Chingiz Mustafoyev (ozarbayjoncha: Çingiz Fuad oğlu Mustafayev; 1960-yil 29-avgust – 1992-yil 15-iyun) ozarbayjonlik mustaqil jurnalist, vafotidan keyin Ozarbayjon Milliy Qahramoni davlat ordeni bilan taqdirlangan. Mustafoyev maʼlumotiga koʻra tibbiyot hodimi boʻlishiga qaramasdan jurnalistika bilan shugʻillangan. U Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushining dastlabki bosqichlari haqida video yozuv yaratgan, hujjatli filmning aksariyati frontda suratga olinishi kerak edi. Suratga olish jarayonlarida toʻsatdan minomyotdan olgan jarohati uning oʻlimiga sabab boʻlgan.

Chingiz Mustafayev
Tavalludi 29-avgust 1960-yil
Vafoti 15-iyun 1992-yil(1992-06-15)
(31 yoshda)
Naxichevanik, Ozarbayjon
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROzarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Kasbi jurnalist va muallif
Faoliyat yillari 1991-1992
Millati ozarbayjon
Turmush oʻrtogʻi
Rafiga Mustafayeva (turm. 1990)
Bolalari Fuad Mustafayev
Otasi Fuad Mustafayev
Mukofotlari Oʻzarbayjon Milliy Qahramoni 1992-yil

Oilasi tahrir

Mustafoyevlar oilasi tipik ozarbayjon oilasi sifatida tasvirlanadi. Uning otasi harbiy boʻlgan va SSSRda raketa va qurollar ustida ishlagan. Chingiz oilada toʻngʻich farzand boʻlgan, u 1960-yilda tugʻilgan, uning ikki nafar ukasi boʻlgan –1962-yilda tugʻilgan Seyfulla Mustafoyev va 1968-yilda tugʻilgan Vohid Mustafoyev[1]

Hujjatli filmlar suratga olish tahrir

Mustafoyev 1992-yilda Xodjali qirgʻini qurbonlari jasadlarini suratga olgani bilan tanilgan.[2][3] Ushbu manzaralarni hujjatlashtirish uchun u dushmanning kuchli oʻq otishi ostida qolgan armiya vertolyotida sayohat qildi. Uning Xodjalining qor bilan qoplangan dalalariga sochilgan yuzlab oʻliklarni aks ettiruvchi videofilmi qirgʻinga dalil boʻldi.

Musiqa prodyuseri tahrir

Mustafoyev 1983-yilda Ozarbayjondagi birinchi estrada musiqani yaratgan.[4]

Oʻlimi tahrir

1992-yil 15-iyunda Naxichevanik qishlogʻi yaqinida ozarbayjon va arman kuchlari oʻrtasidagi oʻt ochish harakatlarini suratga olish paytida Mustafayev minomyotdan oʻqqa tutildi. Ukasi Vohidning soʻzlariga koʻra, u toʻgʻridan-toʻgʻri yonida snaryad portlashi va snaryad parchalari katta arteriyalaridan birini kesib tashlashi oqibatida halokatli darajada yaralangan. Mustafoyev vertolyotda kasalxonaga olib kelinganida, u qon yoʻqotishdan vafot etgan edi. Uning soʻnggi lahzalari oʻz kamerasiga yozib olingan.[5]

Xotirasi tahrir

ANS CM 102 FM — shiori „Biz kurashga tayyormiz“Kavkazdagi birinchi radioeshittirish kompaniyasi uning sharafiga stansiya nomini oʻzgartirdi.

ANS telekanali tomonidan Chingiz Mustafoyev sharafiga turli yoʻnalishlarda jurnalistik tanlovlar oʻtkazish maqsadida jamgʻarma tashkil etildi.[6] Ozarbayjon radiostansiyasi ANS CM 102 FM ham uning nomini oldi va uning shiori „Döyüş alnımıza yazılıb“ („Urush peshonamizga yozilgan“)ni oʻziga shior qildi.

Manbalar: tahrir

  1. Our Own Voices, Our Own Minds:Stalin Crushes Would-Be Student Activists
  2. „Azerbaijani mark anniversary of journalist Chingiz Mustafayev – IRFS“.
  3. Cornell, Svante E.. Azerbaijan Since Independence, 20-may 2015-yil. ISBN 9781317476214. 
  4. Documenting the Horrors of Karabakh
  5. Mustafayev, Vahid. „Documenting the Horrors of Karabakh. Chingiz Mustafayev in Action“. Azerbaijan International. 7.3-jild, № Autumn 1999. 57–59-bet. Qaraldi: 18 April 2019.
  6. „Azerbaijani Painter receives Man of the Year award“. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2009-yil.

Havolalar tahrir