Bahromjon Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻz SSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[1][2].

Bahromjon Norqobilov
 O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
 
Mansab davri
24-yanvar 2020-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1973
Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati
Maʼlumoti Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti

Biografiya tahrir

Bahrom Norqobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) tugatgan.

2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan[3]. 2017-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrom Norqobilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi[4][5]. 2019-yil mart oyidan — Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi[6]. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi[7][8]. 2020-yil 22-oktyabr — MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining raisi etib saylandi[8]

Manbalar tahrir