Hong Sung-mi (1986-yil 17-iyulda tugʻilgan), Dana nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa va vokal murabbiyi.[1]

Dana
홍성미
Tavalludi
Hong Sung-mi

17-iyul 1986-yil (1986-07-17) (37 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa

Faoliyati tahrir

Dana birinchi marta 2000-yilda „HOT“ bolalar guruhining Age of Peace ilmiy-fantastik filmidagi rollari bilan omma oldida paydo boʻlgan. Keyinchalik Dana yakkaxon qoʻshiqchi sifatida oʻzining rasmiy debyutini amalga oshirgan. U debyutini DANA (2001) va Maybe (2003) toʻliq albomlari bilan chiqargan. 2002-yilda musiqiy faoliyati bilan bir vaqtda „MBC“ Nonstop sitkomining uchinchi mavsumida aktyorlik debyutini amalga oshirgan, shuningdek, Peterpan spektaklidagi Vendi roli bilan musiqiy teatrda debyut qilgan.

Deyarli ikki yillik tanaffusdan soʻng, Dana 2005-yil aprel oyida The Grace qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilib yana oʻz faoliyatiga qaytgan. Guruh faoliyati davomida ular jami uchta studiya albomi bilan koreys va yapon tillarida musiqa chiqaraganlar va ijro etadganlar. 2010-yil oʻrtalarida guruh barcha faoliyatini toʻxtatadi. 2011-yil iyul oyida guruh Dana va Sunday „One More Chance“ duet qoʻshigʻi bilan qaytgan.

Dana musiqali teatrga 2010-yilda Daejanggeum Season Three, Rock of Ages, The Three Musketeers filmlarida aktrisalik bilan qaytadi. Shundan so‘ng, u bir qator rollarni qo‘lga kiritgan, xususan, Catch Me If You Can (2012), Bonnie and Clyde (2013), The Great Gatsby Re: Boot (2016) musiqiy filmlarida suratga tushgan. 2016-yilda Dana „SM Station“ ostida chiqarilgan „Touch You“ singlini ijro etish bilan musiqa sanoatiga qaytib kelgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

2016-yilning 4-mayida „MBC“ning Radio Star dasturida Dana uch yil davomida ishqiy munosabatlari bor bo‘lganini maʼlum qilgan.[2] Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Dananing yigiti Lee Ho-jae boʻlib, u film/klip rejissori hisoblanadi.[3] 2018-yil 6-noyabrda „SM Entertainment“ er-xotin ajrashganini eʼlon qilgan.[4]

Diskografiyasi tahrir

Studiya albomlari tahrir

Nom Albom tafsilotlari Sotuvlar
Dana
  • Chiqarilgan: 2001-yil 10-sentyabr
  • Leybl: SM Entertainment
  • Formatlar: CD, raqamli yuklab olish
남겨둔 이야기 (Maybe)
  • Chiqarilgan: 2003 yil 1 oktyabr
  • Leybl: SM Entertainment
  • Formatlar: CD, raqamli yuklab olish

Singllar tahrir

Nom Yil Peak chart Sotuvlar Albom
KOR

[5]
"세상끝까지" (Until the End of the World) 2001 First Album
"Diamond"
"Maybe" 2003 Maybe
"What is Love?"
"Touch You" 2016 228 S.M. Station Season 1

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir