Erkin Usmonxoʻjayev

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Erkin Buzrukxoʻjayevich Usmonxoʻjayev (1927-yil 20-avgust, Uyrat qishlogʻi, Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil 11-yanvar)[1].

Erkin Usmonxoʻjayev
Tavalludi 20-avgust 1927-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston SSR
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Otasi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Tarjimayi holi tahrir

Erkin Usmonxoʻjayev 1927-yil 20-avgust kuni Uyrat qishlogʻi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev xonadonida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Otasi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (18961977) Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspluatatsiya boshqarmasi boshligʻi (19521977) boʻlib ishlagan. Ukasi Inomjon Usmonxoʻjayev (19302017) Oʻzbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi (19831988) boʻlgan. Erkin Usmonxoʻjayev 1948-yildan KPSS aʼzosi. 1945-yilda Bagʻdod tumanidagi „Bolshevik“ kolxozining brigada boshligʻi, 19461967-yillarda ushbu kolxozning raisi boʻlib ishlagan. 19681970-yillarda Bagʻdod tumani mahalliy sanoat kombinati direktori, 1971-yildan yana „Bolshevik“ kolxozi raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1957-yilda Usmonxoʻjayev raisik qilgan kolxozda har gektar yerdan 33 sentner paxta yetishtirilgan hamda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan[1]. 1957-yil 11-yanvarda qishloq xoʻjaligidagi yutuqlari uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari tahrir

Erkin Usmonxoʻjayev 2 marotaba Lenin ordeni (1951-yil 19-iyun, 1957-yil 11-yanvar), 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 6-yanvar, 1978-yil 20-fevral), Xalqlar doʻstligi ordeni (1984-yil 6-iyun), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1948-yil) bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 11-jild (Tekislik — Fazliy). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1978 — 656 bet.