Bili ko‘li
Bu maqola ayni damda Kokandiskiy (munozara) 15:09, 27-Sentyabr 2023 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 15:14, 27-Sentyabr 2023 (UTC) (7 oy avval) da tahrir qilingan. |
Bili koʻli (qozoqcha: Билікөл; ruscha: Биликоль) – Qozogʻistonning Jambil viloyatida joylashgan chuchuk suvli koʻl[1].
Bili ko`li | |
43°2′44.34″N 70°42′32.98″E / 43.0456500°N 70.7091611°E G OKoordinatalari: 43°2′44.34″N 70°42′32.98″E / 43.0456500°N 70.7091611°E G O | |
Bili ko‘lining yuqoridan olingan surati. | |
Yuzasi | 85 (33 mil) km² |
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi | 18 (11 mil) km |
Eng katta chuqurligi | 8 m |
Bili koʻli Taraz shahridan 70 kilometr (43 milya) shimoliy-gʻarbda joylashgan. Ushbu koʻlning suv manbaidan yaqin atrofdagi mahalliy aholi ekinlarni sugʻorish uchun foydalanadilar[2][3].
Geografiya tahrir
Bili koʻlining yuqoridan olingan suratidan koʻrinadiki, koʻl qum soatini eslatuvchi shaklga ega. Bili koʻli Qoratov togʻlarining shimoliy yon bagʻiridagi tektonik chuqurlikda joylashgan boʻlib, Talas suv havzasining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari Oso daryosi ham koʻl orqali oqib oʻtadi va unga sharqdan quyiladi va shimoldan oqib chiqadi. Bili koʻli qirgʻoqlarining baʼzi joylari qumlikdan iborat[2]. Oqkoʻl koʻli Bili koʻl yaqinida joylashgan. Ushbu ikki koʻl orasidagi masofa 40 km (25 milya) ni tashkil qiladi[2][3].
Flora tahrir
Bili koʻlining aksariyat qirgʻogʻlari qamishzorlardan iborat. Koʻlda uchraydigan asosiy baliq turlari – sazan, karp, amur va boshqalar[3].
Yana qarang tahrir
Havolalar tahrir
Manbalar tahrir
- ↑ „K-42 Topographic Chart (in Russian)“. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Google Earth
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Kazakhstan National encyclopedia / Chief editor A. Nysanbayev – Almaty, „Kazakh encyclopedia“ General editor, 1998, ISBN 5-89800-123-9 , Volume II