Denis Vladimirovich Pushilin (1981-yil 9-mayda Ukrainaning Donetsk viloyati Makeyevka qishlog'ida tug'ilgan) - siyosatchi va tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi (DXR) rahbari (2018-yil 20-noyabrdan). Donetsk Xalq Respublikasi Xalq Kengashi a'zosi (2015-2018). DXR Oliy kengashi prezidiumi a'zosi (2014-yil may-iyul). 1998-yilda 1-sonli Makeyevka litseyini bitirgan. 1999-2000-yillarda Ukraina Milliy gvardiyasida harbiy xizmat o'tagan. Donbass milliy qurilish va arxitektura akademiyasida tahsil olgan. 2002-yildan "Solodke jittya" nomli savdo firmasida ish boshlagan. 2011-2013-yillarda Sergey Mavrodining "MMM" deb atalgan moliyaviy piramidasida asosiy tashkilotchilardan biri bo'lgan. "MMM" siyosiy partiya maqomiga erishgach, Denis Pushilin uning asosiy a'zosiga aylangan. Ushbu partiya vakillari 2013-yilda Ukraina Oliy Radasida 19 o'ringa ega bo'lgan. 2014-yil 5-aprelda Donetsk viloyati gubernatori Pavel Gubaryovning o'rinbosari etib tayinlangan. 7-aprelda Ukraina sharqida Donetsk Xalq Respublikasi deb atalgan davlat tuzilgani e'lon qilingach, Pushilin davlatning muvaqqat hukumati vakili etib tayinlangan. 2014-yil 15-mayda DXR Oliy Kengashi prezidiumi a'zosi bo'lgan. 2014-yil 18-iyulda esa iste'foga chiqib, Moskvaga ketgan. 2014-yil 3-noyabrda "Donetsk respublikasi" siyosiy harakati nomidan DXR Xalq Kengashi deputatligiga saylangan. 2014-yil 9-noyabrda DXR rahbari Aleksandr Zaxarchenko tomonidan Minskdagi uchtomonlama aloqa guruhi vakili etib tayinlangan. 2018-yil 11-noyabrda DXR da bo'lib o'tgan saylovlarda Denis Pushilin 60.85 % ovoz bilan DXR rahbarligiga saylangan. 2021-yil dekabrda "Yagona Rossiya" partiyasi a'zosi bo'lgan. 2022-yil 21-fevralda Rossiya bilan o'zaro hamkorlik va do'stlik haqida bitim imzolagan. 2022-yil 24-fevralda rus qo'shinlari Ukrainaga bostirib kirgash, 20 ming nafar DXR qo'shinlarini Kiyevga qarshi yurishiga buyruq bergan. Ayni vaqtda uning rahbarligidagi DXR hududlarida urush harakatlari ketmoqda.

Vladimir Putin va uning qo'g'irchoqlari, shu jumladan Pushilin

Adabiyotlar tahrir

  • Денис Пушилін: Мажоритарні округи Київська область Округ №94 [Denis Pushylin: Majority districts Kyiv oblast District №94] (in Ukrainian). nbnews.com.ua. 2013. Archived from the original on 6 July 2015. Retrieved 11 September 2015.
  • Sauer, Pjotr (24 February 2022). "'Their golden hour': Donetsk and Luhansk leaders revel in rising profile". The Guardian. Moscow. Retrieved 13 June 2022.
  • "Pro-Russian rebel leader killed in eastern Ukraine blast". The Washington Post. 31 August 2018.
  • Парламент ДНР сменил исполняющего обязанности главы республики. Meduza (in Russian). Retrieved 7 September 2018.
  • "Биография Дениса Пушилина" (in Russian). РИА Новости. 28 August 2014. Archived from the original on 2 September 2014. Retrieved 27 September 2014.