Emmanuel Mulloqandov (1912-yil 2-iyun, Samarqand, Oʻzbekiston SSSR – 1977-yil 18-avgust, Tojikiston SSR) – tarjimon, yozuvchi, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1957)[1].

Emmanuel Mulloqandov
Tavalludi 2-iyun 1912-yil
Samarqand
Vafoti 18-avgust 1977-yil(1977-08-18)
(65 yoshda)
Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Tarjimon, yozuvchi
Taʼlimi Tojikiston Davlat Tibbiyot Instituti

Hayoti tahrir

Emmanuel Mulloqandov 1912-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Samarqand shahrida tugʻilgan (kelib chiqishi yahudiy). Oʻrta maktabni tugatgach Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot Institutining sirtqi boʻlimida, Dushanbe Davlat Pedagogika Institutining sirtqi boʻlimida tahsil olgan. 1930-yildan „Qizil Tojikiston“ gazetasida korrektor, soʻngra tarjimon boʻlgan. Keyinchalik Tojikiston Davlat nashriyot boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Moskvada oʻqigan paytlarida asosan tarjima ishlari bilan pul topgan. Keyinchalik Emmanuel Mulloqandov Qizil Armiya safiga qabul qilingan. Qizil Armiya safida Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. Shuningdek, u Shimoliy Kavkaz, Kuban va Novorossiysk yaqinida boʻlgan janglarda qatnashgan. „Jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan. Emmanuel urushdan keyin 1945-yildan „Qizil Tojikiston“ gazetasida adabiy tarjimon, Davlat nashriyotida tarjima boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Tarix institutida ilmiy xodim boʻlgan. Tojikiston Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan. U jahon yozuvchilarining oʻttizdan ortiq asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan[2][3].

Tarjima tili va tarjima mahoratiga oid bir qancha qimmatli maqolalar muallifi boʻlib, ularni 1985-yilda oʻzining „Zamon oʻtgan til“ maqolalar toʻplamida chop ettirgan. Emmanuel Mulloqandov 1957-yildan Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Emmanuel Mulloqandov 1977-yil 18-avgustda Tojikistonda vafot etdi.

Tarjimalari tahrir

  • „Kashtanka“, A.P.Chexov (1935)
  • „Hayotga muhabbar“ J.London (1936)
  • „Ular Vatan uchun kurashdilar“, M.A.Sholoxov (1949)
  • „Sevastopol hikoyalari“ L.N.Tolstoy (1952)
  • „Otalar va bolalar“ I.Turgenev (1962)

Manbalar tahrir

  1. „Сад яҳудии маъруфи Тоҷикистон“. http://www.ruzgor.tj/. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  2. Adiboni Toǵikiston: 80 ; maʺlumotnomai muhtasari šarḩiḩolī. Душанбе: Adib — 139 bet. ISBN 978-99947-2-379-9. 
  3. „МУЛЛОҚАНДОВ Эмануил Эфраимович“. www.kitobam.com. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.