Craig Ashley David (talaffuzi: Kreyg Eshli Devid; 5-may 1981-yilda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi, reperi va produseridir. Artful Dodger musiqa guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Re-Rewind“ (1999) qoʻshigʻi ortidan shuhrat qozongan. David 2000-yilda Born to Do It nomli ilk studiyaviy albomini chiqardi. Bundan soʻng, u yana beshta studiyaviy albomini ommaga havola etib, Sting, Tinchy Stryder, Big Narstie, Kano va Jay Sean kabi sanʼatkorlar bilan birga ishladi. Davidning 20 ta ashulasi „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 ashula“, yettita albomi esa „Birlashgan Qirollik hit-paradlaridagi eng sara 40 albom“ safiga kirgan. Shu kungacha, umumjahon boʻylab 15 milliondan oshiq albom sotgan.

Craig David

David 2018-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Craig Ashley David
5-may 1981-yil (1981-05-05) (42 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • reper
  • produser
Leybl
  • Wildstar
  • Teacup
  • Warner Bros.
  • UMTV
  • Atlantic
  • [Reprise
  • UMPG
  • Insanity
  • Speakerbox
  • BMG
  • RCA
  • Independent
Janr
Faoliyat yillari 1997 – hozirgacha
Veb-sayt craigdavid.com

David koʻplab yutuqlarga, jumladan oʻn toʻrt marotaba Brit Awardsga va ikki marotaba Grammy Awardga nomzod boʻlgan.[2][3]

Diskografiyasi tahrir

Turnelari tahrir

  • The Time Is Now Tour (2018)


Manbalar tahrir

  1. „Craig David Albums and Discography“. AllMusic.
  2. „BRITs Profile: Craig David“. Brits.co.uk. 27-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2014-yil.
  3. Babatunde (19 March 2010). „Craig David: The Interview!“. MTV. Archived from the original (Wayback Machine saytida 11-oktabr 2010-yil sanasida arxivlangan) on 11 October 2010. Retrieved 5 June 2012.

Havolalar tahrir