Bryan Peter Rust (talaffuzi: Brayan Piter Rust) (1992-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi.

Bryan Rust
Rust Pittsburgh Penguins klubida 2017-yil
Tugʻilgan joyi 11-may 1992-yil (1992-05-11) (31 yosh)
Pontiac, Michigan, AQSH
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
NHL Pittsburgh Penguins
NHLga kirish drafti 80-oʻrindagi tanlov, 2010
Pittsburgh Penguins
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Yoshligi tahrir

Bryan Rust Michigan shtatining Pontiac shahrida tugʻilgan, ammo Michigan shtatining Troy shahrida oʻsgan[1].

Oʻyin faoliyati tahrir

Yoshligida Bryan Rust 2005-yilgi Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Detroit Honeybaked“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[2].

Keyinchalik Bryan Rust oʻzining faoliyatini (2010-yildan 2014-yilgacha) Notre Dame universiteti xokkey jamoasida oʻtkazgan. Bryan Rust universitet jamoasi bilan jami 161 oʻyinda maydonga tushib, 97 ochko toʻplagan. Bryan Rust 2010-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida AQSh jamoasi safida va 2013-yilgi Notre Dame xokkey jamoasi safida CCHA turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

Bryan Rust AHLdagi debyut oʻyinini 2013—2014-yilgi AHL mavsumida „Wilkes-Barre/Scranton Penguins“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bryan Rust NHLdagi debyut oʻyinini 2014-yil 13-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi safida „ Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[4]. Bryan Rust NHLdagi ilk golini 2014-yil 15-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi darvozaboni Evgeni Nabokov darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[5].

Bryan Rust 2015—2016-yilgi mavsumda „Penguins“ xokkey klubi safida 33 oʻyinda 8 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Bryan Rust hamkasblari Scott Wilson va Tom Kühnhackl bilan birga „Pittsburgh“ xokkey jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi[6].

2016-yil 5-dekabrda Bryan Rust „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uchrashuvda (8-5 hisobida g‘alaba) faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[7].

2017—2018-yilgi mavsumda Bryan Rust golli uzatma va ochkolar boʻyicha karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bryan Rust „Penguins“ xokkey jamoasining 2018-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichiga olib chiqishiga yordam berdi[8]. 2018-yilning 26-iyunida Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma yillik oʻrtacha 3,5 million dollarni tashkil qilar edi[9].

2021-yil 1-may kuni Bryan Rust NHLdagi 99 va 100-gollarini „Washington Capitals“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[10].

2022-yil 22-mayda, toʻrt yillik shartnomasining soʻnggi yilida, Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan olti yillik 30,75 million dollarlik shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 U. S. NTDP U17 USDP 25 3 4 7 8
2008—2009 U. S. NTDP U18 NAHL 42 6 9 15 18 9 0 2 2 4
2009—2010 U. S. NTDP Juniors USHL 27 10 13 23 6
2009—2010 U. S. NTDP U17 USDP 1 0 0 0 0
2009—2010 U. S. NTDP U18 USDP 65 26 26 52 24
2010—2011 Norte Dame universiteti CCHA 40 6 13 19 4
2011—2012 Norte Dame universiteti CCHA 40 5 6 11 14
2012—2013 Norte Dame universiteti CCHA 41 15 19 34 4
2013—2014 Norte Dame universiteti HE 40 17 16 33 12
2013—2014 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 2 0 0 0 0 1 0 0 0 0
2014—2015 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 45 13 14 27 14 3 2 0 2 0
2014—2015 Pittsburgh Penguins NHL 14 1 1 2 4
2015—2016 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 16 3 3 6 2
2015—2016 Pittsburgh Penguins NHL 41 4 7 11 12 23 6 3 9 6
2016—2017 Pittsburgh Penguins NHL 57 15 13 28 8 23 7 2 9 10
2017—2018 Pittsburgh Penguins NHL 69 13 25 38 26 12 3 0 3 4
2018—2019 Pittsburgh Penguins NHL 72 18 17 35 24 4 0 0 0 2
2019—2020 Pittsburgh Penguins NHL 55 27 29 56 30 4 1 2 3 2
2020—2021 Pittsburgh Penguins NHL 56 22 20 42 18 6 2 1 3 4
2021—2022 Pittsburgh Penguins NHL 60 24 34 58 14 7 2 6 8 4
NHL jami 424 124 146 270 136 79 21 14 35 32

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009-yil Qoʻshma Shtatlar U17   6 1 1 2 2
2010-yil Qoʻshma Shtatlar U18   7 4 2 6 4
Jami 13 5 3 8 6

Manbalar tahrir

  1. „NHL Entry Draft Year by Year Results“. National Hockey League.
  2. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  3. „NHL Entry Draft Year by Year Results“. National Hockey League. "NHL Entry Draft Year by Year Results". National Hockey League.
  4. „3 Impressions: Blue Jackets 4, Pens 3 (SO)“. Pittsburgh Penguins (2014-yil 13-dekabr).
  5. Crechiolo. „3 Impressions: Pens 4, Bolts 2“. Pittsburgh Penguins (2014-yil 15-dekabr).
  6. „Bryan Rust, Scott Wilson, Tom Kuhnhackl Each Sign Two-Year Contract Extensions“. NHL.com (2016-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  7. „Bryan Rust hat trick catches Senators sleeping“. CBC. Associated Press (2016-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  8. Chiappelli. „Penguins re-sign Bryan Rust to 4-year deal worth 104M“. sportingnews.com (2018-yil 26-iyun). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  9. „Penguins re-sign winger Bryan Rust to four-year contract“. sportsnet.ca (2017-yil 26-iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  10. Crechiolo. „Rust Comes Up Clutch“. NHL.com (2021-yil 1-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  11. „Penguins act fast, give F Rust six-year extension“ (en). ESPN.com (2022-yil 22-may). Qaraldi: 2022-yil 23-may.