USB Flash Drive („fleshka“) — kompyuter uchun tashqi axborot va ma’lumotlarni tashuvchi qurilma turi. Fleshka turli koʻrinishda boʻlib, asosiy farqi dizayni, sigʻimi, interfeys turi va qoʻshimcha imkoniyatlarida koʻrinadi. Sigʻim jihatdan — fleshkalar xilma-xil. Hozirgi kunda 1 Gbdan, 32 Gb va undan katta sigʻimli fleshkalar mavjud.

Tarixi tahrir

Flesh-xotirani (ing. Flash-Memory) „Toshiba“ kompaniyasi mutaxassisi Fudzi Masuoka[1]. 1984-yilda yaratgan. Uning nomini hamkasbi Syodzi Ariizumi oʻylab topgan — u fleshkadagi axborotni oʻchirish jarayoni unga fotoapparat chaqnagichini eslatgani uchun „chaqmoq“ — „flesh“ nomini taklif etgan. Hozirda „A-DATA“, „Kingston“, „Transcend“ fleshkalari mashhur boʻlsa, oʻz vaqtida „Intel“, „Samsung“ va „Toshiba“ bu qurilmaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari boʻlgan.

Xususiyati tahrir

Asosan fleshka sigʻimining kattaligi, ixchamligi, elektr energiyasi talab qilmasligi, yuqori tezlikda axborot uzatishi, mexanik va elektromagnit taʼsirlardan himoyalanganligi va universalligi, har qanday kompyuterga, televizor, audio-videopleyerga tushaveradi bilan tavsiflanadi.

Ishlash muddati tahrir

Bu qurilma maʼlumotlarni avtonom ravishda 5-yilga qadar saqlaydi. Eng yaxshi namunalari uzogʻi bilan 10-yil ishlashi mumkin.

USB-interfeys standarti tahrir

USB-interfeysning uchta standarti mavjud:

  • USB 1.0,
  • USB 1.1
  • USB 2.0.

Asosiy farqi — maʼlumotlarni uzatish tezligida. USB 1.1 da oʻqish tezligi 600-800 Kb/s, yozish tezligi esa, 500-700 Kb/s ni tashkil qiladi. Yaʼni, bunday fleshkaga 32 Mb li axborotni yozishga taxminan 45-55 sekund, 512 Mbli multfilmni yozish uchun esa, 19-20 daqiqa vaqt ketadi. Hozirda kompyuterlarda asosan USB 2.0 interfeysi mavjud, ularda maʼlumotuzatish tezligi ancha yuqori.

USB Flash — tarkibi tahrir

Fleshkalar — aslida sodda tuzilishga ega qurilma. Ular quyidagi qismlardan iborat boʻladi: - PCB platasi; - USB-raz’yom; - kontroller va flesh ozuqasi stabilizatori; - kontroller mikrosxemasi; - energiya talab qilmaydigan NAND-xotira mikrosxemasi; - kvarsli rezonator.

PCB tahrir

Bu — koʻp qatlamli bosma plata, fleshkaning barcha elementlari unga oʻrnatiladi (kompyuterning ona platasiga oʻxshaydi). Fleshkani shikastlanishini qanday bilish mumkin? Fleshka bir ishlab, bir ishlamay qoladi.

USB-raz’yom tahrir

Bu — fleshkaning „tilcha“si. Unda sifatsiz kavsharlanish natijasida, shuningdek, qoʻpollik bilan ishlatish tufayli uzilishlar boʻlishi mumkin. Buning oqibatida kompyuter fleshkani tez-tez „koʻrmay“ qoladi.

Stabilizator tahrir

U — kompyuterdan kelayotgan kuchlanishni kontrollerva flesh-xotira uchun yetarli boʻlgan kuchlanishga aylantirib, bir maromda ushlab turadi. Baʼzi fleshkalarda boʻlmaydi yoki kontrollerning ichiga oʻrnatilgan boʻladi. Stabilizator ishdan chiqsa, fleshka yo umuman aniqlanmaydi, yoki „nomaʼlum qurilma“ sifatida koʻrinadi. USB-raz’yomning qutblari almashib qolganda ishdan chiqadi.

NAND mikrosxema tahrir

Energiya talab qilmaydigan xotira. Eskirganligi yoki boshqa sabablarga koʻra uning baʼzi bloklari shikastlanadi. Natijada yozish va oʻqish imkonsiz boʻlib qoladi. Qayta formatlash orqali tuzatsa boʻladi, lekin fleshkaning umumiy sigʻimi kamayadi.

Kontroller tahrir

NAND-xotira va maʼlumotlar uzatishni boshqarish mikrosxemasi. Unda NAND-xotira, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlar va fleshka ishlashi uchun zarur boshqa axborotlar saqlanadi. Fleshka kompyuterdan notoʻgʻri chiqarib olinsa ishdan chiqadi. Kontroller buzilganligini fleshka nomaʼlum qurilma sifatida koʻrinishidan, uning xotirasi juda kam yoki umuman nol boʻlib koʻrinayotgandan bilsa boʻladi.

Kvarsli rezonator tahrir

Kontroller va flesh-xotira faoliyati uchun asos boʻluvchi chastotani shakllantiradi. Uning ishdan chiqishi juda kam uchraydi, lekin shunday boʻlsa, fleshkani kompyuter umuman „koʻrmaydi“ yoki „nomaʼlum qurilma“ sifatida qabul qiladi.

Manbalar tahrir