Dovud (qishloq)
Dovud – Buxoro viloyati, Jondor tumani Dovud mahalla fuqarolar yigʻinidagi qishloq[1]. Dovud soʻzi onoma boʻlib, yaʼni shaxs nomidan olingan. Manbalarga koʻra, Dovud tarixiy shaxs boʻlib, mil.avv. X asrda Yahudiy va Isroil podsholiklarini birlashtirgan va kuchli davlatga asos solgan hukmdor. Shuningdek, Dovud soʻzi suyukli, sevikli maʼnosiga anglatadi. Dovud soʻzi Dovud paygʻambar qadamjosi nomidan kelib chiqqan. Jondor tumanda shu nomdagi ziyoratgoh mavjud[2].
Dovud Dovud | |
---|---|
Qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Buxoro viloyati |
Tuman | Jondor tumani |
Manbalar tahrir
- ↑ Toʻrayev H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Boltayev A. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2022 — 144 bet. ISBN 978-9943-7931-0-1.