Dilorom Ilxamovna Ahmedova — (1957-yil, 5-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Tibbiyot fanlari doktori (1998), professor (2002). Rossiya federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasi akademigi.

Dilorom Ahmedova
Tavalludi 05.02.1957
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tibbiyot

Tarjimayi holi tahrir

Dilorom Ahmedova 1957-yil 5-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan[1]. U 1980-yil O’rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutini tugatgan. Dilorom Ahmedova koʻp yillar mobaynida tibbiyot, pedagogika, siyosiy sohalarda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2001—2006-yillar respublika bosh pediatr, 2006—2010-yillar Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2010—2012-yillar O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi RIPIATM direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. U bundan tashqari Tosh qoshidagi onalik va bolalik boʻyicha Ilmiy kengash raisi oʻrinbosari, „Organizatsiya i upravlenie zdrovoxraneniem“, „Pediatriya“ ilmiy-amaliy jurnali bosh muharriri muovini, „Shoshilinch tibbiyot axborotnomasi“ va „Pediatricheskaya farmokologiya“ (Rossiya) jurnallari tahrir hay’ati aʼzosi, Xalqaro va respublika forumlarining ishtirokchisi va tashkilotchisi[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

Dilorom Ahmedova 400 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. U shuningdek, 4 ta mualliflik guvohnomasi va 2 ta kashfiyotga patent olgan. Dilorom Ahmedova 5 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Uning neonatologiya va pediatriya sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari dunyo boʻylab keng qoʻllanilmoqda. Olima tomonidan JSST, UNISEF zamonaviy texnologiyalari va ilmiy-tekshirishlar asosida bolalarga sogʻliqni saqlashning birinchi boʻgʻinida tibbiy xizmat koʻrsatishning sifatini oshirish boʻyicha intervensiyalar toʻplami ishlab chiqildi.

Mukofotlari tahrir

Dilorom Ahmedova O’zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasidagi I darajali Davlat mukofoti laureate, „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ unvoni, „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20-yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. Заведующая кафедрой Ахмедова Дилором Илхамовна
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5.