Dalia Itzik (1952-yil 20-oktyabr, Quddus) — Isroil davlati sobiq siyosatchisi va jamoat arbobi, 2006-2009-yillarda Knesset raisi[1].

Dalia Itzik

Itzik (2014-yil)
Isroil Mehnat partiyasi
Mansab davri
1992 – 1999-yillar
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi
Mansab davri
1999 – 2001-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-oktyabr 1952-yil (1952-10-20) (71 yosh)
Isroil,Quddus
Siyosiy partiyasi Isroil Mehnat partiyasi

Hayoti tahrir

Dalia Itzik 1952-yil 20-oktyabrda Quddusda iroqlik muhojir Gershon va Marsela Balaslar oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Isroilga koʻchib kelgan iroqlik yahudiylar edi. Uning oilasi kambagʻal, otasi esa ichkilikboz boʻlgan. U diniy litseyda oʻqigan va keyin oʻzini dindor deb eʼlon qilib, Isroil Mudofaa Kuchlariga chaqirilishdan qochgan. Dalia Itzik Quddusdagi ibroniy universitetini tamomlagan. U adabiyot hamda tarixga qiziqqan. Bundan tashqari, u Gerzliyadagi fanlararo markazda huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Mehnat faoliyati tahrir

Itzik oʻqituvchi boʻlib ishlagan, ushbu faoliyati davomida Quddusdagi oʻqituvchilar kasaba uyushmasi raisi lavozimini ham egallagan. Qolaversa, u radioeshittirish departamenti direktorlar kengashi aʼzosi edi. Shu bilan birga, Dalia Avodah partiyasiga qoʻshilgan va Quddus shaharchasiga maʼsul etib saylangan.

Dalia Itzik Isroil elektr korporatsiyasi xodimi Denni bilan turmush qurgan. Ularning Ran, Uri va Adi ismli uchta farzandi bor. Hozir ular Quddusning Ramat Sharet mahallasida yashaydi[2].

Parlamentdagi faoliyati tahrir

1992-yilgi saylovlardan soʻng, Dalia Itzik parlamentning taʼlim va madaniyat boʻyicha komissiya raisi lavozimini egallagan. 14-Knessetda parlamentning Fan va texnologiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1999-yilda Dalia Itzik Ehud Barak hukumatida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2001-yilgi saylovlardan soʻng, Itzik Ariel Sharonning birinchi hukumatida Savdo va sanoat vaziri boʻlgan. 2003-yilda keyingi saylovlardan soʻng, leyboristlar koalitsiyasiga kirmagan, lekin 16-Knessetdagi muxolifat ishini muvofiqlashtiruvchi partiya fraksiyasi raisi etib tayinlangan. 2005-yilda Avodah koalitsiyasiga qoʻshilgan va Itzik Aloqa vaziri lavozimini egallagan. 2005-yil 28-noyabrda Mehnat partiyasidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qilgan va Shimon Peres va Xaim Ramondan keyin, Kadimaga qoʻshilgan.

Knesset raisi tahrir

Itzik 1992-yilda 13-Knessetga saylanishidan oldin Quddus merining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Dalia Itzik 2006-yilgi saylovlarda Kadima roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan. Saylovda gʻalaba qozonganidan soʻng, Knessetning birinchi yigʻilishida Itzik Knesset raisi etib saylangan. Dalia Itzik bu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarix zarvaraqlariga muxrlandi. Hukumatning yuridik maslahatchisi Meni Mazouz mamlakat prezidenti Moshe Katsav oʻz vazifalarini bajara olmasligini eʼlon qilganidan soʻng (politsiya tomonidan jinsiy janjal boʻyicha tergov olib borilganligi sababli), u qonunga muvofiq Isroilning muvaqqat prezidenti hisoblangan. 2007-yil 1-iyulda Moshe Katsavning isteʼfoga chiqishi haqidagi ariza kuchga kirgan va Dalia Itzik Shimon Peresning rasmiy qasamyod qilgan kundan boshlab, 15-iyulgacha Isroil prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs boʻlgan. Partiya roʻyxatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgach, Itzik 2009-yilgi saylovlarda oʻz oʻrnini saqlab qolgan va keyinchalik, partiya raisi boʻlgan.

Itzik 2014-yilgi Isroildagi prezidentlik saylovlarida qatnashib, 28 ta saylovchilarning ovoz bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

1988-yildagi avtohalokat tahrir

1988-yil 26-oktyabrda Dalia Itzikning mashinasi yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Avtohalokatda Likud Knesset aʼzosi Maykl Rayzerning mashinasi bilan toʻqnashgan. Natijada, Riser vafot etgan, Itzik esa ogʻir jarohat olgan. Dalia Itzik oʻshandan beri mashina hayday olmaydi[3].

Manbalar tahrir

  1. Dalia Itzik becomes acting president The Jerusalem Post, 25 January 2007
  2. Naama Lanski.. „The Quality of Dalia“ (2007-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  3. „חדשות NRG — כוח איציק“. 2005-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.