Chilla — 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Oʻzbekiston, Niderlandiya. Fransiya va Germaniya davlatlari bilan birgalikda suratga olingan filmdir. Kartina Petit Film (Fransiya), Rohfilm (Germaniya) va Volya Films (Niderlandiya) studiyalari mahsulotidir. Film rejissori Saodat Ismoilova, ssenariyni Ismoilova va Ulugʻbek Sodiqov yozishgan boʻlib, kartina bosh rollarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Rushana Sodiqova, Farida Olimova, Saodat Rahminova va Barohad Shukurova kirishadi.[1][2] Film Markaziy Osiyoning chekka qishloqlaridan birida istiqomat qiluvchi toʻrt ayolning turmush tarzi haqida hikoya qiladi.

Chilla

Inglizcha chiqishli poster
Rejissyor(lar) Saodat Ismoilova
Prodyuser(lar)
  • Jet Christiaanse
  • Jean des Forêts
  • Benny Drechsel
  • Marie Dubas
  • Fleur Knopperts
  • Karsten Stöter
  • Denis Vaslin
Ssenariynavis(lar)
  • Saodat Ismoilova
  • Ulugʻbek Sodiqov
Rollarda
  • Rushana Sodiqova
  • Farida Olimova
  • Saodat Rahminova
  • Barohad Shukurova
Bastakor(lar) Benito Strangio
Muharrir(lar)
  • Nathalie Alonso Casale
  • Benjamin Mirguet
Studiya(lar)
  • Petit Film
  • Rohfilm
  • Volya Films
Chiqarilgan sanasi
  • 7-fevral, 2014-yil(2014-02-07) (Berlin)
  • 20-may, 2014-yil(2014-05-20) (AQSh)
Davomiyligi 88 daqiqa
Mamlakatlar Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Fransiya bayrogʻi Fransiya
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Til oʻzbekcha

Chilla filmi ilk bor 2014-yil 7-yanvarda Berlin xalqaro film festivalida namoyish etildi. Shuningdek, ushbu kartinaning suratga olish ishlari Tojikistonda joylashgan qishloqlarda boʻlib oʻtgan.

Rollarda tahrir

  • Rushana Sodiqova — Bibicha
  • Farida Olimova — Sharifa
  • Saodat Rahminova — Bibi Soadat
  • Barohad Shukurova — Xamida

Mukofotlari tahrir

Chilla filmi jami 5 ta nominatsiyaga nomzod boʻlgan hamda 1 ta mukofotga (Golden Alhambra) loyiq topilgan.

Manba: IMDb.com[3]

Yil Natija Mukofot Turkum Qabul qiluvchi Izoh (lar)
2014 Nominatsiya Berlin xalqaro film festivali Best First Feature Award Saodat Ismoilova
2014 Yutuq Granada Film Festival Cines del Sur Golden Alhambra Saodat Ismoilova
2014 Nominatsiya Hong Kong xalqaro film festivali FIPRESCI Prize Saodat Ismoilova
2014 Nominatsiya Golden Firebird Award Saodat Ismoilova
2014 Nominatsiya SIGNIS Award Saodat Ismoilova
2014 Nominatsiya Seattle xalqaro film festivali New Director’s Showcase Award Saodat Ismoilova

Manbalar tahrir

  1. „Gʻarb kinochilari panjasiga panja urayotgan oʻzbek qizi“. BBC Oʻzbek (5-fevral 2014-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.
  2. Proimakis, Joseph „Berlinale: 40 Days of Silence tackles Uzbek women’s tribulations“. Cineuropa (7-fevral 2014-yil).
  3. „Chilla (2014) – Awards – IMDb“. IMDb. Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.

Havolalar tahrir