Erol Günaydın (1933-yil 16-aprel tugʻilgan – 2012-yil 15-oktyabrda vafot etgan) Turk teatr va kino aktyori, shuningdek, Nasriddin Xoʻja obrazi bilan mashhur shoumen.

Erol Günaydın
Tavalludi 16-aprel 1933-yil
Vafoti 15-oktyabr 2012-yil(2012-10-15)
(79 yoshda)
Istanbul,  Turkiya
Taʼlimi Galatasaray High School
Kasbi Aktyor, ssenariy muallifi
Turmush oʻrtogʻi Güneş Günaydın (died 2005)[1]
Bolalari 3 ta qiz
Mukofotlari Antalya Golden Orange Award for Best Screenplay,
Antalya Golden Orange Award for Best Supporting Actor

Tarjimai holi tahrir

1955-yilda Haldun Dormen teatrda professional aktyorlik faoliyatini „Ruhoniy qochib ketdi“dagi oʻyini bilan boshlagan[2]. 1955-yildan teatrda, 1960-yildan esa kinoda faoliyatini davom ettirgan. Turmush oʻrtogʻi Manisadan boʻlgan Güneş Günaydın bilan turmush qurganligining qirq yilligini nishonlagan. Ulardan biri Italiya oilasiga turmushga chiqqan. Erol Günaydın Trabzon viloyatning Akçaabat shahrida tugʻilgan va Galatasaray High School talabasi paytida teatr sohasiga kirib boshlagan. Shundan keyin Günaydın juda koʻp va turli xil spektakllarda va filmlarda personaj rollarida oʻynagan va ayniqsa Yogi Bear ning turkcha ovoz berganligi sababli, soʻngra teledasturlarda tez-tez ishtirok eta boshlagan va shu orqali mamlakat miqyosida mashhurlikka erishgan. Uning Nasriddin Xoʻja va meddah shoulari, shuningdek, juda muvaffaqiyatli „Chiçek Taxi“ serialida bosh rolni ijro etgan. Turkiyaning teatr sanʼati olamidagi eng taniqli yuzduzlardan biridir. Uning jurnalist Emine Algan bilan intervyusi yozma shaklda 2007-yilda nashr etilgan.

Oʻlimi tahrir

Erol Gunaydin 2012-yil 15-oktabr kuni Istanbuldagi shifoxonada vafot etdi. 24-avgust kuni nafas qisilishi bilan kasalxonaga, Bodrumdagi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan edi. Hushini yoʻqotgan Günaydınni 22-sentabr kuni tez yordam mashinasi bilan Istanbulga olib ketildi[3]. Günaydınning oʻlimi haqida uning qizi Gunfer Günaydın Twitter sahifasida maʼlum qildi. Erol Günaydın Istanbuldagi Feriköy qabristonidga dafn qilingan.

Havolalar tahrir

1-Turkcha Erol Günaydınʼs Biography

Manbalar tahrir

  1. „Erol Günaydın Güneş'ini kaybetti“.
  2. Biyografy of Erol Günaydın :http://www.biyografi.info/kisi/erol-gunaydin
  3. „Erol Günaydın hayatını kaybetti“ (tr) (2012-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 15-oktyabr.