Boylota masjidi — Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Boylata qishlogʻida joylashgan masjid. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[1].

Masjid
Boylota masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Samarqand
Shahar Ishtixon
Manzil Samarqand viloyati Ishtixon tumani Azamatda joylashgan Boylata qishlog'i
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asosiy sana:
16-dekabr 1998-yil
Soʻngi imom To'xtayev Eshmat Xubbimovich
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Saharlik va iftorlik
Kutubxona


Tarixi tahrir

Boylota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjidning yangi binosi 1998-yil 16-dekabr oyidan boshlab faoliyat yurita boshladi. Yangi binoning ilk imomi Samarqand viloayati Ishtixon tumanining imom-xatibi Toʻxtayev Eshmat Xubbimovich edi va hozirda ham ushbu masjid imomi hisoblanadi[2].

Joylashuvi va faoliyati tahrir

Masjid Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida muqarnas naqshlar, koshinkori bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Ishtixon tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ishtixon tumanining Azamatga tutashgan aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[2]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Ishtixon tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi.

Manbalar tahrir

  1. „"BOYLATA" jome' masjidi“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „Бойлота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 7-may 2024-yil.