Dan Ndoye (talaffuzi: Dan Ndoye; 2000-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — Shveysariyaning professional futbolchisi, Shveysariya Superligasining „Basel“ klubida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.

Dan Ndoye
Ndoye 2021-yil OGC Nice klubi safida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-oktyabr 2000-yil (2000-10-25) (23 yosh)
Tavallud joyi Nyon, Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Basel
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
FC La Côte Sports
FC Lausanne-Sport
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 FC Lausanne-Sport II 21 (7)
2018—2020 FC Lausanne-Sport 33 (8)
2020—2022 OGC Nice 16 (3)
2020 → FC Lausanne-Sport (ijaraga) 12 (3)
2021-2022 → FC Basel (ijaraga) 13 (1)
2022- FC Basel 29 (3)
Milliy terma jamoa
2017 U18 Shvetsariya futbol terma jamoasi 2 (0)
2018 U19 Shvetsariya futbol terma jamoasi 10 (3)
2019- U21 Shvetsariya futbol terma jamoasi 20 (7)
2022- Shvetsariya milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-may uchun)

Yoshlik hayoti tahrir

Ndoye Nyon shahrida tugʻilgan, onasi shveytsariyalik va otasi senegallik, u Shveysariyada futbol oʻynashni boshlagan[2].

Lausanne-Sport tahrir

Ndoye oʻzining mahalliy „FC La Côte Sports“ klubida futbol oʻynay boshladi. Tez orada uni Team Vaud (FC Lausanne-Sport akademiyasi) payqab qoldi, u yerda u U13 yoshlar darajasidagi faoliyatini boshladi[3]. Katta tezlikda yuqori pogʻonaga koʻtarilib, Ndoye 15 yoshida U18 yoshlar darajasidagi musobaqada birinchi qadamlarini qoʻydi. Dan Ndoye U17 va U18 yoshlilar toifasidagi musobaqalarda 38 ta oʻyin oʻtkazib, jami 23 ta gol urgan. Shuningdek, uning oʻyinlari 17 yoshida Lausanne-Sportning zaxira jamoasi boʻlgan Team Vaud U21 safiga qoʻshilishga imkon bergan. Shveysariyaning 4-divizionida o‘ynab, 21 o‘yinda 7 ta gol urdi.

2018—2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Ndoye 2019-yil 13-fevralda Lausanne klubidagi professional debyutida SC Kriens klubiga qarshi o‘yinda gol urdi[4]. 15 oʻyinda u 6 ta gol urdi va tezda oʻzini asosiy futbolchi sifatida koʻrsatdi.

Nice tahrir

2020-yil 27-yanvar kuni Fransiya 1 ligasining OGC Nice klubi Ndoye klub bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi, ammo 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Lausanne klubida qoladi[5].

Basel tahrir

2021-yil 31-avgustda Ndoye bir yillik ijara asosida „Basel“ klubiga oʻtishni yakunladi va bosh murabbiy Patrik Rahmen qoʻl ostida 2021—2022-yilgi mavsumda Basel klubining asosiy jamoasiga qoʻshildi[6]. Ndoye klub uchun ichki ligadagi debyutini 12-sentyabr kuni Kornaredoda boʻlib oʻtgan mehmonda oʻtkazdi, yakunda „Basel“ Lugano bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[7]. U 30-sentyabr kuni Saint-Jakob-Parkda boʻlib oʻtgan uy oʻyinida jamoa safidagi ilk golini kiritdi. Bu 2021—2022-yilgi Yevropa Konferentsiya Ligasi guruh bosqichidagi oʻyin boʻlib, „Basel“ Olmaotadagi "Qayrat " ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Ndoye oʻzining yangi jamoasi uchun ligadagi birinchi golini 30-oktyabr kuni Letsigrundda boʻlib oʻtgan „Basel“ Tsyurixga qarshi safar oʻyinida urgan va oʻyin 3:3 hisobida durang natija bilan tugagan[9].

2022-yil 4-fevralda Basel klubi o‘z ijara shartnomasida sotib olish tanlovidan foydalangan va Ndoye bilan 2026-yilning yoziga qadar to‘rt yarim yillik muddatga shartnoma imzolagan[10].

Xalqaro darajadagi faoliyati tahrir

Ndoye Shveytsariya terma jamoasidagi debyutini 2022-yilning 24-sentyabrida Millatlar ligasining Ispaniya futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinida oʻtkazdi[11].

Manbalar tahrir

  1. „Dan Ndoye“. FC Basel. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  2. „Zoom sur Dan Ndoye, le jeune attaquant de 19 ans qui a signé à l'OGC Nice et qui peut jouer pour le Sénégal - Gaindés Football“ (fr-FR). wiwsport (2020-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  3. Zoom sur Dan Ndoye, le jeune attaquant de 19 ans qui a signé à l’OGC Nice et qui peut jouer pour le Sénégal, wiwsport.com, 15 July 2020
  4. LAUSANNE SPORT VS.
  5. DAN NDOYE TO JOIN NICE THIS SUMMER, ogcnice.com, 27 January 2020
  6. FC Basel 1893. „Dan Ndoye wechselt leihweise zum FCB“ (de). Dan Ndoye on loan to FCB. FC Basel 1893 AG (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  7. FC Basel 1893. „1:1 im Tessin – Lugano und der FCB teilen sich die Punkte“. 1:1 in Ticino – Lugano and FCB share the points. FC Basel 1893 AG (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  8. FC Basel 1893. „4:2-Sieg gegen Almaty – Erster Sieg in der Gruppenphase“. 4-2 win over Almaty – first win in group stage. FC Basel 1893 AG (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  9. FC Basel 1893. „Viel spektakel beim 3:3 im Klassiker“. A lot of spectacle during the 3:3 in the classic match. FC Basel 1893 AG (2021-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
  10. FC Basel 1893. „Der FCB Verpflichtet Andy Pelmard und Dan Ndoye Definitiv“ (de). FCB signs Andy Pelmard and Dan Ndoye on a definite basis. FC Basel 1893 AG (2022-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  11. „Spain v Switzerland game report“. UEFA (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.

Havolalar tahrir

  • Dan Ndoye at Soccerway
  • Dan Ndoye — French league stats at Ligue 1 — also available in French