Farida Rahimovna Tantashyeva[1] (4-sentyabr, 1936-yil, Buxoro, OʻzSSR — 2012-yil 8-iyul, Qozon, Rossiya) — rus olimi, Aleksandr Butlerov nomidagi Qozon universitetining organik kimyo kafedrasi dotsenti[2][3].

Farida Tantashyeva
Tavalludi 4-sentyabr 1936-yil
Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 8-iyul 2012-yil(2012-07-08)
(75 yoshda)
Qozon, Rossiya
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Ish joylari Qozon universiteti
Ilmiy darajasi Kimyo fanlari nomzodi (1968)
Ilmiy unvoni Dotsent
Akademik rahbarlari Y. G. Katayev

Biografiyasi tahrir

Tantashyeva 1936-yil 4-sentyabrda Buxoro shahrida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1954-yilda Buxoro shahridagi 7-sonli o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Qozon Davlat universiteti (QDU)ning kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi. Universitetni 1959-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi va shu yili Qozon davlat universitetining organik kimyo kafedrasi aspiranturasiga imtiyozli tarzda qabul qilindi. 1968-yilda „Toʻyinmagan sulfonlar va sulfoksidlar turkumidagi tadqiqotlar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy maslahatchi — E. G. Katayev. 1962-yildan Qozon davlat universitetida assistent, 1978-yildan katta o‘qituvchi, 1991-yildan 1997-yilgacha „Organik kimyo“ kafedrasida dotsenti lavozimida ishlagan[2]

Oʻqituvchilik faoliyati tahrir

Qozon davlat universitetidagi faoliyati davomida u kimyo fakulteti talabalarining talabalar guruhlari, kurs ishlari va diplom ishlariga rahbarlik qilgan. Keyinchalik QDU qabul komissiyasining oʻrinbosari, soʻngra mas’ul kotibi boʻlib ishlagan (19751979). Uzoq vaqt davomida QDU Organik kimyo kafedrasi kasaba uyushma tashkilotchisi boʻlgan[2]

Ijtimoiy faoliyati tahrir

1965—1971-yillarda Mehnatkashlar deputatlari tuman Kengashining uchta (X, XI va XII) chaqiriqlari deputati etib saylangan. 1972-yilda SSSR Kasaba uyushmalarining Butunittifoq XV qurultoyiga delegat etib tayinlangan. U yerda esa SSSR Butunittifoq kasaba uyushmalari markaziy kengashi (SSSR BKUMK) aʼzosi etib saylandi. 1977-yilda SSSR kasaba uyushmalarining XVI kongressiga delegat boʻldi[2].

Mukofotlari tahrir

1968-yilda toʻyinmagan sulfonlar va sulfoksidlar sintezi boʻyicha bir qator ishlari uchun D. I. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq kimyo jamiyatining Butunittifoq tanlovi diplomi bilan taqdirlangan. 1970-yilda iqtisodiy va madaniy qurilishdagi faol ishtiroki va TASSRning 50 yilligi munosabati bilan TASSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 1988-yilda „Mehnat faxriysi“ medali bilan taqdirlangan[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Turmush oʻrtogʻi — kimyogar Yevgeniy Berdnikov. Ularning bitta qizi bor.

Manbalar tahrir

  1. „Значение имени Фарида“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 "Vulfson G. N."Kazanskiy universitet (1804—2004): Biobibliograficheskiy slovar. — Kazan: Izd-vo Kazan. un-ta, 2004. — 768 s. — ISBN 5-7464-0605-8
  3. „Effects of α,β-unsaturated sulphones and phosphonium salts on ecto-ATPase activity and contractile responses mediated via P2x-purinoceptors“.