Asadulla Xoʻjayev koʻchasi (Toshkent)

Asadulla Xoʻjayev koʻchasi — Shayxontohur tumanidagi markaziy koʻchasidan biri. Bunyodkor shoxkoʻchasi bilan Islom Karimov koʻchasi kesishmasi va Mannon Uygʻur koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,5 kilometrga yaqin[1].

Asadulla Xoʻjayev koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uzunligi 2.5 km
Kim sharafiga nomlangan Asadilla Xoʻjayev
Koʻchada joylashgan binolar "Jar" sport majmuasi

Oʻz davrida Toshkent shahar xoʻjaligiga katta hissa qoʻshgan Asadilla Xoʻjayev (1920-1983) nomi bilan yuritiladi. 1983-yil 3-noyabrda qoʻyilgan. Koʻcha yoʻnalishida maʼmuriy va koʻp qavatli turar joy binolari, shaxsiy uy-joylar, „Qoratosh“ mavzesi, 2 ta avtoyonilgʻi quyish shoxobchasi, „Jar“ sport majmuasi mavjud.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.