Ashley Luke Barnes (talaffuzi: Eshli Lyuk Barns) (1989-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) —angliyalik professional futbolchi. Ashley Barnes Angliya EFL Chempionati jamoasi „Burnley“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Ashley Barnes
Barnes 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ashley Luke Barnes[1]
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1989-yil (1989-10-30) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Bath, Angliya
Boʻyi 1.86 m[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Burnley
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
0000—2007 Paulton Rovers
2007—2010 Plymouth Argyle 22 (4)
2007Oxford United (ijara) 3 (1)
2008Salisbury City (ijara) 5 (0)
2008—2009Eastbourne Borough (ijara) 8 (5)
2010Torquay United (ijara) 6 (0)
2010Brighton & Hove Albion (ijara) 8 (4)
2010—2014 Brighton & Hove Albion 141 (42)
2014 Burnley 242 (45)
Milliy terma jamoa
2008

Avstriyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-noyabr uchun)

Barnes futbolchilik faoliyati davomida avvalroq „Paulton Rovers“, „Plymouth Argyle“, „Oxford United“, „Salisbury City“, „Eastbourne Borough“, „Torquay United“ va „Brighton & Hove Albion“ futbol klublarida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Plymouth Argyle tahrir

Bolaligida Ashley Barnes „Bath Arsenal“ jamoasida oʻynagan[4]. Ashley Barnes oʻzining professional faoliyatini „Paulton Rovers“ futbol klubida samarali toʻpurar sifatida boshlagan. 2007-yil mart oyida Ashley Barnes chempionat vakili „Plymouth Argyle“ futbol klubi bilan oʻn sakkiz oylik shartnoma bilan imzolashga muvaffaq boʻldi[5]. U „Plymouth“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2007-yilning avgust oyida „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[6].

Keyinchalik Ashley Barnes tajriba orttirish uchun 2007-yil noyabr oyida „Oxford United“ futbol klubiga ijaraga yuborildi[7]. Barnes „Oxford United“ futbol klubi safida besh marta maydonga tushdi. Shundan soʻng, 2008-yilning mart oyida u „Salisbury City“ futbol klubiga ijaraga yuborildi[8]. U klub safida 5 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo raqib darvozasini ishgʻol eta olmadi.

Barnes 2008-yilning noyabr oyida jamoadoshi Daniel Smith bilan birga „Eastbourne Borough“ futbol klubiga uchinchi marta ijaraga berildi[9].

Ashley Barnes 2010-yilning fevralida mavsum oxirigacha Ikkinchi liga vakili „Torquay United“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi[10][11], lekin bir oy oʻtib, (oltita oʻyinda maydonga tushib) asosiy jamoa safiga qaytdi[12].

Brighton & Hove Albion tahrir

Keyinchalik Barnes mavsum oxirigacha ijara asosida"Brighton & Hove Albion" futbol klubiga qoʻshildi[13]. Ashley Barnes ikki kundan soʻng „Tranmere Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻyinda gol urdi[14].

2010-yilning 8-iyulida Barnes „Plymouth Argyle“ futbol klubidan nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilinganidan soʻng „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[15]. Barnes mavsumni 49 oʻyinda 20 gol urgan holda (Glenn Murreydan keyin) „Brighton“ klubining ikkinchi eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.

Burnley tahrir

2014-yilning 10-yanvarida Ashley Barnes „Burnley“ futbol klubiga nomaʼlum pul evaziga uch yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi[16]. 2019-yilning noyabrida Barnes „Burnley“ futbol klubi bilan 2022-yilning iyunigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[17].

Shaxsiy hayoti tahrir

Ashley Barnes Bath yaqinidagi Somerset shtatidagi Dunkerton shahrida tugʻilgan[18]. U Bath yaqinidagi Writhlington maktabida oʻqigan[19].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil 8-noyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Plymouth Argyle 2007—2008 Chempionat 0 0 1 0 1 0
2008—2009 Chempionat 15 1 0 0 0 0 15 1
2009—2010 Chempionat 7 1 1 0 1 0 9 1
Jami 22 2 1 0 2 0 25 2
Oxford United (ijara) 2007—2008 Premyer konferensiya 3 1 2 0 3 0 8 1
Salisbury City (ijara) 2007—2008 Premyer konferensiya 5 0 5 0
Eastbourne Borough (ijara) 2008—2009 Premyer konferensiya 8 5 1 0 9 5
Torquay United (ijara) 2009—2010 Ikkinchi liga 6 0 6 0
Brighton & Hove Albion (ijara) 2009—2010 Birinchi liga 8 4 8 4
Brighton & Hove Albion 2010—2011 Birinchi liga 42 18 6 2 0 0 1 0 49 20
2011—2012 Chempionat 43 11 4 1 3 2 50 14
2012—2013 Chempionat 34 8 2 1 1 0 2 0 39 9
2013—2014 Chempionat 22 5 1 0 1 1 24 6
Jami 149 46 13 4 5 3 3 0 170 53
Burnley 2013—2014 Chempionat 21 3 21 3
2014—2015 Premyer liga 35 5 1 0 1 0 37 5
2015—2016 Chempionat 8 0 0 0 0 0 8 0
2016—2017 Premyer liga 28 6 3 0 0 0 31 6
2017—2018 Premyer liga 36 9 1 1 2 0 39 10
2018—2019 Premyer liga 37 12 0 0 1 0 5 1 43 13
2019—2020 Premyer liga 19 6 0 0 0 0 19 6
2020—2021 Premyer liga 22 3 2 0 1 0 25 3
2021—2022 Premyer liga 23 1 0 0 2 0 25 1
2022—2023 Chempionat 13 0 0 0 1 0 14 0
Jami 242 45 7 1 8 0 5 1 262 47
Jmai 434 99 23 5 15 3 12 1 484 108

Manbalar tahrir

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 10-fevral 2018-yil.
  2. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 33 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  3. „Ashley Barnes“. Burnley F.C.. 4-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2019-yil.
  4. Hunter, Andy. „Ashley Barnes: 'I got a text saying Mourinho had gone on TV to criticise me. I found it funny'“. The Guardian (10-aprel 2015-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
  5. „Paulton striker impresses Argyle“. BBC Sport (9-fevral 2007-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2008-yil.
  6. „Plymouth 2–1 Wycombe“. BBC Sport (14-avgust 2007-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2008-yil.
  7. „Oxford sign deadline day strikers“. BBC Sport (22-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2008-yil.
  8. „Salisbury bring in Barnes on loan“. BBC Sport (8-mart 2008-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2008-yil.
  9. „On the way“. pafc.co.uk (27-noyabr 2008-yil). 5-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2008-yil.
  10. „Ash To Plainmoor“. pafc.co.uk (9-fevral 2010-yil). 12-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2010-yil.
  11. „Barnes capture delights Buckle“. skysports.com (10-fevral 2010-yil). 17-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2010-yil.
  12. „Barnesy back“. pafc.co.uk (12-mart 2010-yil). 15-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2010-yil.
  13. „Brighton make double loan signing“. BBC Sport (25-mart 2010-yil). 28-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2010-yil.
  14. „Brighton 3–0 Tranmere“. BBC Sport (27-mart 2010-yil). 1-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2010-yil.
  15. „Barnes is back“. Brighton & Hove Albion F.C. (8-iyul 2010-yil). 2010-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2010-yil.
  16. „Burnley sign Barnes from Brighton“. BBC Sport (10-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  17. „Barnes signs new Burnley contract and wants to stay until retirement“. Darlington and Stockton Times. 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2019-yil.
  18. „Delighted Barnes sets sights on top flight with Brighton“. Western Daily Press (21-aprel 2011-yil). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Alumni – Writhlington School“. www.writhlington.org.uk. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.