Buxoro gʻichmolasi —Oʻsimliklar dunyosiga kiruvchi, Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyga xos soni qisqarib borayotgan, endemik tur.

Buxoro g'ichmolasi
Biologik klassifikatsiya
Olam: O'simliklar
Tip: Magnoliophyta
Oila: Boraginaceae
Binar nomi
B.Fedstch

Qisqacha tavsifi tahrir

Boʻyi 20-50 cm, bir yillik oʻsimlik. Bu oʻsimlik bir vegetatsiyon yil yoki mavsum yashaydi.Poyasi tik, qalin oq tukli.Barglari bandsiz yoki qisqa bandli, yumaloq-tuhumsimon, uzunligi va eni 3-5 cm atrofida, oq momiq tukli, asosi yumaloq yoki yuraksimon. Gajak toʻpguli bir tomonga qayrilgan, gullari juft yoki 3-4 tadan iborat, ikki uyali,2-3 cm uzunlikda,mevalaganda yana ham uzayadi, oq qalin tuklar bilan qoplangan. Gulkosachasi qalin tukli, uunligi 3 mm atrofida, kosacha boʻlaklari toʻmtoq.Guli sariqyoki oq. Ustunchasi qisqa va tuksi. Tumshuqchasi konus-bigizsimon, ustunchadan 2-3 marta uzun. Yongʻoqchasi silliq, tuksiz, choʻziq,1-5 mm uunlikda. May-iyunda gullab, iyul-avgustda mevalaydi. Bu oʻsimlik zaxarli boʻlib, uni isteʼmol qilish man etilgan.

Tarqalishi tahrir

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:Hisor togʻlarining janubi-gʻarbiy qismida tarqalgan. BU oʻsimlikni urugʻlash va boʻlish usullari bilan koʻpaytirish mumkin. Urugʻ orqli koʻpaytirish juda ommalashgan usul.

Oʻsish sharoiti tahrir

Tub jinsli, ola tusli hamda gipsli tuproqlarda oʻsadi. Bu oʻsimlik parvarishlash kerak emas. U oʻz holda oʻsadi.

Soni tahrir

Aniqlanmagan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(flora) kitobiga kiritilgan.

Oʻsimlik soni va aryealining oʻzgarishi sabablari tahrir

Asosan tub jinsli va ola tusli tuproq qatlamlardagina oʻsishi bu oʻsimlik turining tarqalishini cheklaydi.

Madaniylashtirilishi tahrir

Buxoro,Navoiy va Qashqadayo viloyatlarida muhofaza qilinadi.


Havolalar tahrir

1.https://www.plantarium.ru/page/view/item/18438.html -> Buxoro gʻichmolasi va shu oilaga mansub oʻsimliklar fotosuratlari.

2.https://www.earthandjungle.com/variety/VaNCNt1Z/heliotropium-bucharicum -> Buxoro gʻichmolasini qanday uy sharoitida oʻstirish, parvarishlash haqida inglicha maʼlumotlar.

Manbalar tahrir

[1] [2]

  1. Ahmedov. Buxoro g'ichmolasi. Chinor ENK — 327 bet. 
  2. Abduxalilova, Madinaxon. „O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"ga (2006-2019) kiritilgan g'ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili“. 180-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)