Barbara Hund
Barbara Xund (1959-yil 10-oktyabrda Darmshtadtda tugʻilgan) Germaniyada tugʻilgan shveysariyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega. U Juliane va Gerhard Hundning qizi va Fridrix Hund va Ingeborg Seynchening nevarasi.
Biografiyasi tahrir
Barbara Hunt 1959-yil 10-oktyabrda Germaniyaning Dashmart shahrida tugʻilgan.
U ayollar oʻrtasida Germaniyaning birinchi xalqaro grossmeysteriga aylandi (1982). Barbaraning asl mutaxassisligi matematik, lekin oilaviy shaxmatga boʻlgan qiziqish uni shaxmat grossmeyteri darajasigacha olib chiqdi. Barbara Hunt qizlar (1975 — 1978) va ayollar (1978, 1982) oʻrtasida Germaniya chempionatida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida u 6 ta olimpiadada (1978—1988), Shveysariya nufuzi uchun esa jami 7 ta (1992-1994, 2000-2008 ) shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan.
Barbara Hunt | |
---|---|
Hund 2015-yilda | |
Mamlakat | Shveysariya |
Tugʻilishi |
10 October 1959 Darmstadt, Germaniya | (yoshi 64)
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 2095 (dekabr 2021-yil)[1] |
Yuqori reytingi | 2370 (yanvar 1987-yil)[2] |
Shaxmatdagi faoliyati tahrir
Barbara Hunt 1993-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Shveysariya chempionatida gʻolib boʻldi.
U 32-shaxmat olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Gʻarbiy Germaniya ayollar jamoasi safida oʻynadi.
Barbara Hunt 1981 va 1984-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida mintaqalararo shaxmat oʻyinlari bosqichga chiqdi.
Shaxsiy hayoti tahrir
Hundning oilasi shaxmat anʼanalariga sodiqligi bilan mashhur. Ular oilaviy shaxmat ustalari hisoblanadilar. Jumladan, otasi Gerxard (1932-yilda tugʻilgan) — xalqaro shaxmat ustasi; onasi Juliana (1928-yili tugʻilgan) — ayollar (1975) va erkaklar (1981) oʻrtasida FIDE xalqaro ustasi, shaxmat boʻyicha Germaniya chempionatlari gʻolibi (1964-1967, 1979-1982), ikkita shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. Barbara Hundning opasi Izabel Hunt (1962-yil tugʻilgan) qizlar (1979, 1980) va ayollar (1980) oʻrtasida Germaniya chempioni, 9-Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi (1980) hisoblanadi.
- ↑ „Rating Progress Chart: Hund, Barbara“. FIDE.com. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
- ↑ „FIDE rating history: Hund, Barbara“. OlimpBase.org. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.