Muvozanat (nemischa: «Balance») — bu Kristof va Volfgang Lauenshteynning 1989-yilgi nemis qoʻgʻirchoq animatsion filmi. Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film uchun Oskar sovrindori[1].

Syujet tahrir

Yassi suzuvchi platformada, kulrang palto kiygan besh kishi bor. Ularni faqat orqalaridagi raqamlar bilan farqlash mumkin — 23, 35, 51, 75, 77. Ular platforma boʻylab harakatlanayotganda, muvozanatni saqlash uchun ehtiyot boʻlishlari kerak.

Multfilm odamlarning oʻzaro munosabatlarini, ularning bir-biriga bogʻliqligini koʻrsatadi.

Mukofotlar tahrir

  • 1989-yil — „Eng yaxshi qisqa metrajli film“ nominatsiyasida kumush rangdagi " Deutscher Filmpreis " mukofoti[2].
  • 1990-yil 26-mart — „Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film“ nominatsiyasida " Oskar "[2].
  • 1990-yil — Klermon-Ferrandagi xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida „Hakamlar hay’atining maxsus fikri“[2].
  • 1990-yil — Ottava xalqaro animatsion filmlar festivalida 10 daqiqadan kam boʻlgan eng yaxshi film uchun mukofot[2].

Manbalar tahrir

  1. Proekt „Balance and Beyond“ (Wayback Machine saytida 2005-11-23 sanasida arxivlangan) na sayte bratev Lauenshtayn.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Spisok nagrad(ingl.) na sayte Internet Movie Database.