Choros yoki Tsoros (moʻgʻ.: Цорос, xitoycha 绰罗斯) Olod va Dörbet Oyratlarining hukmron urug'i va o`tmishda butun To'rt Oyrat xonligini boshqargan qabila. Ular XVII asrda Jungʻor xonligiga asos solgan. Ularning boshliqlari o'zlarining avlodlari muqaddas daraxtdan oziqlangan yigitdan tarqalgan deb hisoblashgan.

Chorosning joylashuvi.

Tarixi tahrir

XIV asr oxirida oyratlar Xalxa moʻgʻullariga qarshi kuch sifatida paydo boʻldi. Toʻrt Oyratning hukmron urugʻi oʻsha vaqtda Choros edi. Ularning boshchiligida Gʻarbiy Moʻgʻullar Jungʻor xonligini tuzdilar.[1]

1455-yilda boshqa oyrat qabilalari mo'g'ul xoqoni sifatida taxtga o'tirgan Choros xoni Esen Tayshiyni taxtdan ag'darishdi. Taxminan 1620-yilda Choroslar Xalxa xoni Olton bilan bo'lgan qattiq kurashdan so'ng tarqalib ketishdi. Xalxa va janubi-g'arbiy Ichki Mo'g'ul knyazlari 1552-yildan 1628-yilgacha ularga bir necha marta bosqin uyushtirib, g'arbga ko'chib o'tishga majbur qildilar.[2] Choroslarning bir qismi Dörbet Oyrat guruhi bilan shimolga Sibirga va hozirgi Barnaulga ko`chib ketishdi. Lekin ular Xalxa xoni Oltonxonni tor-mor qildilar va 1640-yilda shimoliy xalxalar bilan ittifoq tuzdilar.

1690-yilga kelib uchta Oyrat davlati vujudga keldi: Xoshut, Qalmiq va Jungar xonligi. Choroslarning koʻpchiligi Doʻrbet va Xoʻydlar bilan Qora Irtish, Ulungʻur daryosi, Emil daryosi va Ili daryosi boʻyida joylashib, Jungʻor xonligini tashkil qilgan.[3] Jungʻor xonligini Doʻrbet va Choroslar boshqarib, xoshutlarni oʻz vatani Jungriyadan siqib chiqargan. Ular XVII asr oxirlarida taraqqiyotining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan boʻlsa-da, Galdan Boshugtu Xonning Sin bilan urushlaridan keyin parchalana boshladi. Choroslar 1697 va 1771-yillarda mag'lubiyatga uchradilar va ular Sin sulolasi tomonidan qo'shib olindi.

Manbalar tahrir

  1. Xoyt S.K. Etnicheskaya istoriya oyratskix guruh. Elista, 2015. 199 s.
  2. Xoyt S.K. Dannye folklora dlya izucheniya putey etogeneza oyratskix grup // Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiyasi «Setevoe vostokovedie: obrazovanie, nauka, kultura», 7-10-dekabr 2017-yil g.: materialy. Elista: Izd-vo Kalm. un-ta, 2017. s. 286-289.
  3. Fred Walter Bergholz-The partition of the steppe, p.353