Charlotte Perrelli (talaffuzi: Sharlotta Perrelli, toʻliq ismi Anna Jenny Charlotte Nilsson; 1974-yil 7-oktyabr, Hovmantorp, Shvetsiya) — shved qoʻshiqchisi va aktrisasi. 1999-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Shvetsiya vakili sifatida „Take Me to your Heaven“ qoʻshigʻi ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallab, oʻz mamlakatiga gʻalaba keltirgan.

Charlotte Perrelli
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Anna Jenny Charlotte Nilsson
7-oktyabr 1974-yil (1974-10-07) (49 yosh)
Fuqaroligi Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa
Leybl Stockhouse (1999—2008), Universal Music Group (2008—hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi Anders Jensen
Guruh „Wizex“, „Anders Engbergs“
Janr pop musiqa va Disko
Faoliyat yillari 1987-yildan hozirgacha
Veb-sayt charlotteperrelli.com

Hayoti tahrir

1987—1998-yillar tahrir

13 yoshida qoʻshiqchi Hovmantorpdagi raqs guruhiga qoʻshiladi. Maktabni tugatgach, Växjöga koʻchib oʻtadi va bu yerda ijro sanʼati maktabiga qatnaydi. Shuningdek, Perrelli „Kendix“ guruhining yakkaxon qoʻshiqchisi ham boʻlgan. Keyinchalik qoʻshiqchi „Anders Engbergs“ guruhida qoʻshiq kuylaydi, lekin ikkita albom chiqarilganidan soʻng, Perrelli guruhni tark etib, „Wizex“ ansambliga qoʻshiladi. 1998-yilda guruh „Mot nya mål“ albomi uchun Shvetsiya musiqa mukofotiga nomzod boʻladi va „Tusen och en natt“ albomi esa oltin medalga sazovor boʻladi. 1997-1998-yillarda Perrelli shved seriali „Vita lögner“ („Oq yolgʻon“)da ham ishtirok etib, 20 ta qismda rol oʻynagan[1].

1999—2000-yillar tahrir

Qoʻshiqchi 1999-yilda Melodifestivalen, keyin esa shu yili Quddusda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovidaTake Me to Your Heaven“ qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqqan. Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqanidan keyin Perrelli (oʻsha paytda Nilsson) mashhur boʻlib ketadi. Qoʻshiqchi butun Yevropa va Yaqin Sharq boʻylab konsertlar beradi, shuningdek, oʻzining birinchi yakkaxon albomi „Charlotte“ (1999)ni chiqaradi.

2001—2003-yillar tahrir

2001-yilda „Miss Jealousy“ nomli ikkinchi albomi chiqadi, albomda mashhur „You Got Me Going Crazy“ singli ham joy olgan. 2003-yilda qoʻshiqchi Eurovison tanlovining Shvetsiyadagi saralash bosqichi yarim finaliga boshlovchilik qiladi. Oʻsha yilning aprel oyida qoʻshiqchi Shvetsiyada „Jesus Christ Superstar“ filmida ishtirok etadi. Sentyabr oyida „Broken Heart“ singli va 2004-yil iyun oyida „Gone Too Long“ nomli uchinchi albomi chiqadi.

2004—2007-yillar tahrir

Muvaffaqiyatli debyutdan soʻng, qoʻshiqchi Eurovision 2004 tanlovining milliy saralash bosqichini oʻtkazishga taklif qilinadi, TV4 telekanali esa unga oʻz shousini yaratishga taklif qiladi. Qoʻshiqchi bolalar uchun „Super Troupers“ musiqiy dasturini tashkil qiladi.

2007-yil may oyida Perrelli shvetsiyalik mutaxassis sifatida „Nordic Preview Show“da Eurovison 2007 ishtirokchilarini muhokama qilishda ishtirok etadi. Bungacha qoʻshiqchi 2005-yilda ekspert komissiyasining tarkibida boʻlgan.

2008-yildan hozirgacha tahrir

 
Qoʻshiqchining Eurovision qoʻshiq tanlovidagi chiqishi, (2-yarim final, 2008-yil)

2008-yil 15-mart kuni qoʻshiqchi ikkinchi marta Melodifestivalen gʻolibi boʻladi va 2008-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida qatnashish uchun Belgradga borish huquqini qoʻlga kiritadi. 14-mart kuni „Hero“ qoʻshigʻi uchun promo-klip suratga olindi, soʻngra yangi qoʻshiqni qoʻllab-quvvatlash uchun reklama gastrollari boʻlib oʻtadi. Qoʻshiqchi tanlovda gʻolib boʻlishga nomzodlardan biri boʻlgandi[2], lekin 47 ball toʻplagan holda atigi 18-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, yangi albomi „Hero“ Shvetsiya chartlarida uchinchi oʻrinni egallaydi[3].

Eurovisiondan soʻng, qoʻshiqchi kompozitor Robert Wells bilan birgalikda „Rhapsody in Rock“ shousida, soʻngra esa Pekindagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Uning "Hero " albomi Xitoyda ham chiqqan.

Kuzda Sharlotta 10-noyabrda chiqarilgan „RimfrostjulRojdestvo albomi ustida ishlaydi. Yana „Sommarkrysset“, „Victoriadagen“ va „Nationaldagen“ kabi bir nechta shoularda qatnashadi. 31-oktyabr kuni Perrelli „Idol 2008“ shousiga hakam sifatida taklif qilinadi. Noyabr va dekabr oylarida Shvetsiyada yangi albomidagi qoʻshiqlari bilan Rojdestvo kontsertlarida chiqish qiladi. 2009-yil boshida Minsk va Pekinda gastrol safarini uyushtiradi. 2009-yil fevral oyida Martin Stenmark bilan birgalikda „Melodifestivalen-2009“ning 3-yarim finalida „En ny tid“ („Yangi davr“) klipi bilan ishtirok etadi, klip syujetida qoʻshiqchi tanlov mukofotini oʻgʻirlagani aks etgan.

2009-yil iyul oyida qoʻshiqchi 2010-yil uchun yangi albom chiqarishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.

Shaxsiy hayoti tahrir

2003-yilda Perrelli restorator Nikola Perrelli (Ingrosso) bilan turmush quradi. Ular 2009-yilda ajrashishadi. Ularning ikkita oʻgʻli Anjelo Mateo Perrelli (2004-yil 8-yanvarda tugʻilgan) va Alessio Roberto Perrelli (2005-yil 17-oktyabrda tugʻilgan).

2012-yildan Perrelli Anders Jensen bilan uchrashadi. Ularning ikkita oʻgʻli Adrian Romeo Perrelli-Jensen (2013-yil 30-iyulda tugʻilgan) va Alvin Jensen (2018-yil oktyabrda tugʻilgan).

Diskografiyasi tahrir

Albom haqida maʼlumot Singli
Charlotte
  • 1-studiyali solo albomi
  • Sana: Sentyabr 1999
  • Chartlar:
    • #3 (Shvetsiya)
    • #10 (Norvegiya)
    • #23 (Niderlandiya)
    • #5 (Germaniya)
    • #20 (AQSh)
  • 1999: „Take Me to Your Heaven“, #2 (Shvetsiya)
  • 1999: „I write you a lovesong“, #38 (Shvetsiya)
  • 2000: „Damn You“
Miss Jealousy
  • Sana: Mart 2001
  • Chartlar:
    • #32 (Shvetsiya)
  • 2001: „You Got Me Going Crazy“, #20 (Shvetsiya)
  • 2001: „Miss Jealousy“
Gone too long
  • Sana: Mart 2004
  • Chartlar:
    • #11 (Shvetsiya)
  • 2003: „Broken Heart“ #7 (Shvetsiya)
  • 2004: „Million Miles Away“ #11 (Shvetsiya)
I din röst
  • Sana: Iyun 2006
  • Chartlar:
    • #29 (Shvetsiya)
  • 2006: „I din röst“ tolko promo
  • 2006: „Jag är tillbaks“
Hero
  • Sana: 23-aprel 2008
  • Chartlar:
    • #3 (Shvetsiya)
    • #20 (Norvegiya)
    • #18 (Finlyandiya)
  • 2008: „Hero“ #1 (Shvetsiya)
  • 2008: „Bullet“
  • 2008: „Addicted“
Rimfrostjul (rojdestvo albomi)
The Girl

Manbalar tahrir

  1. „Charlotte Nilsson“ (en). Internet Movie Database. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-avgust.
  2. Michael Osborn. „Sweden tipped to win Eurovision“. BBC News (2008-yil 20-may). 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  3. „Charlotte Perrelli - Hero“. swedishcharts.com. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-avgust.

Havolalar tahrir