Fayzulla Xoʻjayevich Norxoʻjayev (1911.25.11, Chust tumani Qiziltepa qishlogʻi — 1983.25.5, Toshkent) — harbiy arbob, general-leytenant (1972). 1927-yildan armiya safida. Norxoʻjayev Oʻrta Osiyo birlashgan harbiy bilim yurtini (1931), Bosh shtab harbiy akademiyasini (1959) tugatgan. Xasan koʻli va Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi janglarda ishtirok etgan (1938—39). Ikkinchi jahon urushi yillarida Janubiy-Gʻarbiy, 3-Ukraina va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Urushdan keyin tankka qarshi qiruvchi artilleriya brigadasi (1946—52), alohida oʻqchi brigada, motooʻqchi diviziya artilleriyasi qoʻmondoni. Shim. qoʻshinlar guruhining raketa qoʻshinlari va artilleriyasi boshligʻi oʻrin-bosari (1961—64), Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbo-sari (1964-73), 197482-yillarda Oʻzbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyati respublika boshkarmasi Prezidiumi raisining 1-oʻrinbosari. Urush faxriylari qoʻmitasi Toshkent shoʻʼbasi raisi (1982-yildan). N. "50 yil jangovar safda" asari (1982) muallifi. Toshkent koʻchalaridan biri N. nomi bilan atalgan[1][2].

Fayzulla Norxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-noyabr 1911-yil
Namangan, SSRI
Vafoti 25-may 1983-yil(1983-05-25)
(71 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari
Unvoni general-leytenant

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rahmat A., Oʻzbek generallari. T., 1965.