Dorranai Hassan (2000-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — nemis-afgʻonistonlik professional ayol futbolchi, Afgʻoniston ayollar terma jamoasi hamda hozirgi vaqtda Nemis futbol klubi „Herta 03 Zehlendorf“ jamoasida darvozabon sifatida faoliyat yuritadi. Hasanning otasi 1972-yilda Afgʻonistondan Germaniyaga oʻqish uchun kelgan va Dorranai Hassan Berlinda tugʻilib oʻsgan[1].

Dorranai Hassan
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud joyi Berlin, Germany
Ampluasi Goalkeeper
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hertha 03 Zehlendorf
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016– Afghanistan

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

U 2016-yil sentyabr oyida boshida tuzilgan shartnomaga binoan 10-sentyabr kuni „Herta 03 Zehlendorf B“ klubida debyut qilgan va asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa davomida oʻynagan[2]. U 2016—2017-yilgi mavsumdan beri Hertha 03 Zehlendorf B jamoasida ketma-ket uchta mavsum oʻtkazgan va jami 18 ta oʻyinda maydonga tushgan, umumiy hisobda1620 daqiqa maydonda boʻlgan. 2016—2017-yilgi mavsumda u oʻz klubi uchun 11er Women LL va Berlin Ayollar ligasida 2017—2018-yilgi mavsumda va 2018/2019-yilgi mavsumda yuqori saviyali oʻyin koʻrsatgan[3].

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

U Afgʻoniston terma jamoasi safida Janubiy Osiyo chempionatida[1] amaldagi chempion Hindistonga terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va jamoasi bilan 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan[4]. Koʻpchilik afgʻon ayol futbolchisi kabi u Tolibon muammosi tufayli Afgʻoniston mamlakatidan uzoqroq turishga majbur boʻlgan[1]. Afgʻoniston ayollar terma jamoasining tarixi anchagina yosh boʻlib, u 2007-yilda tashkil etilgan, Hasan yosh tarix va jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanadi. Afgʻoniston terma jamoasi tashkil etilgan yili Pokiston ligasi gʻolibi va 2012-yilda Janubiy Osiyo kubogining yarim finalchisi sifatida ilk muvaffaqiyatlarga erishgan. Jamoa hozirda jahon reytingida 115 ta jamoa ichida 109-oʻrinni egallab turibdi[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Von Zehlendorf nach Afghanistan“ (olmoncha). Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  2. „Dorranai Hassan - Player profile - DFB data center“ (en-EN). DFB data center. Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  3. „Dorranai Hassan“. Fupa.
  4. „Goalkeeper Hassan: from Berlin to the Afghan national team“ (inglizcha). dpa International. Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  5. „Afghanistans Torhüterin kommt aus Zehlendorf“ (olmoncha). Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.