Qilichev Farrux Komilovich (1985-yil 15-sentyabrda tugʻilgan, Jizzax, Oʻzbekiston) — oʻzbek boks murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, Shuhrat medali sohibi[1].

Farrux Qilichev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1985-yil 15-sentabr
Jizzax viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport boks
Medallar

Biografiyasi tahrir

Qilichev Farrux Komilovich — 1985-yil 15-sentabrda Jizzax shahrida tugʻilgan. 1995-yildan boshlab boks bilan shugʻullangan. 1999 yili Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga o‘qishga kirgan. 2004-yilda o‘qishni tamomlab, O‘zDG‘SFK (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti) ga o‘qishga kirdi. Chirchiq kolleji murabbiylari uni nafaqat sportchi, balki umidli yosh murabbiy sifatida ko‘rib, boksga bo‘lgan qiziqishi va mehrini ko‘rib, o‘z murabbiylik jamoasida ishlashni taklif qildi. Oʻrta vazn toifasida koʻp karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. 2005-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji (2018-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati)da boks boʻyicha murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2016-yilda ushbu maktabda boks boʻyicha katta murabbiy.

Shogirdlari tahrir

Qilichevning shogirdlari orasida eng yuqori natijalarni quyidagi sportchilar qayd etgan:

Dilshodbek Roʻzmetov[2]

Chempionat
natija oʻtkazilgan yili
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati 2  kumush medal sohibi 2015, Toshkent
Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati 2  kumush medal sohibi 2015, Sankt-Peterburg
Kattalar oʻrtasida Jahon chempionati 2  kumush medal sohibi 2019, Ekaterinburg

Jahongir Rahmonov

Chempionat
natija oʻtkazilgan yili
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati 2  kumush medal sohibi 2015, Toshkent
Yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati 3  bronza medal sohibi 2018, Bangkok
III Oʻsmirlar Olimpiadasi sovrindor 2018, Buenos-Ayres

Timur Ergashev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Bangkok, 2017)

Timurbek Sadullayev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Toshkent, 2015)

Ruslan Abdullayev - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati bronza medali sohibi (2017)

Shavkat Boltayev - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Quvayt, 2019)

Feruza Kazakova - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Fujayra, 2019)

Shuningdek tahrir

Farrux Qilichev, Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan birga Bahodir Jalolovdek jahon chempioni va 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempionini tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshgan.

Oilasi tahrir

Oilali, uch nafar oʻgʻil farzandi bor.

Davlat mukofotlari tahrir

"Shuhrat" medali sohibi - 2019-yil.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy — 2021-yil.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Boks boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini kimlar himoya qiladi? (Wayback Machine saytida 2022-07-16 sanasida arxivlangan)

Farrux Qilichev: „Eng koʻp oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman“