Dilnaz Murzatayeva — 18-yoshli oʻzbek sportchisi, qilichbozlik boʻyicha ixtisoslashgan, Osiyo oʻyinlaridan keyin shohsupaga koʻtarilgan Oʻzbekistonning birinchi qilichbozi[1]. El-Salvador oʻtgan qilichbozlik boʻyicha jahon kubogi gʻolibi[2].

Dilnaz Murzatayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2006
Sport
Qaysi sport qilichbozlik
Faol tomoni oʻnaqay

Faoliyati tahrir

Dilnaz Murzatayeva oʻng qoʻlli yosh qilichboz boʻlib, qilichbozlik boʻyicha 6-darajaga ega. Bugungi kunda Dilnaz Murzatayeva Oʻzbekistonning faxrli yoshlar qatorida joy egallab kelmoqda[2].

Dilnaz Murzatayeva Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan birinchi Oʻzbekistonlik qilichbozga aylandi. 17-yoshli sportchi yarim final jangida janubiy koreyalik Injeong Choiga imkoniyatni boy berib qoʻydi va bronza medali bilan kifoyalandi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonlik sportchilar qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga koʻtarilmagan edi[3].

Dilnaz Murzatayeva 2023-yilgi jahon Kubogi bosqichida oʻsmirlar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha oltin medalga sazovor boʻldi. Musobaqalar 1-6-noyabr kunlari el-Salvador shahrida oʻtkazildi. Yarim final oʻyinida Dilnaz vatandoshi Bibimaram Saparovadan 15:14 hisobida gʻalaba qozondi. Final bahsiga kelsak, Murzatayeva 15:7 hisobida Puerto-Rikolik raqib Ualler Del Valle Alanis S. ni magʻlub etib, ushbu musobaqada oltin medalga sazovor boʻldi[4].

2024-yilning 28-aprel kuni Fujayrada (Birlashgan Arab Amirliklari) 2 ta jang oʻtkazdi, ulardan birida Dilnaz Murzatayeva gʻalaba qozondi. U birinchi jangni Keneshova Akakga qarshi oʻtkazdi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ikkinchi jang Khatri Tanikshaga qarshi boʻlib, afsuski, u 11:15 hisobida magʻlub boʻldi[2]. Ushbu musobaqadan soʻng uning umumiy toʻplagan balli 104.000 ga etdi.

2024-yil 4-mayda Dilnaz Murzatayeva Kali (Kolumbiya) tomonidan oʻtkaziladigan Epee Grand Prix musobaqasida ishtirok etadi[5]. Bundan tashqari, 2024-yil 17-mayda Sharjada (Birlashgan Arab Amirliklari) qilichbozlik boʻyicha Coupe du Monde (jahon chempionati) oʻtkaziladi, unda u ham ishtirok etadi[6].

Manbalar tahrir

  1. „uznews.uz“. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „International Fencing Federation“. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  3. „olympic.uz“ (2023-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  4. „aktualno.uz“ (2023-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  5. „Epee Grand Prix“. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  6. „Coupe du Monde“. Qaraldi: 2024-yil 1-may.