Avaz Berdiqulov

oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jurnalist

Avaz Musurmonqulovich Berdiqulov (Аваз Бердиқулов, 1977-yil 21-iyul) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jurnalist[1].

Avaz Musurmonqulovich Berdiqulov
Tavalludi 21-iyul 1977-yil (1977-07-21) (46 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti
Bolalari 2 nafar farzandi bor

Biografiya tahrir

1999-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan.

2001-yilda Buyuk Britaniyaning Bornmut universiteti magistraturasini multimedia jurnalistikasi sohasida tamomlagan.

Xitoyning Pekin chet tillar universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya fakulteti doktoranti.

„Sport“ gazetasida muharrir, keyinchalik „Sport“ telekanalida sharhlovchi boʻlgan.

2001—2004 va 2006—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining "Jahon" axborot agentligida mutaxassis, keyinchalik boʻlim boshligʻi boʻlgan.

2004—2006-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan[2].

2008-yildan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasida faoliyatini boshlagan. Hozirda musobaqalarni oʻtkazish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda[1][3].

Manbalar tahrir