Fasli taqvimi yoki Fasli davri (Fasli; urdu: فصلی; arabcha: فصلى) butun Janubiy Osiyoda qoʻllanilgan hosil mavsumiga asoslangan kalendar tizimi boʻlib, bugungi kunda, asosan, Dekanda qoʻllaniladi[1]. Fasli taqvimi Haydarobod Dekanining rasmiy taqvimi hisoblangan.

Dekan Fasli taqvimi oktyabr oyida boshlanadi.

Fasli yili iyul oyidan iyungacha boʻlgan 12 oylik davrni oʻz ichiga oladi. Fasli yiliga 590-yil qoʻshilishi orqali Grigoriy taqvimini hisoblash mumkin, yaʼni 1410-fasli yili Grigoriy taqvimiga koʻra 2000-yilning iyul oyidan 2001-yil iyun oyigacha boʻlgan davr hisoblanadi[2].

Shakllanishi tahrir

 
Hindistonning Kerala shahridan olingan fasli taqvimi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hujjat

Ushbu taqvim islomi taqvim boʻyicha hijriy 963-yilda tuzilgan. Oʻsha yildan boshlab Fasli taqvimi quyosh yili taqvimiga aylangan. Kunlar va oylarning nomi hamda soni Islom taqvimi bilan bir xil hisoblanadi. Yilning birinchi kuni esa 7 yoki 8-iyunga toʻgʻri keladi[3].

Fasli taqvimidan Akbar Jaloliddin Muhammad hukmronligidan boshlab amalda qoʻllanila boshlangan. Fasli davrining boshlanishi quyidagi kalendarlarga toʻgʻri keladi[1]:

  • Hijriy 963-yil (islomiy taqvim)
  • Milodiy 1556-yil (Yulian taqvimi)
  • 1612 SE (Hindu Samavat taqvimi)

Tarixi tahrir

 
Fasli taqvimiga oid yana bir hujjat (hijriy 1343, milodiy 1933-yil)

Fasli taqvimi Boburiylar davlati hukmdori Akbar Jaloliddin Muhammad tomonidan birinchi navbatda Hindistonning shimoliy qismida yer daromadlarini yigʻish va ularni hisobga olish uchun kiritilgan xronologik tizim hisoblanadi[1].

Dekanga qoʻllanila boshlanishi tahrir

Akbar Jaloliddin Muhammadning nabirasi Shoh Jahon 1630-yilda Dekan Subaga (Haydarobod sultonligi, Janubiy Hindiston) Fasli taqvimini kiritgan[4]. Ushbu taqvim Haydarobod sultonligida Asaf Jahi sulolasi hukmdorlarining rasmiy taqvimi sifatida to Hindiston Ittifoqining Haydarobod sultonligi tarkibiga Nizom, Mir Usmon Ali Xonlar qoʻshilgunga qadar foydalanilgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Faṣlī era“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
  2. „LAND REVENUE“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
  3. L.D.S. Pillai. Panchang and Horoscope: Or the Indian Calendar and Indian Astrology. Asian Educational Services, 1996 — 11 bet. ISBN 81-206-0258-7. 2011-yil 22-avgustda qaraldi. 
  4. Kavasji Sorabji Patel. Cowasjee Patell's Chronology. Trubner, 1866 — 52 bet. 

Havolalar tahrir