Boloi Hovuz masjidiBuxorodagi meʼmoriy yodgorlik[1] .

Boloi Hovuz masjidi
Joylashuvi Buxoro, Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°46′40″N 64°24′27″E / 39.777766970489715°N 64.4074515810072°E / 39.777766970489715; 64.4074515810072 G OKoordinatalari: 39°46′40″N 64°24′27″E / 39.777766970489715°N 64.4074515810072°E / 39.777766970489715; 64.4074515810072 G O
Konfessiya islom
Asoschi Sitorai Mohi xossa
Asosiy sanalar 1712 (qurilishi)
1917 (taʼmirlanishi)
Qurilish boshlanishi 1712-yil
Yodgorliklar Masjid, minora va hovuzdan tashkil topgan majmua
Qurilish materiali pishgan gʻisht, yogʻoch
Map
Boloi Hovuz masjidi xaritada
Boloi Hovuz masjidi Vikiomborda
Bolohovuz masjidi

Tarixi tahrir

Boloi Hovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni oʻzbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Mohi xossaning donatorligida 1712-yilda, hovli va hujralari esa XIX asrda qurilgan. M. Y. Saidjonovga koʻra, 1915—1917-yillarda masjid ayvoni 3 kayvonli qilib qayta taʼmirdan chiqarilgan. Masjid minorasi saqlanib qolmagan, u 1917-yilda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan boshqa xil koʻrinishda bunyod etilgan. Masjidda juma namozi oʻqilgan.

Meʼmorchiligi tahrir

Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Boloi Hovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.

Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoqlari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar tahrir

  1. Ouzbékistan, guide Le Petit Futé, 2012, p. 169