Chorbaqqoli koʻchasitarixiy nom. Joyning toʻliq tarixiy nomi Chorbaqqoli Darvozayi Oʻgʻlon, yaʼni „Oʻgʻlon darvozasi oldidagi bozorcha“. Aholisi yogʻoch ustachilik va un savdosi bilan shugʻullangan. Oʻgʻlon darvozasi Oʻgʻlon madrasasiga tutash boʻlgan[1]. Sovet davrida darvoza ham, madrasa ham buzib tashlangan. Darvoza yaqinida Oʻgʻlon Ato qabri joylashgan. Darvoza nomi shundan olingan. Guzar 1887-yilga oid vaqfnomada tilga olinadi[2].



Manbalar tahrir

  1. To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.