Arseniy Nikolayevich Yefremov (1886 – 1955) – 50-artilleriya brigadasining podpolkovnigi, Birinchi Jahon urushi qahramoni, Rossiya janubidagi oq harakatining faol aʼzolaridan biri.

Arseniy Yefremov
Tavalludi 1886-yil
Vafoti 14-fevral 1955-yil(1955-02-14)
(69 yoshda)
Nyu-Jersi
Kasbi Harbiy amaldor

Biografiyasi tahrir

Arseniy Yefremov 1886-yil 24-mart sanasida Samarqandda tugʻilgan. Isteʼfodagi general-mayor Nikolay Alekseyevich Yefremovning oʻgʻli (1843-?). Katta akasi Aleksey (1882—1964) – ofitser unvonini qoʻlga kiritgan. Arseniy 2-Orenburg kadet korpusini (1903) va Aleksandr harbiy maktabini (1905) tugatgan, oʻquv markazini muvaffaqiyatli yakunlagaindan soʻng 59-artilleriya brigadasining ikkinchi leytenanti sifatida xizmatga joʻnatilgan.

1906-yil 11-yanvarda Arseniy Yefremov 1-zaxira artilleriya brigadasiga xizmat uchun joʻnatilgan[1]. Oradan 4 yil oʻtib 1910-yil 9-avgustda – 50-artilleriya brigadasiga oʻtkazilgan. 1908-yil 29-avgustda leytenant unvoniga ega boʻlgan boʻlsa, 1912-yil 31-avgustda shtab-kapitan unvoniga koʻtarilgan.

Arseniy 50-artilleriya brigadasi bilan Birinchi jahon urushiga kirgan. Urushda koʻrsatgan faolligi uchun 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan

1916-yil 7-fevralda kapitan, 1917-yil 21-iyulda podpolkovnik unvoniga koʻtarilgan[2].

1918-yilda Hetman armiyasida xizmat qilgan, 1918-yil 7-noyabrda 4-chi armiya artilleriya polkiga tayinlangan. Fuqarolar urushi davrida u Oqlar harakatining faol aʼzolaridab biriga aylangan. Rossiya janubidagi qurolli kuchlarda Arseniy Angliyada maʼlumotlarni qabul qilish komissiyasining aʼzosi boʻlgan. 1920-yil boshida Arseniy Yefremov Novorossiyskdan „Vladimir“ kemasida Lemnos oroliga evakuatsiya qilingan. 1920-yil 16-oktyabrda rus armiyasi tarkibida Qrimga „Xerson“ kemasida joʻnab ketgan.

1922-yilda – Konstantinopolda, keyin AQShda surgunda boʻlgan. Arseniy Yefremov artilleriya ofitserlari jamiyatining aʼzosi boʻlgan. Yefremov 1955-yilda Nyu-Jersida vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. [1]
  2. „Приказы Временного правительства Армии и Флоту о чинах военных. С 1 по 31 июля 1917 года.“. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.