Doʻmbrobod shahar qabristoni Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi 2-sonli shahar qabristoni, shaharning Chilonzor tumani „Olmazor“ metro bekati(2010-yilgacha stansiyaning nomi „Sobir Rahimov“ boʻlgan) atrofidagi ippodrom savdo majmuasi yaqinida joylashgan. Ushbu qabriston hudud nomi bilan — Doʻmbrobod deb atalgan.

Do‘mbrobod qabristoni
Joylashuv Chilonzor tumani,Toshkent,
Binokor I.M.Tormashev
Turi Qabriston
Ochilish sanasi 1964-yil
Xarita
Koordinatalari 41°15′21″N 69°10′27″E / 41.25583°N 69.17417°E / 41.25583; 69.17417 G OKoordinatalari: 41°15′21″N 69°10′27″E / 41.25583°N 69.17417°E / 41.25583; 69.17417 G O

Qabriston tarixi tahrir

Qabriston 1964-yilda Toshkent shahridagi Botkin qabristonida dafn qilish uchun joy yoʻqligi sababli meʼmor I.M.Tormashev loyihasi asosida Toshkentning chekka hududida ochilgan.

Ushbu qabriston yahudiy, musulmon va boshqa konfessiyaviy din vakillarini dafn qilish moʻljallangan.

Qabristonning musulmon dini vakillari uchun ajratilgan qismi — Soʻgalli ota qabristoni deb ataladi[1].

Qabristonning nasroniy din vakillari dafn qilinadigan qismiga M.E.Masson, B. V.Lunin, sinolog M.I.Molozhatova va Toshkent ziyolilarining boshqa koʻplab taniqli vakillari dafn etilgan.

Qabriston hududining 127-qismidagi pravoslav cherkovi oldida baynalmilalchilar dafn etilgan joy mavjud.

Qabristonning umumiy maydoni 165 gektarni tashkil qiladi. Dafn etilganlarning taxminiy soni 450 ming kishiga yetgan[2].

Diniy binolar tahrir

Qabriston hududida Muqaddas Vladimir pravoslav cherkovi joylashgan (bino dastlab fuqarolik rekvizitlari zali sifatida qurilgan, ammo qurilishi tugallanmagan. 1991-yilda u dindorlarga berilgan[3] va 1999-yil 18-noyabrda pravoslav cherkovi (ibodatxona)ga aylantirilgan.

Shuningdek, ushbu qabristonning musulmonlar uchun moʻljallangan qismida Muxtorxon masjidi ham joylashgan.

Qabriston rejasi tahrir

Qabriston rejasi openstreetmap.org da

 

Fotosuratlar tahrir

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Toshkentdagi nasroniy qabristonida buzilgan qabr toshlari qayta tiklandi“ (uz). Озодлик радиоси (2017-yil 7-aprel). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  2. „Городское кладбище №2 (Домбробод)“. 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  3. Решением Ташгорисполкома от 23 августа 1991 года оно было передано во владение Русской Православной Церкви.