Belgiya ayollar super ligasi (gollandcha: Super League Vrouwenvoetbal/Belgisch Vrouwenvoetbal Kampioenschap; fransuzcha: Superligue/Championnat de Belgique féminin de futbol; nemischa: Superliga/Belgische Frauenfußballmeisterschaft) Belgiyadagi ayollar futboli ligasidagi eng yuqori toifali musobaqadir. Belgiya ayollar super ligasi 2015-yilda Belgiya va Gollandiya qoʻshma ligasi boʻlgan BeNe ligasidan tashkil etilganidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, 2014-2015-yilgi mavsum Belgiya ayollar super ligasining ilk mavsumi boʻlishi belgilangan[1].

Belgiya ayollar super ligasi
Davlat Belgiya bayrogʻi Belgiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 2015
Jamoalar soni 10 ta
Pastki liga Belgian Ayollar 1-Diviziyasi
Ichki kuboklar Belgiya Ayollar Kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Womenʼs Champions League
Amaldagi chempion RSC Anderlecht
Veb-sayt https://www.scoooresuperleague.be/en
Amaldagi oʻyin 2022-2023-yilgi mavsum Belgiya ayollar super ligasi

Formati tahrir

2015-2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasida sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular birinchi bosqichda qoʻsh davrada (uy stadionidagi va mehmondagi oʻyinlar) oʻynashadi. Shundan soʻng, ochkolar yarmiga qisqartiriladi va eng yaxshi toʻrtta va quyi oʻrinlarni egallagan jamoalar har biri jami yana bir juft davrada oʻyinlarini oʻynaydi. Belgiya ayollar super ligasi g‘olibi Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. Belgiya ayollar super ligasining so‘nggi o‘rnini egallagan jamoa quyi ligaga tushib ketadi.

2016-2017-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yo‘g‘i yettita jamoa bo‘lganligi sababli format o‘zgartirildi va ikkinchi bosqich davra oʻyinlari bekor qilindi. Jamoalar har biri jami 24 ta oʻyin uchun oʻzaro toʻrt marta oʻynashdi. Teng ochkolarga ega boʻlgan jamoalar birinchi gʻalabalar soniga koʻra, ular ham teng boʻlsa toʻplar nisbati boʻyicha darajalarga b`olindi va shu tariqa eng yuqori va eng quyi oʻrindagi jamolar aniqlandi[2].

2017-2018-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yoʻgʻi oltita jamoa oʻynadi va yana dastlabki ikki davralik formatga qaytildi[3].

Jamoalar tahrir

Belgiya ayollar super ligasining birinchi mavsumida Club Brugge[4] va yana beshta jamoa, shuningdek, birinchi divizionning eng yuqori oʻrinlarini egallagan uchta jamoa ishtirok etdi[5][6][7].

2015 va 2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasi gʻolibi Liers 2016-2017-yilgi mavsumda Belgiya ayollar super ligada ishtirok etmadi[8], birinchi diviziondagi jamoalarning hech biri Belgiya ayollar super ligasida soʻnggi sakkizinchi oʻrinni olgan jamoada ustun kelmaganligi uchun Belgiya ayollar super ligasisining 2016-2017-yili mavsumida atigi yettita jamoa ishtirok etdi[9].

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadionining nomi 2021-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni
RSC Anderlecht Anderlecht Lotto Park 1
Charleroi Charleroi Complexe De Marcinelle 10
Eendracht Aalst Aalst Pierre Cornelisstadion 8
KRC Genk Genk KRC Genk Ladies Terrein 4
KAA Gent Ghent PGB-Stadion 6
KV Mechelen Mechelen Jeugdvelden KV Mechelen ishtirok etmagan
Oud-Heverlee Leuven Leuven Banqup Academy 2
Standard Liège Liège SL16 Football Campus 3
Club YLA Bruges Gemeentelijk Sportcentrum Aalter 5
White Star Woluwe Woluwe-Saint-Lambert Stade Communal Fallon 9
SV Zulte Waregem Zulte The Farm 7

Chempion jamoalar tahrir

Mavsum chempionlari va eng yaxshi toʻpurar futbolchilari roʻyxati
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchunchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar

(qavsda jamoasining nomi)

Gollar
2015-2016 Standard Liège WD Lierse SK RSC Anderlecht Jana Coryn (Lierse) 19[10]
2016-2017 Standard Liège RSC Anderlecht AA Gent Ladies Sanne Schoenmakers (Standard) 26[11]
2017-2018 RSC Anderlecht AA Gent Ladies KRC Genk Ladies Ella Van Kerkhoven (Anderlecht) 27[12]
2018-2019 RSC Anderlecht Standard Liège KRC Genk Ladies Ella Van Kerkhoven (Anderlecht) 21
2019-2020 RSC Anderlecht Standard Liège AA Gent Ladies Sanne Schoenmakers (Standard) 12[13]
2020-2021 RSC Anderlecht Oud-Heverlee Leuven AA Gent Ladies Tessa Wullaert (Anderlecht) 38
2021-2022 RSC Anderlecht Oud-Heverlee Leuven AA Gent Ladies Tessa Wullaert (Anderlecht) 35

Manbalar tahrir

  1. „Super League Vrouwenvoetbal vanaf volgend seizoen – Koninklijke Belgische voetbalbond“. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  2. „Super League Vrouwenvoetbal vanaf volgend seizoen | Koninklijke Belgische voetbalbond“ (nl). www.belgianfootball.be. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  3. „Waarom een terugkeer van de BeNe League nog niet voor meteen is“ (nl). Vrouwenvoetbalkrant.be (2017-yil 27-iyul). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  4. „Club Brugge duwt verschillende internationals naar de exit“ (2015-yil 5-fevral). Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  5. „Super League Vrouwenvoetbal gaat van start in 2015-16“. 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
  6. „Ladies Genk aan top van vrouwenvoetbal – HLN Genk“. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  7. „KSK Heist maakt Belgische Super League compleet – Vrouwenvoetbalnieuws“. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  8. „Lierse stopt, wat nu met de Super League?“ (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  9. „Diverse clubs haken af voor Super League“ (2016-yil 6-may). Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  10. Van Lindt, Aernout „Top-scorers from the Super League“. vrouwenvoetbalkrant.be (2016-yil 1-iyul). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyul.
  11. „Dit is ons team van het seizoen in de Super League (Team of the season)“ (nl). vrouwenvoetbalkrant.be. — „...Sanne Schoenmakers van Standard. Zij maakte er 26...“. 2017-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  12. „Zij wél al: Anderlecht Vrouwen voor het eerst in twintig jaar kampioen van België“ (2018-yil may).
  13. „OFFICIEEL: Anderlecht is kampioen ... Bij de vrouwen“ (2020-yil 27-mart).

Havolalar tahrir