Daler Amirovich Sharipov (ruscha: Шарипов, Далер Амирович; 2004-yil 13-fevral, Tojikiston) — Tojikistonlik professional futbolchi, Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynaydi. Maydondan pozitsiyasiga koʻra, hujumchi sifatida harakat qiladi.

Daler Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daler Amirovich Sharipov
Tavallud sanasi 13-fevral 2004-yil (2004-02-13) (20 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston Tojikiston
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 73 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Metallurg Bekobod
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2022—2023 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 17 (3)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Tojikiston Tojikiston U-20 5 (0)
2023—2024 Tojikiston Tojikiston U-23 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klub faoliyati tahrir

Daler Sharipov Tojikiston futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 2022-yil Bekobodning „Metallurg“ jamoasi akademiyasi va yoshlar jamoasiga qabul qilingan[1]. Bekobod jamoasidagi dastlabki mavsumida bitta oʻyinda ishtirok etdi va debyut oʻyinida Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga magʻlub boʻlgan[2]. 2023-yilgi mavsumda klub asosiy jamoasi tarkibida 9 ta oʻyinda ishtirok etgan. Oʻzining debyut golini 2023-yil 27-sentyabrda, Oʻzbekiston Superligasining 20-turida „Andijon“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[3].

2024-yildan klub asosiy jamoasi tarkibida koʻp oʻyin oʻtkazmoda va 7 ta oʻyinda 2 ta gol muallifiga aylangan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Daler Tojikiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari tarkibida AFC U-20 va U-23 musosboqalarida ishtirok etgan[4].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir