Bryan Jafet Ruiz González (ispancha talaffuzi: [ˈbɾajan ˈrwis]) — Kosta-Rikalik futbolchi boʻlib, Kosta-Rika terma jamoasi va „Alajuelense“da hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.

Bryan Ruiz Futbol
Umumyi maʼlumotlari
Toʻliq ismi Bryan Jafet Ruiz González
Tugʻilgan

18-avgusta 1985-yil(1985-08-18) (37 yosh)

  • San-Xose, Kosta-Rika
Fuqaroligi
  • Kosta-Rika
Boʻyi

188 cm

Vazni

81 kg

Pozitsiyasi

hujumchi

Klub haqida maʼlumotlari
Klub

Flag Kosta-RikiAlajuelense

Raqam

10

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Biografiyasi tahrir

U professional faoliyatini 18 yoshida boshlagan, Kosta-Rikaning „Alajuelense“ klubida oʻynagan. Tez orada u jamoaning soʻnggi oʻn yilliklardagi ikki eng yaxshi toʻpurari Rolando Fonseka va Froilan Ledesma bilan katta trio yaratgan. Bryan Jafet Ruiz González 2004-yilda „Alajuelense“ bilan KONKAKAF chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan va 2005-yilda Kosta-Rika chempioni boʻlgan.

2006-2009-yillarda futbolchi Belgiyaning „Gent“ klubida oʻynagan.

Shu bilan bir qatorda, 2009-yilda Bryan Jafet Ruiz González „Twente“ga koʻchib oʻtgan, unda u ikki marta Gollandiya Superkubogi sohibiga aylangan va 2011-yilda Gollandiya vitse-chempioni va Gollandiya kubogi sohibiga aylangan[1].

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Bryan Jafet Ruiz González Kosta-Rika terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning 19-iyunida Xitoyga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan.

Shuningdek, 2015-yilgi KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etgan.

2016-yilda u AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan .

2017-yilgi KONKAKAF oltin kubogida u terma jamoa bilan yarim finalgacha yetib borgan.

Shu bilan birga, 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[2].

U 2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi uchun Kosta-Rika terma jamoasiga kiritilgan[3]. Bryan Jafet Ruiz González chorak finalda Meksikaga qarshi o‘yinda u o‘yinning 52-daqiqasida gol urgan va natijada jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etishiga toʻgʻri kelgan.

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar
L.D Alajuelense  Kosta Rika 2003-04 19 4 1 0 0 0 5 3 0 24 7 1
2004-05 30 12 12 0 0 0 0 0 0 30 12 12
2005-06 35 8 0 0 0 0 8 1 1 43 9 1
Jami 84 24 13 0 0 0 13 4 1 97 28 14
K. A. A. Gante  Belgiya 2006-07 16 2 0 2 0 0 1 0 0 19 3 0
2007-08 31 11 6 7 3 3 1 0 0 39 14 9
2008-09 32 12 13 4 2 0 2 0 0 38 14 13
Jami 79 26 9 13 5 3 4 0 0 96 31 22
FC Twente  Niderlandiya 2009-10 34 24 9 3 3 1 12 2 1 49 29 11
2010-11 27 9 9 4 1 0 9 0 2 40 10 11
2011-12 4 2 2 1 1 0 3 2 0 8 5 2
Jami 65 35 20 8 5 1 24 4 3 97 44 24
Fulham FC  Angliya 2011-12 27 2 4 3 0 3 0 0 0 30 2 7
2012-13 29 5 9 2 0 0 0 0 0 31 5 9
2013-14 12 1 3 2 0 1 0 0 0 14 1 3
Jami 68 8 16 7 0 4 0 0 0 75 8 20
PSV Eindhoven  Niderlandiya 2014-15 14 5 3 0 0 0 0 0 0 14 5 3
Total club 14 5 3 0 0 0 0 0 0 14 5 3
Fulham FC  Angliya 2014-15 29 4 3 3 1 1 0 0 0 32 5 4
Jami 29 4 3 3 1 1 0 0 0 32 5 4
Sporting de Lisboa  Portugaliya 2015-16 34 8 13 4 2 0 8 3 2 46 13 15
2016-17 32 2 7 4 0 0 6 1 1 42 3 8
2017-18 20 2 1 7 0 1 6 0 1 33 2 3
Jami 86 12 21 15 2 1 20 4 4 121 18 26
Santos FC  Braziliya 2018-19 12 0 2 0 0 0 2 0 0 14 0 2
Jami 12 0 2 0 0 0 2 0 0 14 0 2
L.D Alajuelense  Kosta Rika 2020-21 40 7 6 0 0 0 5 1 1 45 8 7
2021-22 37 2 3 1 0 0 2 0 0 40 2 3
2022-23 11 2 1 0 0 0 2 0 1 13 2 2
Jami 88 11 10 1 0 0 9 1 2 98 12 12
Umumiy faoliyatida 525 125 107 47 13 10 72 13 10 643 156 127

Yutuqlari tahrir

"Alajuelense"
  • Kosta-Rika chempioni: 2004-2005
  • KONKAKAF chempionlar kubogi sohibi: 2004-yil
  • UNCAF klublar kubogi gʻolibi: 2005-yil
  "Gent"
  • Belgiya kubogi finalchisi: 2007-2008
"Twente"
  • Gollandiya chempioni: 2009-2010
  • Gollandiya kubogi sohibi: 2010-2011
  • Gollandiya Superkubogi sohibi (2 karra): 2010-2011

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009-yil
  • FC Twente yilning eng yaxshi futbolchisi: 2010-yil
  • FA Premer-ligasida oyning eng yaxshi goli: 2011-yil oktabr

Manbalar tahrir

  1. FIFA World Cup 2022 Sticker Album — 80 s. — ISBN 978-65-5516-143-4
  2. Joselyn Hernandez. „¡La espera acabó! Ya están los 23 mundialistas“ (es). Federación Costarricense de Fútbol (2018-yil 14-may). 2020-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  3. Gina Escobar. „Matosas escogió el equipo que enfrentará la Copa Oro“ (es). Federación Costarricense de Fútbol (2019-yil 5-iyun). 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.