Chingiz Aytmatov yodgorligi — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida yozuvchi, qirgʻiz adabiyotining buyuk nosiri, diplomat va ijtimoiy xodimi Chingiz Aytmatovning xotirasiga bagʻishlab oʻrnatilgan obida[2].

Chingiz Aytmatov yodgorligi
Joylashuv Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon, Boku shahri, Binogadi tumani, Sulaymon Sani Oxundov koʻchasi va Binəgadi shossesi chorrahasidagi istirohat bogʻi
Binokor Haykaltarosh — Natig Aliyev, Arxitektor — Malik Babayev [1]
Turi haykal
Material bronza
Balandligi 3 m
Ochilish sanasi 24 aprel 2022
Xarita

Tarixi tahrir

Chingiz Aytmatovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Bokuda qad rostlagan obidaning eskiz loyihalari tayyorlanishi uchun Madaniyat Vazirligi tomonidan 2023-yil 15-iyundan 31-iyungacha haykaltaroshlar oʻrtasida ochiq tanlov eʼlon qilindi. Ushbu tanlovga Ozarbayjon haykaltaroshlari tomonidan jami 23 ta haykal oʻrnagi kelib tushgan.

2023-yil 8-avgustda kelib tushgan ishlarning baholanishi va musobaqaning yakuniy natijalari eʼlon qilinishi maqsadi asosida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat Vazirligi qoshida faoliyat yuritayotgan Ekspert Kengashi tomonidan gʻoliblar aniqlandi. Birinchi oʻrin uchun xalq rassomi Notiq Aliyevning tayyorlagan eskiz loyihasi munosib deb topildi.

Chingiz Aytmatovning bronzadan ishlangan, balandligi 3 metrga yaqin boʻlgan haykalining ogʻirligi taxminan 6 tonnadir. Yodgorlik oldida Ozarbayjon va ingliz tillarida tayyorlangan maʼlumot lavhasi oʻrnatilgan.

Ochilish marosimi tahrir

2024-yil 24-aprel kunida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ushbu yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etdi[3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir