Baydabek Axmetovich Tulepbayev (1921-yil 10-oktyabr, Oʻrdabasi, Turkiston viloyati – 2011-yil 10-oktabr, Qozogʻiston, Olmaota – qozoq sovet tarixchisi va partiya yetakchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi korrespondent-aʼzosi (1991), SSSR Fanlar akademiyasining korrespondent-aʼzosi (1981)[2].

Baydabek Axmedovich Tulepbayev
Tavalludi 10-oktyabr 1921-yil
Oʻrdabasi, Turkiston viloyati
Vafoti 15-iyun 2011-yil(2011-06-15)
(89 yoshda)
Olmaota[1], Qozogʻiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Sohasi Tarix
Ilmiy darajasi Tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor, Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-aʼzosi, SSSR Fanlar akademiyasining korrespondent-aʼzosi, Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi akademigi
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Baydabek Axmedovich Tulepbayev 1939-yil Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlagan. U Mehnat faoliyatini Bugen tumanidagi Oryol oʻrta maktabida oʻqituvchilikdan boshlagan. 1939—1945-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Baydabek Axmedovich urush tugagandan soʻng Toshkentdagi 4-sonli kasb-hunar bilim yurti direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1949-yilda Oʻzbekiston Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi qoshidagi partiya maktabini va Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.

Baydabek Axmedovich Tulepbayev 1949—1952-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK instruktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi yordamchisi, 1952—1953-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi partiya organlari boʻlimi mudirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

Baydabek Axmedovich Tulepbayev 1960—1973-yillarda KPSS Markaziy Komiteti apparatida ishlagan. U 1960-yilda nomzodlik, 1967-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1967—1973-yillarda KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining sirtqi boʻlimda dars bergan.

U 1973-1976 yillarda Olmaota viloyat KPSS qoʻmitasi kotibi lavozimida ishlagan. Baydabek Axmedovich Tulepbayev Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Olmaota viloyat qoʻmitasi aʼzosi. U 1975-yilda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, Baydabek Axmedovich Tulepbayev 1976—1984-yillarda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Qozogʻiston SSR „Bilim“ jamiyati raisi lavozimida ishlagan.

Manbalar tahrir

  1. „Байдабек Ахмедович Тулепбаев“. www.isaran.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  2. „Тулепбаев Байдабек Ахмедович (1921)“. www.unesco.kz. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.