Fors me'morchilik arxitekturasida banna'i ( forscha: بنائی "qurilish texnikasi") - devor yuzasida geometrik naqshlar yaratish, muqaddas ismlar yoki iboralarni tasvirlash uchun koshinlar sirlangan oddiy g'ishtlar bilan almashinadigan me'moriy bezak san'ati hisoblanadi.[1] [2] Ushbu uslub VIII-asrda Suriya va Iroqda paydo bo'lib, Saljuqiylar va Temuriylar davrida rivojlanib, Eron, Anadolu va Oʻrta Osiyoga tarqaldi.

Xoja Ahmad Yasaviy maqbarasidagi bannaiy g‘ishtlar. Alloh, Muhammad va Ali ismlari moviy g'ishtlarda kufiy yozuvida kavadrat xattotligida tasvirlangan.

Agar relyefda g'ishtning dizayni bo'lsa, u hazarbof deb nomlangan. (forscha: هزارباف g'ishtlarning teksturali ko'rinishini nazarda tutuvchi xazar "minglab" va baf "tekstura" dan iborat).[3]

Shubhasiz, hazarbof uslubning birinchi darajasi bo'lib, u birinchi marta monoxrom bezakdan foydalanish natijasida relyefli g'ishtlarda paydo bo'lgan. Uning dekorativ xususiyatlarini to'liq va bo'sh joylarning almashinishi ko'rsatadi. Keyingi bosqich sirlangan keramik plitalarning paydo bo'lishi natijasida amalga oshadi. Ular bilan keyingi davrlardagi ko'plab masjidlar, maqbaralar bezatilgan bo'lib, bu geometrik naqshlar yoki kufiy yozuvlari orqali ajoyib bezak o'yimlariga imkon beradi.

Hazarbof to'qish uslubi(orqa fonda), zellige kafel bezak va banna'yi solishtirish.

Rasmlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. The Grove encyclopedia of decorative arts. New York: Oxford University Press, 2006 — 474 bet. ISBN 978-0-19-518948-3. 
  2. „Rasmlar=“.
  3. „Rasmlar=“.

Boshqa loyihalar tahrir

Tashqi havolalar tahrir