Aymen Abdennur [1](arabcha: أيمن عبد النور) — tunislik futbolchi, Qatarning " Umm Salal " klubi va Tunis terma jamoasida himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Aymen Abdennur Futbol
Umumiy ma'lumotlar
Tug`ilgan

6-avgust 1989-yil(1989-08-06) (33 yosh)

Fuqaroligi
Boʻyi

186 cm

Vazni

85 kg

Pozitsiyasi
Klub haqida ma'lumotlariklube
Klub

Flag Katara Umm-Salal

Raqam

23

Yoshlar klubi
2007—2008 Flag Tunisa Etual dyu Saxel
Jamoalardagi faoliyati
2008—2011 Flag Tunisa Etual dyu Saxel 53 (10)
2010 Flag Germanii Verder 6 (0)
2011—2014 Flag Fransii Tuluza 77 (3)
2014 Flag Fransii Monako 6 (0)
2014—2015 Flag Fransii Monako 18 (0)
2015—2019 Flag Ispanii Valensiya 35 (0)
2017—2019 Flag Fransii Olimpik Marsel 14 (0)
2019—2020 Flag Tursii Kayserispor 12 (0)
2020 Flag Katara Umm-Salal 37 (1)
Milliy terma jamoada
2009—2010 Flag Tunisa Tunis (U21) 10 (1)
2009—2019 Flag Tunisa Tunis 58 (2)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Abdennour „Tuluza“ mashgʻulotlarida

Abdennur „Etoile du Sahel“ klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2008-yilda Tunis chempionatida jamoa safida debyut qildi. 10-yanvar kuni „Bizertin“ga qarshi kechgan duelda Aymen klub uchun birinchi golini kiritgan[2]. Birinchi mavsumida u 21 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi va jamoaning eng yosh futbolchisi boʻlgani uchun ham muxlislar sevimlisiga aylangan edi. 2010-yilning 14-yanvarida Aymen Germaniyaning „Verder“ klubiga keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan olti oylik ijaraga o‘tgan[3]. 16-yanvar kuni Frankfurtning „Ayntraxt“iga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[4].

2011-yilning yozida Abdennur Fransiyaning „Tuluza“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 6-avgust kuni „Ajaccio“ga qarshi oʻyinda Aymen Liga 1da debyut qilgan[5]. 2012-yilning 26-fevralida u klub safidagi ilk golini „Sosho“ darvozasiga kiritgan[6]. 2012-yilda Aymen yaxshilangan shartlar asosida Tuluza bilan shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan.

2014-yil boshida Abdennur ijara asosida Monakoga oʻtgan[7]. 29-mart kuni „Evian“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[8]. Mavsum oxirida „Monako“ Aymenning transferini 13 million yevroga sotib oldi hamda 4 yillik shartnoma imzolagan[9]. 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinda Abdennur jamoasi uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[10].

Xalqaro martabasi tahrir

Klubdagi ishonchli oʻyini tufayli 2009-yilda Abdennur 20 yoshida Tunis terma jamoasida debyut qilgan[11]. 2011-yil 5-iyun kuni u milliy terma jamoadagi ilk golini 2012-yil Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Chadga qarshi o‘yinda kiritdi[12]. 2012-yilda Aymen Afrika Millatlar Kubogiga daʼvogarlik qilgandi. Turnirda u Niger, Marokash, Gabon va Gana jamoalariga qarshi janglarda qatnashgan edi[13][14].

2013-yilda Abdennur ikkinchi marta turnirda qatnashdi[15]. U Togo , Kot-dʼIvuar va Jazoir ga qarshi uchrashuvlarda qatnashgan[16][17].

2015-yilda Aymen uchinchi marta Ekvatorial Gvineyadagi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi[18][19]. Turnirda u Kongo DR , Kabo-Verde, Zambiya va musobaqa mezboni Ekvatorial Gvineya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[20][21].

Tunis uchun gollari tahrir

Yoʻ. sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2011-yil 5- iyun Olimpiya stadioni, Sousse Tunis Chad 2: 0 5: 0 2018 WCH saralash CAN-2012
2 2016- yil 9- oktyabr Mustafo Ben Janet stadioni, Monastir Tunis  Gvineya 1: 0 2: 0 JCH-2018 saralash bosqichi

Manbalar tahrir

  1. Aymen Abdennour // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Этуаль дю Сахель vs. Бизертен 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 10-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  3. „Officiel — Abdennour prêté au Werder Brême“ (fr). etoile-du-sahel.com (2010-yil 14-yanvar). 2010-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Айнтрахт Франкфурт vs. Вердер 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 16-yanvar). 2013-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Аяччо vs. Тулуза 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 6-avgust). 2013-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  6. „Тулуза vs. Сошо 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 26-fevral). 2013-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  7. „Aymen Abdennour nouveau renfort défensif“ (fr). AS Monaco FC (2014-yil 31-yanvar). 2014-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Эвиан vs. Монако 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 29-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  9. „Abdennour définitivement monégasque“ (fr). AS Monaco FC (2014-yil 4-iyul). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Монако vs. Зенит 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 9-dekabr). 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  11. „Марокко vs. Тунис 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 23-yanvar). 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  12. „Нигер vs. Тунис 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 27-yanvar). 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  13. „Габон vs. Тунис 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 31-yanvar). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  14. „Гана vs. Тунис 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 5-fevral). 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  15. „Того vs. Тунис 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 30-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  16. „Тунис vs. Алжир 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-yanvar). 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  17. „Кот-д’Ивуар vs. Тунис 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 26-yanvar). 2015-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  18. „Замбия vs. Тунис 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-yanvar). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  19. „Тунис vs. Кабо-Верде 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-yanvar). 2015-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  20. „ДР Конго vs. Тунис 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 26-yanvar). 2015-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  21. „Тунис vs. Экваториальная Гвинея 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-yanvar). 2016-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.