Dmitriy Dya-Girovich Yun (1993-yil 16-oktyabr, Gʻazalkent, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – rossiyalik professional bokschi, Rossiya sport ustasi. Rossiya chempionatining uch karra gʻolibi (2007, 2009, 2010). 2009-yilda Rossiya talabalari spartakiadasi gʻolibi. 2012-yil Talabalar oʻrtasida jahon chempionati finalchisi, 2007- yil Yevropa chempionati bronza medali sovrindori. Koʻplab milliy va xalqaro turnirlar gʻolibi.

Dmitriy Yun
Statistikasi
Asl ismi Dmitriy Dya-Girovich Yun
Vazn toifasi yengil (61,2 kilogramgacha)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Murabbiyi Vladimir Roshchenko
Tavalludi 1993-yil 16-oktyabr
Gʻazalkent, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Havaskor faoliyati
Havaskorlik janglari 6
Havaskorlik gʻalabalari 5
Magʻlubiyatlari 1
Duranglari 1
Professional faoliyati
Birinchi jangi 2019-yil 28-iyun

Tarjimai holi tahrir

Dmitriy Dya-Girovich Yun Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda oilasi Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Boksga 2000-yilda kelgan. 16 yoshida u Rossiya sport ustasi talablarini bajargan[1]. Dmitriyning birinchi murabbiyi – Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy A. P. Orlov. Ayni paytda Dmitriy Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Vladimir Roshchenko qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazmoqda.

Havaskor bokschi sifatida karyerasi tahrir

U Chelyabinsk viloyati sharafini himoya qilgan. 2007-yilda yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha Rossiya chempionati gʻolibi, keyin oʻsha yili kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Rossiya chempionati gʻolibi boʻldi. 2009-yilda boks boʻyicha Rossiya chempionati gʻolibi. 2009-yil „AIBA faxriy prezidenti N. A. Nikiforov-Denisov xotirasiga bagʻishlangan kubok“ Butunrossiya musobaqasi gʻolibi[2]. 2010-yilda Rossiya yoshlar chempionati gʻolibi[3]. 2012-yilgi Talabalar oʻrtasida jahon chempionati finalchisi[4]. 2007, 2009, 2010, 2012, 2013, 2014-yillarda boks boʻyicha Rossiya terma jamoasi aʼzosi.

Professional karyerasi tahrir

Dmitriy professional boksdagi faoliyatini 2019-yil 28-iyun kuni AQShda meksikalik bokschi Xose Antonio Mezani (6:3) magʻlubiyatga uchratgan holda boshlagan[5]. Ikkinchi professional jang ham AQShda boʻlib oʻtgan, uning raqibi amerikalik Xaver Martines edi; Dmitriy bir ovozdan gʻalaba qozongan[6].

Professional janglar statistikasi tahrir

6 ta jang, 5 ta gʻalaba (1 tasi nokaut), 1 ta magʻlubiyat.
Jang
Jang hisobi
Jang sanasi
Raqibi
Jang oʻtkazilgan joy
Davralar, vaqt
Izoh
6 5-1 2021-yil 23-yanvar   Jora Amazaryan (9-2-2)   RSS Boks akademiyasi, Yekaterinburg, Rossiya RTD 4 (8)
5 5-0 2020-yil 7-noyabr   Sherzojon Abdurazzoqov (1:0)   RSS Boks akademiyasi, Yekaterinburg, Rossiya MD 6 (6)
4 4-0 2020-yil 7-mart   Stanislav Maksyuchenko (2-1-1)   RSS Boks akademiyasi, Yekaterinburg, Rossiya RTD 4 (6)
3 3-0 2020-yil 24-yanvar   Artem Ayvazidi (12-16-1)   RSS Boks akademiyasi, Yekaterinburg, Rossiya UD 6 (6)
2
2-0 2019-yil 17-avgust   Xaver Martines (4-6)   Banc of California stadioni, Los-Anjeles, AQSh UD 6 (6)
1
1-0 2019-yil 28-iyun   Xose Antonio Meza (6-3)   Pechanga Resort & Casino, Temekyula, Kaliforniya, AQSh UD 4 (4) Professional ringdagi debyuti.

Yutuqlari tahrir

Titullar tahrir

Havaskor boksda tahrir

  • 2007-yil.  Yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati gʻolibi
  • 2007-yil.  Katta yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati gʻolibi
  • 2007-yil.  Angliyadagi Yevropa chempionati sovrindori
  • 2008-yil.  „Qahrabo qoʻlqop“ xalqaro turniri gʻolibi
  • 2009-yil.  Rossiya chempionati gʻolibi
  • 2009-yil.  „AIBA faxriy prezidenti N. A. Nikiforov-Denisov xotirasiga bagʻishlangan kubok“ Butunrossiya musobaqasi gʻolibi.
  • 2010-yil.  Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati gʻolibi
  • 2012-yil.  Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati sovrindori
  • 2012-yil.  Talabalar oʻrtasidagi jahon chempionati finalchisi
  • 2013-yil.  19—22 yoshli oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati finalchisi
  • 2013-yil.  Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnir sovrindori
  • 2014-yil.  Vengriyadagi xalqaro turnir sovrindori
  • 2015-yil.  Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnir sovrindori
  • 2015-yil.  19—22 yoshli oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati sovrindori

Unvonlari tahrir

  • 2010-yil Rossiya sport ustasi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir