armen Arshavirovich Azatyan koʻplab ilmiy ishlari muallifi. Jumladan, „N.A.Severtsov Oʻrta Osiyo tabiatining koʻzga koʻringan tadqiqotchisi“ (1956-yil), „A.P.Fedchenko: geograf va sayohatchi“ (1956-yil), „Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan tadqiqotchilari“ (1960—1966-yillar)[4], „Vasiliy Fedorovich Oshanin: entomolog va sayohatchi“ (1961-yil), „Markaziy Osiyo geografik bilimlarida klassik davr“ (1962-yil), „Geografik jamiyat va uning Oʻrta Osiyoni oʻrganishdagi oʻrni“ (1969-yil), „Sovet Osiyosining ochilishi va tadqiqi tarixi“ (1969-yil), „Gvozdetskiy va boshqalar“ (1969-yil), „Sovet Osiyosining kashfiyoti“ (1969 yil), „Dokuchayev hayoti va ilmiy ijodi“ (1970-yil), „Markaziy Osiyoning asosiy geografik muammolari“ (1975-yil), „Sovet davrida Oʻrta Osiyo geografiyasining asosiy yoʻnalishlari“ (1976-yil) kabi ilmiy ishlarni yozgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Краснопольский А. В.. Отечественные географы (1917 - 1992): Биобиблиографический справочник (в 3-х томах)), 1000 экз, СПб.: Б.и., 1993.  (в пер.)

Manbalar tahrir

  1. „Азатьян, Армен Аршавирович“. www.unionpedia.org. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  2. „Армен Азатьян“. www.redday.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  3. „Память народа“. 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  4. „Выдающиеся исследователи природы Средней Азии. Ч. 2: [Н. А. Северцов, А. Н. Краснов“]. www.unis.shpl.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.