Foydalanuvchi:Abdulla/Botsiz turkiy Vikipediyalar

Ushbu sahifada turkiy tillardagi yirik Vikipediyalardagi botlar tomonidan yoki bot mavqeʼisiz avtomatik yaratilgan maqolalar soni va ularning umumiy maqolalar soniga nisbati keltirilgan.

Diqqat: bogʻlangan turkumlardagi maqolalarning barchasini ham botlar yaratmagan, sonlar taxminan keltirilmoqda. Wikimedia Statistics saytidan olingan axborotga toʻliq tayanib boʻlmaydi, chunki a) u faqat bot mavqeʼini olganlarni hisoblaydi; b) botlar yaratgan maqolalarning ayrimlari keyinchalik oʻchirilgan boʻlishi mumkin.

Jadval tahrir

2024-yil 6-martga binoan.

Til boʻlimlari Viki Maqolalar soni Botlar yaratgan maqolalar soni (taxm.) Noavtomatik yaratilgan maqolalar soni (taxm.) Botlar yaratgan maqolalar nisbati (%) Faol foydalanuvchilar
Turkcha tr 608 134 92 000 516134 15.1 3 140
Tatarcha tt 501 383 441 000[1] 60383 88 71
Oʻzbekcha uz 260 646 117 000[2] 143646 44.9 742
Janubiy ozarbayjoncha azb 243 520 189 000[3] 54520 77.6 84
Qozoqcha kk 236 635 121 000[4] 115635 51.1 440
Ozarbayjoncha az 200 104 36 000[5] 164104 18 593
Qirgʻizcha ky 79 146 44 000[6] 35146 55.6 82
Boshqirdcha ba 63 599 28 000[7] 35599 44 59

Izohlar tahrir