Mirzamova Barnoxon Kosimbayevna(1975-yil 30-may Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek siyosatchisi. IV-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Mirzamova Barnoxon Kosimbayevna
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-may 1975-yil (1975-05-30) (48 yosh)
Uychi tumani, Namangan viloyati,
Maʼlumoti Namangan muhandislik-pedagogika instituti

Biografiyasi tahrir

Mirzamova Barnoxon Kosimbayevna 1975-yil 30-may Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan.2008-yilda Barnoxon Mirzamova Namangan muhandislik-pedagogika institutini oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda tamomlagan[1].2020-yilda IV-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Namangan viloyati 149 — Uychi tumani saylov okrugi deputat etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan[2].Barnoxon Mirzamova Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bolgariya Xalq majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi aʼzosi. Barnoxon Mirzamova „Uychi tuman obod zamini“ fermer xo‘jaligi rahbarida faoliyat koʻrsatgan.

Manbalar tahrir

  1. „Депутатлар“ (uz). saylov.uz. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.