Erkin Vohidov memorial muzeyi tahrir

Erkin Vohidov memorial muzeyi — Oʻzbekistonning Margʻilon shahrida joylashgan, shoir, davlat arbobi, Oʻzbekiston qahramoni Erkin Vohidov xotirasiga bagʻishlab ochilgan muzey[1]. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali hisoblanadi[2]. 2019-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda[3]. Shahar markazidagi „Ijodkorlar bogʻi“ hududida joylashgan.


Tarixi tahrir

2017-yil Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Margʻilon shahrida Ijodkorlar bogʻini ochish toʻgʻrisida taklif bildirgan edi. Bogʻ tematikasi markazida Erkin Vohidov turadi. Ijodkorlar bogʻida shoirning haykali, Erkin Vohidov memorial muzeyi joylashgan[4].

2018-yil iyulda Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan prezident muzey eksponatlari bilan tanishdi[4].

Margʻilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori 2019-yil 26-iyulda qabul qilingan[2].

Eksponatlar roʻyxati tahrir

Muzeyda Erkin Vohidovning bolalik, oʻsmirlik, talabalik yillarini aks ettiruvchi rasmlar, shoirning ijod namunalari, davlat va jamiyat hayotidagi amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuq va mukofotlari namoyish etiladi[3].

Muzey devorida shoirning ijod namunalari yillar kesimida aks ettirilgan. Alohida stendda „Inson“ qasidasi va unga bagʻishlangan fotosuratlar namoyishga qoʻyilgan. Shuningdek, shoir ijodxonasi, kiyimlar, musiqa asboblari ham ekspozitsiyadan oʻrin olgan. Muzeyda shaxmat burchagi tashkil qilingan[3].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Hukumat qarori: Erkin Vohidov memorial muzeyi tashkil etiladi“. Kun.uz. Web Expert (2019-yil 29-iyul). Qaraldi: 8-may 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2019-yil 26-iyul). Qaraldi: 8-may 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Erkin Vohidov memorial muzeyi“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 8-may 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 „Marg‘ilonda yangi ma’naviyat o‘chog‘i barpo etildi“. President.uz. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 8-may 2024-yil.

[[Turkum:Oʻzbekistondagi muzeylar


Qarshi – Kerki yoʻnalishidagi Talimarjon sardobasi haqida baʼzi mulohazalar

Yuzyilliklar osha insoniyat oʻzi uchun suv inshootlarni qurib kelganligi tarixdan bizga malum. Bunga asosiy sabab ular doimo suvga boʻlgan ehtiyojdir. Jamiyki axeologik, arxetektura va boshqa madaniy meros obyektlarining suv yaqinlarida joylashganligi ham buni tasdiqlaydi. Bulardan tashqari shunday obyektlar borki, ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish uchun maxsus yaratilgan. Bu obidalarga sardobalar kiradi. Ular keng sahrolardan oʻtgan yoʻl yoqalarida va uzoq masofalar oraligʻida bunyod etilgan.

Sardoba soʻzi tarixiy hujjatlar va adabiyotlarda „yer osti salqinlik qozoni“ maʼnosida keltirilgan boʻlib, koʻpincha „grotto“, „muz uyi“, „yertoʻla“, „quduqxona“ maʼnosini ham anglatadi1. Boshqa bir manbada sardoba soʻzi „suv ustidagi tom“ tushunchasini beradi2. Odatda sardobalar karvonsaroylar va rabotlarga olib boradigan yoʻl boʻylarida qurilgan. Bir-biridan bir kunlik masofada (25 – 30 km) joylashgan bu sardobalar 20-yuzyillikning 30-yillarida M. Y. Masson, tomonidan tadqiq etilgan. Karvon savdosi rivojlanishi natijasida yarim yerosti suv havzalari-sardobalarga ehtiyoj ortib borgan3.

Talimarjon etimologiyasi Talimarjon Qarshi vohasining Amudaryodan Kerki kechuvida, Turkmaniston bilan chegara hududida joylashgan. Geografik jihatdan Talimarjon pasttekisligi – Sandiqli qum tepaliklari deganda, Nishon yoʻl patrul xizmati postidan boshlanib, qoʻshni Turkmanistonning Tallimarjon xoʻjaligigacha boʻlgan hududlarni qamrab olgan bepoyon (katta) sahro tushunilgan.

Shu oʻrinda Talimarjon etimologiyasiga ham toʻxtalsak. Talimarjon – tal (arabcha) – tepalik, doʻnglik, pastlik togʻ, tuproq va qum uyumi kabi maʼnolarni anglatadi. Turonda, shu jumladan, tall atamasi bilan tol daraxti nomi chalkashib ketgan4. Talimarjon soʻzining oʻzagidagi tal – tepalik, marjon – munchoqlar shodasi. Bunday kelib chiqib, Talimarjon „marjon tepalik“, „tepaliklar shodasi“ degan xulosaga kelish mumkin. Shu bilan birga Talimarjon soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha rivoyatlar ham mavjud. Bir rivoyatga koʻra, „Talimarjon“ soʻzi, „toli marjon“, yaʼni majnuntollar shodasi deyiladi. Tarixda bu yerlarda suv boʻlmagan. Bir paytlar Buxorodan Eron, Turkiyaga boradigan karvon yoʻli shu yerdan oʻtgan. Talimarjon yerdan Qarshigacha shu sahro ichida ot, tuya bilan 2 kunlik yoʻl, Amudaryogacha ham shuncha masofa. Shuning uchun Talimarjon quyiroqda, yaʼni Amudaryo tomonda qor-yomgʻir, doʻl-jala suvlarini bir joyga toʻplab sardoba qurganlar. Sardoba atrofiga kimdir qator qilib majnuntol qalamchalarini ekkan boʻlib, u uzoqdan yam-yashil marjon shodasiga oʻxshab koʻringan. Shuning uchun karvon qatnashchilari orasida bu yer: -"majnuntollar shodasi" yoki „tolli marjon“- deb atalib ketgan deyishadi5.

Qadimiy sardobalarni qurilish tarixi 9 – 10-yuzyilliklarga borib taqaladi. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Movarounnahrda 44 ta sardoba mavjud boʻlib, ulardan 29 ta Qarshi choʻlida, 3 ta Mirzachoʻlda, 1 ta Karmana yaqinidagi Choʻli Malikda tashkil qilingan. M. Y. Masson ham 7 ta sardoba haqida muhim maʼlumotlarni keltirib oʻtgan6. Samarqanddan boshlanib to Amudaryo kechuvlariga qarab boruvchi yoʻllar tizimida Janubiy Sugʻd, (Qashqadaryo viloyati) hududi orqali oʻtgan. Janubiy Sugʻd asosiy suv manbai Qashqadaryo havzasidagi Kesh, Nakshipa (Yerqoʻrgʻon), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutgan7. Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning oʻrta oqimidagi kechuvlarga olib chiquvchi yoʻllar Sugʻdning mintaqaviy ahamiyatga ega karvon yoʻllaridan biri boʻlgan8.

Soʻngi oʻrta yuzyilliklarda Qarshidan Amudaryo kechuvlari – Kerki va Kelifga ketuvchi yoʻllardan samarali foydalanilganligi bois, bu yoʻllarning iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatini yaxshi anglagan Abdullaxon II (1583 – 1598) Qarshi va Amudaryo oraligʻidagi choʻlda koʻplab sardobalar qurdirgan. Ular Qarshi – Kerki va Qarshi – Kelif savdo yoʻlining yoʻnalishini aniqlashtirishda katta oʻrin tutgan.

Qarshi sardobasi Qarshi-Kerki yoʻnalishidagi dastlabki sardoba Qarshi shahrining Registon maydonida joylashgan. Sardoba gumbazining tashqi diametri 14 m, balandligi esa 7 m.ni tashkil etadi3. Qarshi sardobasi shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan yil boʻyi taʼminlagan. Bu sardobaning yana bir xususiyati shundaki, u yomgʻir va qor suvlaridan emas, Fayzaobod arigʻining suvidan toʻldirilgan6.

Eski Nishon Qarshi – Kerki yoʻnalishdagi yirik bekat Eski Nishon hududidagi rabot va sardobadan iborat boʻlgan. Eski Nishonda Abdullaxon II tomonidan sardoba va rabot qurilgan boʻlib, vengeriyalik sayyoh A. Vamberi 19-yuzyillikning 60-yillarida bu yerdan oʻtganda, tunning yarimini sardoba xarobalarida orasida oʻtkazganini va ular Abdullaxon davridan bera mavjudligini taʼkidlab oʻtgan9. Professor Oʻ. Mavlonovning maʼlumotlariga koʻra, 20–yuzyillikning 60-yillarida sardoba butunlay buzib tashlangan, uning xarobalari Eski Nishon qishlogʻidan 3-4 km janubi-sharqda joylashgan8.

Sangir Suvloq Bu yoʻnalishdagi keyingi manzil, Talimarjon sardobasidir. Biz bu haqda keyinroq toʻxtalib oʻtamiz. Qarshi – Kerki yoʻnalishidagi eng yirik inshoot boʻlgan Sangir Suvloq sardobasi boʻlib, Turkmanistoning Lebap viloyati Tallimarjon xoʻjaligida10, Talimarjon sardobasidan taxminan 25-26 km janubi-gʻarbda, joylashgan. Bu sardobani oʻz koʻzi bilan koʻrgan A.Vamberi quyidagilarni aytib oʻtadi: „Tushdan ancha oldin Sangir Suvloq sardobasiga yetib keldik“. Shuningdek, suvni topishga shubha qilgani va keyin suvni topib, eshaklarga zaxira suv yuklaganlarini aytib oʻtadi. "Sardobaning gumbazi baland, yoshi ikki yuz yildan ortiq boʻlishiga qaramay mutlaqo buzilmagan holda saqlanib qolgan sardoba bahor oyida tepasiga qadar toʻldiriladi. Hozirda uning chuqurligi bor-yoʻgʻi 3 futni tashkil qiladi. Uning atrofida oʻzbeklarning qoʻngʻirot va nayman urugʻlariga tegishli 200 ga yaqin oʻtovlari joy olgan. Sardobaning eni 12 m, chuqurligi esa 5,5 m tashkil qilgan. Sangir Suvloq sardobasida Qarshidan keluvchi yoʻl ikkiga ajraladi va biri Kerkiga, ikkinchisi Kelif kechuviga olib borgan3.

Talimarjon sardobasi Talimarjon suv omborining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Talimarjon sardobasi, suv omborning suv sathi pasayganda kuzatish mumkin. Boshqa paytlarda esa suv ostiga koʻmilib qoladi. Sardoba ayrim sabablarga koʻra haligachacha toʻliq oʻrganilmagan. Ammo arxeolog M. Y. Masson Talimarjon sardobasiga oid maʼlumotlar adabiyotlarda uchramasligi shuningdek, sardoba suvi tez-tez qurib qolishi haqida qisqacha toʻxtalib oʻtgan3. Hozirgi Talimarjon shaharchasidan taxminan 10-12 km shimoli-sharqda, Talimarjon suv omborning havzasida oʻrta yuzyilliklar davri sardobasining gumbazi vayron qilingan, poydevori saqlangan yodgorlik mavjud ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu sardoba yarim vayrona holda atrofida oʻrta yuzyilliklarga doir pishiq gʻisht boʻlaklari, aniq yer yuzasida koʻrinib turibdi. Bu esa aniqlangan sardoba atrofida oʻziga xos relef koʻrinishiga ega boʻlgan. Har bir sochilib yotgan gʻishtlar alohida kichik doʻngliklarni hosil qilgan. Bularning hammasi yarim xaroba holatida saqlanib qolgan. Sardoba esa bu qoldiqlardan nisbatan pastlikda, chuqur nuqtada joylashgan. Sardoba va uning atrofida saqlangan arxeologik qoldiqlar (gʻishtlar) orasida oʻrta yuzyilliklarga oid sopollar ham uchraydi.

Tarhi Sardoba gumbazining hovuzga tutashgan qismi bir tekisda boʻlib, Sardobaning hovuz qismi yaxshi saqlangan, ichida loyqa suv hosil qilgan qurigan loyqa saqlangan. Hovuzning ichki diametri 12 m, tashqi diametri 15 m, devorning qalinligi diametr boʻylab 1,1 m dan 1,4 metrgacha tashkil etadi. Hovuzning saqlangan chuqurligi 2,35-2,55 metrni tashkil etadi. Sardoba 24x24x5-6 sm, 25x25x5-6 sm oʻlchamdagi pishiq gʻishtdan qurilgan.

Sardoba atrofida saqlangan boshqa arxeologik qoldiqlar ham koʻzga tashlanadi. Bular yuqorida taʼkidlaganimizdek bir-biriga yaqin oʻrta yuzyilliklar davri pishiq gʻishtlarining sochilib yotgan kichik doʻngliklaridan iborat qoldiqlar. Bu kichik doʻngliklar sardoba atrofida joylashgan. Topilmalar asosiy qismini suv idishlarining tutqichlari, tag va boʻgʻiz qismlari yoki uning qorin qismi boʻlaklari, bundan tashqari sirlangan, sirlanmagan sopol boʻlaklari va gulxanda kuygan sopol buyumlarning siniqlari ham uchraydi. Kuygan sopollarni qozon parchalari deb taxmin qilish mumkin. Shuningdek, oʻrta yuzyilliklarga oid shisha idishlarining boʻlaklari ham topildi. Suv idishlarining tutqichlari turli xil oʻlchamda, loyi pishirilgan qizgʻish pishiq loydan tayyorlangan. Koʻrinishidan xumdonda pishirilgan. Suv idishlarining qorin qismi boʻlaklari ham turli xil qalinliklardan iborat. Keyingi topilmalar sirasiga xoʻjalik va oshxona buyumlari kiradi. Bular turli xil oshxona idishlarining qoldiqlari boʻlib, ularning sirtiga taroqsimon naqshlar bilan birga bosma uslub bilan oʻsimliksimon naqsh tushirilgan. Ularning sirtiga och sariq angob berilgan. Ularning ichida koʻproq bosma uslubda naqsh berilgan nozik sopol boʻlaklari koʻp uchraydi. Bir holatda kichkina idishning lab qismiga toʻlqinsimon shaklda naqsh berilgan. Shuningdek topilmalar ichida sirlangan sopollar boʻlaklari ham oʻrganildi. Bular asosan sopol idishlarining devor boʻlaklari boʻlib, dagʻal sirlangan boʻlib, toʻq yashil, toʻq koʻk va koʻk ranglardan tashkil topgan. Bir holatda sopol boʻlagining ikki tomoni ham yorqin oq sir berilgan sopol boʻlagini ham uchratdik. Yana bir sopol boʻlagining tashqi tomoni yashil rangda sirlangan, ichkari qismida esa toʻq sariq rang berilgan. Qoramtir rangli toshdan yasalgan idishning lab qismi ham uchraydi. Uning lab va qorin qismi tutashgan qismida maxsus qilingan tishik chiqarilgan. Boshqa topilmalar ichida chaqmoqtoshning boʻlagi ham uchraydi. Chaqmoqtosh ikki tomoni maxsus ishlov berilgan. Topilmalarning tasnifi 12 va 14 – 15-yuzyilliklarga oid. Topilmalar sardoba joylashgan hudud atrofidan koʻtarma material sifatida olindi. Bosma naqshlar tushirilgan sopollar XII yuzyillikga oid, bu esa Talimarjon sardobasining shu davrga oidligini dalili sifatida keltirishimiz mumkin. „Google map“ dan olingan kosmik suratlar tahlil qilinganda qadimda sardobani suv bilan taminlab turgan kanal yoki ariqning uzanini ham koʻrish mumkin. Talimarjon sardobasining qurilish tarhiga toʻxtalsak, sardobaga kirish qismi Raboti Malik sardobasiga oʻxshash. Sardobaning atrofida uchraydigan alohida turgan kichkina doʻngliklar, ustida turgan sochilib yotgan gʻisht boʻlaklari karvonsaroy va boshqa xizmat koʻrsatuvchi inshootlarning qoldiqlari deb taxmin qilish mumkin. Karvonsaroy 36x17x6-7 sm oʻlchamdagi pishiq gʻishtlardan qurilgan. Odatda sardobalar qurilgan joylarda karvonsaroylar ham qurilgan. Oʻzbekiston hududining tarixiy shaharlari va xususan bu oʻlka orqali oʻtgan Buyuk ipak yoʻlini karvonsaroylarsiz tasavvur qilish qiyin.

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki bizga maʼlum boʻlgan Talimarjon suv ombori havzasidagi arxeologik qoldiqlar muqaddam tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilmagan. Bu yodgorlik oʻzining tadqiqotchisini kutib turibdi albatta. Sardoba Qarshi-Kerki savdo yoʻlidagi muhim ahamiyatga ega yodgorliklari sirasiga kiradi.

Adabiyotlar 1. Uralov A. S. K voprosu o tipologii sardobi // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. № 11-12. 1996. S. 82 110 s.

2. Duxovniy V. A., Yup L. G. de Shutter. Voda v Tsentralnoy Azii. Proshloe, nastoyaщee i buduщee. Almati. Qazaq universitetі, 2018. 468 s.

3. M.Ye. Masson Problema izucheniya sistern-sardoba Tashkent. 1935. S 31-34.

4. Qorayev S. Toponimika Toshkent. 2006. 218 b.

5. Fayzullayev M., Primov U. Talimarjon afsonasi. Qarshi. 2019. 180 b.

6. Ravshanov P. Qarshi tarixi-T., 2006. 508 b.

7. Suleymanov R. X. Drevniy Naxshab Problemq sivilizatsii uzbekistana VII v. Do n.e. – VII v. n. e. Samarkand – Tashkent 2000. S 74-75.

8. Mavlonov Oʻ.M. Markaziy Osiyoning kadimgi yoʻllari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Monografiya. -T.: Akademiya, 2008. 193-bet.

9. Vamberi A. Puteshestvie po Sredney Azii. – SPb., 1865. s. 107.

10. Türkmenistanyň Medeniýet ministrligi https://medeniyet.gov.tm/tk/sigle-news/931

Imom ota tahrir

Imom ota — Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatiga qarashli qishloq. Xoʻjaobod tumani tarkibiga kiradi[1].

Qishloq Xoʻjaoboddan 18,3 km[1], Andijon shahridan 56,4 km[2] masofada joylashgan.

 
Imom ota togʻlari.

Qishloq Qirtoshtogʻning togʻlari va tepaliklari bilan oʻralgan. Qishloq boʻylab manbalari Chilustun tizmasi etaklaridan boshlanuvchi kichik daryo oqadi. Qishloqdagi havo shaffof, uning inson organizmiga terapevtik taʼsiri isbotlangan, bronxlar va oʻpkalarni tozalovchi xususiyatga ega[3].

Imom otaga Andijonning qolgan hududi bilan bogʻlaydigan tor yoʻlak orqali kelinadi. Dara markazida „Orzu gʻoriga“ eltuvchi zinapoyalar bor. Qishloqda kemping uchun bir nechta bekatlar va 5 ta togʻ yoʻnalishi — „Savlati-Viqor“, „Atrofi olam“, „Ilon yoʻli“, „Xon yoʻli“, „Egar togʻi“ mavjud. Shuningdek, qishloqda Imom ota ziyoratgohi, Jome masjidi meʼmoriy yodgorligi, Shahrixonsoy eski choyxonasi Manak ota ziyoratgohi bor[3].

Imom ota ziyoratgohi tahrir

Imom ota ziyoratgohi 18-asrda qurilgan va 19-asr oxirida qayta tiklangan. 1982-yilda qadimiy meʼmorlik yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan. Ziyoratgohda Imom Muhammad Hanafiy maqbarasi joylashgan[3].

Boshqa maʼlumotlar tahrir

Qishloq hududida Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon garnizonining „Imom ota“ dala-oʻquv maydoni joylashgan[4] dagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida „Imom ota“ dala-oʻquv

Madaniy hayot tahrir

2021-yil yanvar oyi holatiga koʻra, Imom otada 12 kishi ishlaydigan qishloq vrachlik punkti bor[5].

Xoʻjaobod tumanidagi 12-maktab Imom otada joylashgan. Maktabda 542 nafar oʻquvchi taʼlum oladi[6].

Hi-Tech bank tahrir

Hi-Tech bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Shiori Biz trendlarni yaratamiz
Litsenziyasi №80 2015-yil 18-aprel
Faoliyati chakana bank, korporativ bank
Asos solingan 2010-yil 9-yanvar
Yopilgan yil 2022-yil 7-oktyabr

"Hi-Tech bank" XATB – xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri[7]. 2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan[7].

Tarixi tahrir

Hi-Tech bank 2010-yil 9-yanvarda xususiy yopiq aksiyadorlik banki sifatida tashkil etilgan. 2015-yil mart oyida bank XATBga oʻzgartirildi va 18-aprelda bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini yangiladi[8].

2019-yil bank yuridik manzili Toshkent shahar Shahrisabz koʻchasi 15a-uyga koʻchirildi.

2020-yil iyunda Hi-Tech bank rebrendingni amalga oshirdi[9].

2022-yil aprel oyida Hi-Tech bankning 97,21 mlrd soʻm qarzdorligi mavjud ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu mablagʻlarning 26,12 mlrd soʻmi Ipoteka bank, 24,51 mlrd soʻmi Xalq banki, 24,6 mlrd soʻmi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, 13,5 mlrd soʻmi Coca-Cola ichimligi Oʻzbekiston kompaniyasi, 8,10 mlrd soʻmi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bankka qoʻyilgan depozit mablagʻlari hisoblanadi[10].

2022-yil iyun oyida bankning Mirobod tumanidagi bosh ofisi binosi 11,57 milliard soʻm boshlangʻich narx bilan E-auksion platformasida sotuvga qoʻyildi[11]. Bank tugatilganidan keyin, 2023-yil noyabr oyida ushbu bino 25,3 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga qoʻyildi va auksionda 27,9 mlrd soʻm narx taklifi bilan WBM Hazorasp kompaniyasi yutib oldi. Bankning 60 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarilgan yana bir binosini esa 69 mlrd soʻm taklif qilgan Oʻzbekinvest sugʻurta kompaniyasi sotib oldi[12].

2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/2-sonli qaroriga asosan, „Hi-Tech bank“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan[13].

2022-yil 27-oktyabr kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida fuqarolarning Hi-Tech bankda taxminan 5 mlrd soʻm mablagʻlari borligini, ushbu mablagʻlar agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarilishini maʼlum qildi[14].

2022-yil dekabr oyida Hi-Tech bank Markaziy bankni litsenziyani chaqirib olgani uchun sudga berdi, biroq sud bankning daʼvosini rad etgan[15].

2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi.

Bank infratuzilmalari geografiyasi tahrir

Bank bosh ofisi va Markaziy amaliyot boshqarmasi orqali mijozlarga xizmat koʻrsatgan[16].

Korporativ boshqaruvi tahrir

Bank tugatilayotgan paytda quyidagilar bank Kuzatuv kengashi aʼzolari edi[17]:

  • Azamatjon Toxtasinov – „WBM Romitex“ MChJ;
  • Marat Kadirov – „Asia Pipeplast“ MChJ;
  • Jamshit Baxritdinov – „Mega Oil Biznes“ MChJ;
  • Nuriddin Ishanxodjayev – „Xabib Xamid“ XK;
  • Aslidin Uzoqov – Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi.

Moliyaviy koʻrsatkichlari tahrir

Hi-Tech bank 2022-yil yarim yillikni 7,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.

Bankning tugatilishigacha boʻlgan 5 yildagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan:

Moliyaviy koʻrsatkichlari (mlrd soʻmda)
Yillar 2018-yil 1-yanvar[18] 2019-yil 1-yanvar[19] 2020-yil 1-yanvar[20] 2021-yil 1-yanvar[21] 2022-yil 1-yanvar[22] 2022-yil 1-iyul[23]
Aktiv 188 162 354 382 315 258
Kredit 73 130 247 243 160 120
Kapital 47 82 120 139 105 93
Depozit 55 74 161 144 131 102
Sof foyda - 3,5 - 2,0 (30-oʻrin)[24] −35,5 (30-oʻrin)[25] −7,9 (29-oʻrin)[26]

Manbalar tahrir

  1. „Imom ota ziyoratgohi“. google.com/maps. Google Xaritalar. Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  2. „Imom ota ziyoratgohi Andijon shahridan masofa“. google.com/maps. Google Xaritalar. Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Bosh sahifa / Diqqatga sazovor joylar / Turistik qishloqlar / So‘lim Imom ota qishlog‘i va uning ziyoratgohlari 348 So‘lim Imom ota qishlog‘i va uning ziyoratgohlari“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  4. „“Imom ota” poligonida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi“. mudofaa.uz. Mudofaa vazirligi (2022-yil 28-yanvar). Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  5. „IMOM OTA QISHLOQ VRACHLIK PUNKITI“. statsnet.co. Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  6. „Xo'jaobod tuman 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi“. emaktab.uz. Qaraldi: 24-aprel 2024-yil.
  7. 7,0 7,1 „Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  8. „XATB "Hi-Tech Bank"“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  9. „"Hi Tech bank" ребрендинг қилибди.“ (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  10. „2022 йил 11 апрель ҳолатига кўра, "Hi-Tech Bank" ХАТБнинг ўз вақтида тўланмаган қарздорлиги 97,21 млрд. сўмга етди“. Bankers.uz (2022-yil 4-aprel). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  11. „Hi-Tech Bank бош офиси биноси банкнинг қарзлари сабабли қайта аукционга қўйилди“. Bankers.uz (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  12. „Проданы два здания, принадлежавшие HI-Tech Bank“ (ru). Kapital.uz (2023-yil 7-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  13. „«Туркистон» ва Hi-tech bank`нинг лицензияси бекор қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  14. „Turkiston Bankda aholining taxminan 368 mlrd, Hi-Tech Bankda esa 5 mlrd so‘m mablag‘lari bor — Mamarizo Nurmuratov“. Spot.uz. Afisha Media (2022-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  15. „Hi-Tech Bank подал в суд на решение Центробанка об отзыве лицензии“ (ru). Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  16. „Hi-Tech Bank filiallari“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  17. „Hi-Tech Bank Кузатув кенгаши янги таркибда сайланди“. Bankers.uz (2022-yil 31-avgust). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  18. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2018 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  19. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2019 йил 1 январь ҳолатига (банклар кесимида) МАЪЛУМОТ“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  20. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2020 йил 1 январь ҳолатига (банклар кесимида) МАЪЛУМОТ“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  21. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  22. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  23. „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  24. „2020 йил якунлари бўйича Ўзбекистон банкларининг баланс соф фойдаси.“. Bankers.uz (2021-yil 16-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  25. „Тўртта банк 2021 йилни молиявий зарар билан якунлади“. Bankers.uz (2022-yil 17-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  26. „Тижорат банкларининг жами соф фойдаси 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари бўйича 4 трлн. 755 млрд. сўмни ташкил қилган“. Bankers.uz (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.

______________________________________________________________________

Turkistonbank tahrir

Turkistonbank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Shiori Birgalikda yangi marralar sari
Litsenziyasi №57 1998-yil 16-mart
Faoliyati chakana bank, korporativ bank
Asos solingan 1998-yil
Yopilgan yil 2022-yil 7-oktyabr
Egalari

"Turkiston" XATB – xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri[1]. 2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan[1].

Tarixi tahrir

Turkistonbank 1998-yilda transport sohasi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoq banki sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik universal bank sifatida faoliyatini kengaytirgan[1].

2019-yil may oyida bank rebrendingni amalga oshirdi[2].

2021-yil 2-noyabr – bankning Chorsu bank xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi. BXM manzili: Toshkent shahri, Shahxontohur tumani, Chorsu bozori.

2021-yil 17-dekabr – Toshkent RFB bank kapitalizatsiyasini 117,49 mlrd soʻmga baholab, Oʻzbekistonning 17 ta bankidan 16-oʻrinda ekanligini qayd etdi[3].

2022-yil 1-fevral kuni eʼlon qilingan S&P Global Ratings hisobotida bank kredit portfelining qariyb 70 foizini muammoli kreditlar tashkil etishini bildirib, kelgusi 12-18 oyda bank likvidligi yanada taqchillashsa, bankning defolt boʻlish xavfi aniq boʻlishi keltirilgan[4].

2022-yil fevral oyi oxirida bank milliy va xorijiy valyutada noodatiy jozibador takliflari bilan chiqqan. Bu taklif mutaxassislar tomonidan bank likvidligi taqchilligini oldini olish choralaridan biri sifatida koʻrilgan. Biroq bank tomonidan bu iddaolar rad etilgan[5].

2022-yil 1-aprelda bank Boshqaruv raisi Avaz Muhitdinov lavozimidan ozod qilindi[6].

2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/1-sonli qaroriga asosan, „Turkiston“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan[7].

2022-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Oʻzbekiston bank tizimida aktivlari boʻyicha 26-oʻrinni egallagan[1].

2022-yil noyabr oyida bankning bir guruh omonatchilaridan pul mablagʻlari subordinar qarz sifatida jalb qilingani, natijada 59 nafar bank mijozining 57 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻi qoplab berilmasligi maʼlum boʻldi[8]. 2023-yil 17-aprelda chiqqan sud qarori bilan 18 nafar fuqaroning 29 milliard soʻmlik mablagʻi omonat deb tan olingan[9].

2022-yil 21-noyabrdan boshlab Turkistonbankka omonat qoʻygan fuqarolarning pul mablagʻlari agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarila boshlandi[10].

2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi. Turkistonbankning 368 milliard soʻm atrofidagi aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan[11].

Bank infratuzilmalari geografiyasi tahrir

Bankning bosh ofisi, toʻlov markazi, Yunusobod filiali hamda Chorsu bank xizmatlari markazi faoliyat yuritgan[12].

Korporativ boshqaruvi tahrir

Bank tugatilayotgan paytda Muhiddin Jumagaldiyev bank Boshqaruvi raisi, Saʼdulla Tolipov hamda Shovkat Toshmuxamedov Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari sifatida faoliyat yuritgan[13].

Moliyaviy koʻrsatkichlari tahrir

Turkistonbank 2022-yil yarim yillikni 22,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.

Bankning tugatilishigacha boʻlgan 6 chorakdagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan:

Moliyaviy koʻrsatkichlari (mlrd soʻmda)
Yillar 2021-yil 1-chorak 2021-yil 1-yarim yillik 2021-yil 3-chorak 2021-yil 2022-yil 1-chorak 2022-yil 1-yarim yillik
Aktivlari 1 014[14] 1 135[15] 1 150[16] 1 164[17] 1 208[18] 1 190[19]
Majburiyatlari 703[14] 686[15] 697[16] 686[17] 696[18] 652[19]
Kapitali 111[14] 159[15] 160[16] 160[17] 140[18] 138[19]
Depozitlari 790[14] 884[15] 875[16] 886[17] 889[18] 933[19]
Sof foydasi −46,69 (30-oʻrin)[20] 1,1 (26-oʻrin)[21] 2,1 (26-oʻrin)[22] 2,4 (27-oʻrin)[23] −20,00 (31-oʻrin)[24] −22,9 (32-oʻrin)[25]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  2. „Туркистонбанк ребрендинг амалга оширипти.“ (2019-yil 22-may). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  3. „Ўзбекистонда капитализациясига кўра энг қиммат банклар маълум қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  4. „S&P Туркистонбанк кредит рейтинги истиқболини "Салбий"дан "Барқарор"га ўзгартирди“. Bankers.uz (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  5. „Туркистонбанк омонатларга юқори фоиз таклиф қила бошлади“. Bankers.uz (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  6. „Туркистонбанк Бошқарув раиси лавозимидан озод қилинди“. Bankers.uz (2022-yil 6-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  7. „«Туркистон» ва Hi-tech bank`нинг лицензияси бекор қилинди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  8. „Марказий банк «Туркистонбанк» омонатчиларининг мурожаатига муносабат билдирди“. Gazeta.uz. Afisha Media (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  9. „Markaziy bank bankrot bo‘lgan “Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari qaytarilishiga izoh berdi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2023-yil 4-may). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  10. „Туркистонбанк омонатчиларининг маблағлари муддатидан аввал қайтарилади“. Bankers.uz (2022-yil 21-noyabr). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  11. „“Turkistonbank” bankrot deb topildi“. Kun.uz. Kun.uz (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  12. „Turkiston Bank filiallari“. bank.uz. Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  13. „Туркистонбанкка бошқарув раиси ва унинг ўринбосарлари тайинланди“. Bankers.uz (2022-yil 11-avgust). Qaraldi: 1-aprel 2024-yil.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 апрель ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2021 йил 1 октябрь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 январь ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 апрель ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Тижорат банклари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари тўғрисида 2022 йил 1 июль ҳолатига маълумот“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  20. „Ўзбек банклари I чоракни қандай соф фойда билан якунладилар“. Bankers.uz (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  21. „Ўзбекистон банклари 1-ярим йилликни қандай молиявий натижа билан якунладилар?“. Bankers.uz (2021-yil 13-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  22. „Ўзбекистон банкларининг даромадлилик кўрсаткичлари: 9 ой якунлари қандай?“. Bankers.uz (2021-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  23. „Тўртта банк 2021 йилни молиявий зарар билан якунлади“. Bankers.uz (2022-yil 17-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  24. „Ўзбекистон банкларининг 2022 йил 1-чорак якунларига кўра баланс соф фойдаси (зарари) тўғрисида маълумот“. Bankers.uz (2022-yil 20-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  25. „Тижорат банкларининг жами соф фойдаси 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари бўйича 4 трлн. 755 млрд. сўмни ташкил қилган“. Bankers.uz (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.

Katta Langar Qurʼoni tahrir

Katta Langar Qur’oni
Mamlakat   Oʻzbekiston,   Rossiya ,   Fransiya,   AQSh,   Quvayt
Til arab tili
Sahifalar soni 190-200, shundan 98 varagʻi saqlanib qolgan

Katta Langar Qur’oni – VIII asrda buzoq terisiga koʻchirilgan Qur’onning qadimiy nusxalaridan biri[1]. Topilgan joyi Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlogʻi nomidan Katta Langar Qur’oni deb ataladi. Hozir Oʻzbekistonda 17 varagʻi bor[1].

Tarixi tahrir

 
Langarota ziyoratgohi. Musʼhaf asrlar davomida shu yerda saqlangan.

Rossiyaning Kunstkamera muzeyi direktori oʻrinbosari, islomshunos, Y.Rezvan hamda yevropalik manbashunoslarning fikriga koʻra, kitob Arabistondan IX asrda olib kelingan[2].

Asar asrlar davomida Ishqiya tariqati shayxlari tomonidan saqlab kelingan[3].

Kitob 1917-yillarda mahalliy Asrorxoʻja, 1930-yillarda uning oʻgʻli usta Abdullo, keyin Yoqub bobo tomonidan asrab kelibgan. Yoqubddan Qulfi momoga oʻtgan va momo uni 1957-yilgacha saqlagan. Undan keyin Toʻxta Rajabovga oʻtgan[3].

XX asrning 80-yillari boshida qoʻlyozmaning katta qismi yoʻq qilingan yoki yashirilgan. 1984-yilda davlat tashkiloti tomonidan 67 sahifasi olib qoʻyilgan. Biroq Toʻxta Rajabov asarning 12 varagʻini saqlab qolgan[3].

Akademik Krachkovskiyning „Arab qoʻlyozmalari ustida“ kitobida keltirilishicha, qoʻlyozmaning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxasini 1936-yilda Sharq qoʻlyozmalari instituti notanish keksa ayoldan sotib olgan[4].

1998-yilda rossiyalik islomshunos Y.Rezvan Sankt-Peterburgdagi sahifalar haqida „The Qur’an and its World“ maqolasini chop etadi. Ushbu maqola bilan tanishgan fransuz sharqshunosi Fransua Derosh Fransiyada saqlanayotgan Qur’on nusxasi Katta Langar Qur’oni ekanligidan xabar topadi. Keyinchalik ushbu kitobning Toshkent va Buxoroda saqlanayotgan sahifalari ham borligi maʼlum boʻladi[3].

2000-yilning may oyida qoʻlyozma namunalari Niderlandiyaning Izotop tadqiqotlar markazida radiokarbon analizdan oʻtkaziladi va nusxaning 775—995-yillarda koʻchirilgani haqida xulosa beriladi[3].

Xattot Habibulloh Solih 2004-yilda Qur’onning 12 sahifasini qayta koʻchirib yozgan va bu nusxa Oʻzbekiston Islom akademiyasida saqlab kelinadi[3].

Tavsifi tahrir

Qoʻlyozmaning asl varianti 190-200 varaq boʻlgan, shu vaqtgacha 98 sahifasi saqlanib qolgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 17 varagʻi saqlanadi. Mus’hafning charm muqovasi 14-asrda yaratilgan va XVII asr oʻrtalarida taʼmirlangan[3]. Charm muqovada muqavosozning ismi – Muhammad Nosir hamda 1255 (1839-1840) sanasi yozilgan[3].

Buzoq terisiga ishlangan sahifalarning oʻrtacha hajmi – 53x35 sm. Dastlab ushbu Qur’on kiyik terisiga yozilgan deb oʻylangan[1]. Qur’on arab tilida kufiy-hijoziy xatda bitilgan[3]. Dasxatiga qarab ikki xattot tomonidan koʻchirilgani taxmin qilinadi[5].

Asrlar mobaynida ayrim sahifalar zarar koʻrgan va yamoq solingan. Qadimda restavratsiya qilingan qismlar nasx xatida bitilgan[3].

Oʻziga xos xususiyatlari tahrir

Langar Mus’hafining bir betiga Madina Qur’onining bir yarim betidagi oyatlar yozilgan. Madina Mus’hafida Moida surasi 120 oyatdan iborat deyilsa, Langar Mus’hafida 122 oyat deb koʻrsatilgan. Anʼom surasi 165 oyat deyilgan boʻlsa, Langar Mus’hafida 167 oyat deyilgan[3].

Faksimilesi tahrir

2018-yilda Qur’onning toʻliq faksimilesi O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi tomonidan yaratilgan[2].

Restavratsiya qilinishi tahrir

Kitob Luvr muzeyining katta restavratorlari boshchiligida 1,5 yil davomida fransuz mutaxassislar bilan birgalikda restavratsiya qilingan. Asar taʼmirlanish jarayonida karbon analizdan oʻtkazilgan[1]. Restavratsiya 2019, 2020, 2021-yillarda uch bosqichda amalga oshirilgan[6].

Saqlanishi tahrir

Qur’onning 81 varagʻi Sankt-Peterburgdagi Kunstkamera muzeyida, 1 varagʻi Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida, 2 varagʻi Buxoro viloyatida, 13 varagʻi Oʻzbekiston musulmonlari idorasida saqlanadi[1]. Qisman AQSh, Fransiya, Quvayt muzeylarida ham turibdi[2].

Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxada 44 ta sura oyatlari, shundan 22 ta sura toʻliq holda koʻchirilgan[5].

OʻzFA Sharqshunoslik institutida 11604 raqami ostida saqlanayotgan sahifada Baqara surasining 26—61-oyatlari bitilgan[3]. Maskur sahifa Buxoroning soʻnggi qozikaloni Sadri Ziyo kutubxonasida saqlangan[5].

Buxoroda esa Ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi hamda Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi Ark qoʻlyozmalar muzeyida saqlanmoqda. Ark muzeyidagi varaqda Mujodala surasining 11-oyatidan Hashr surasining 3-oyatigacha boʻlgan qism bitilgan[3]. Buxoro viloyat kutubxonasidagi sahifada Qasos surasining 35—81-oyatlari yozilgan, u Muhammad Siddiq toʻra (1878-1902, Amir Muzaffarning oʻgʻli) kutubxonasida boʻlgan[5].

Musulmonlar idorasida saqlanayotgan 12 sahifa 2003-yil 11-dekabrda Qamashi tumanidagi Langarota masjididan olib kelingan, 1 sahifa esa avvalda idorada boʻlgan. Dastlabki bir sahifada Baqara surasining 126—150-oyatlari, keyin keltirilgan 12 sahifada Niso surasining 136-oyatining yarmidan boshlab, Moida surasi toʻliq va Anʼom surasining 82-oyatigacha boʻlgan qismi bitilgan[3].

Qoʻlyozmaning Toshkentdagi qismi xona harorati 18-20 C, namlik 50-55%, yorugʻlik 50 lyuks boʻlgan sharoitda saqlanadi[1].

Manbalar tahrir


Silk Avia

Silk Avia 2021-yil iyulida Toshkentda tashkil etilgan Oʻzbekistonning mintaqaviy aviakompaniyasidir.

Tarixi tahrir

Korporativ faoliyati tahrir

Mulkchilik shakli va tuzilishi tahrir

Bosh ofisi tahrir

Parvoz manzillari tahrir

Aviaparki tahrir

Aviaparkning rivojlanishi tahrir

__________________________________________________________________________________________

Maxsan ul-asror


Maxzan ul-asror
 
Maxzan ul-asror, Darveshga borish.
Asl nomi مخزن‌الاسرار
Muallif(lar) Nizomiy Ganjaviy
Tarjimon(lar) Jamol Kamol
Til Forscha
Janr(lar)i masnaviy
 
Nastaliqda bitilgan Maxzan ul-asrordan xattotlik parchasi.

Maxzan ul-asror (forscha: مخزن‌الاسرار, tarjimasi: Sirlar xazinasi) fors shoiri Nizomiy Ganjaviyning (1141–1209) mashhur Masnaviysining nomi. Asar Nizomiy Xamsasining ilk dostoni va didaktik adabiyotning koʻzga koʻringan namunalaridan biri. Bu masnaviyda 2 250 ga yaqin forscha bayt mavjud boʻlib, Ganjaviy uni 40 yoshida tamomlagan va oʻshandan beri u hamisha fors adabiyotidagi eng muhim sheʼriy va yozma asarlardan biri hisoblanib kelgan[1][2].

Asar quyidagi bayt bilan boshlanadi[3]:

بسم الله الرحمن الرحیم هست کلید در گنج حکیم

Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman Donolik xazinasi kalitidir

Syujeti tahrir

Maxzan ul-asror“ asarining asosiy mavzusi insonlarni oʻz-oʻzini bilishga, ilohiyotga, yaxshi odat va xulq tanlashga chorlashdan iborat. Nizomiy Ganjaviy bu asarning birinchi baytini Alloh nomi va zikri bilan boshlab, davomida tasavvufning asosiy tamoyillaridan biri, yaʼni Allohning borligi va uning vojibligining birligiga ishora qilgan. „Maxzan ul-asror“ lirik hikoya va adabiyot tarzida tomoshabinga taqdim etilayotgan tasavvufiy fikrlar va nasihatlarga boy; Bu tushunchalar oʻquvchi uchun baʼzan qiyin boʻlib, misralar koʻpincha murakkablikka ega[4][5].

„Maxzan ul-asror“ tushunchasini quyidagicha tasniflash mumkin: birinchi navbatda insonning dunyoda eʼtiborsizligi, soʻngra dunyoning obroʻsizligi va beqarorligi, soʻngra insonning Xudo bilan munosabati, toʻrtinchidan ijtimoiy masalalar va nihoyat siyosat va hukumat[6][7][8].

Nizomiy aytadiki, men „Maxzan ul-asror“ni kuylamoqchi boʻlganimda, bosh farishta menga: „Sen odamlarga sheʼr yozmoqchisan, nima demoqchi ekaningni bil, shuning uchun oʻzingni qalbing bilan tozala, qalbingga ergash, shunda oʻzing qurishing mumkin“. Keyin Nizomiy aytadiki, men bosh farishtaning soʻzlariga amal qildim va „qalb oʻqituvchisi“ga ergashdim. Oʻshandan buyon yurak bilan oʻylagan tunlari haqida gapiradi. Bu misralar juda murakkab va ayni paytda goʻzaldir. Ular jahon adabiyotidagi birinchi surrealistik matnlar hisoblanishi mumkin. Chunki u surrealistik matnlarga oʻxshash masalalar haqida gapiradi. U hatto „Koʻnglimga kirib, uning uylarini koʻrdim“ deyishgacha boradi[6][7].

Parcha tahrir

Maxzan ul-asror 60 boʻlimdan iborat, quyidagi misralar „Tunni tasvirlash va dilni bilish“ deb nomlangan 15-boʻlimdan olingan[9][10][11][12]:

Andoza:Verse translation Andoza:Verse translation Andoza:Verse translation

 
"Maxzan ul-asror" (Forscha PDF)

Yaratilish sanasi tahrir

Kitobning oʻzida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita tartib etilish sanasi va boshqa nufuzli asarlarda ushbu asarning yaratilgan sanasi aniq koʻrsatilmaganligi sababli, uning sanasini aniq aytib boʻlmaydi. Biroq, Nizomiy oʻzining boshqa asarlarida asarlarning boshqa juda toʻgʻri tarixini, bolaning yoshi va boshqa tarix materiallarini ham Ozarbayjon va Arron tarixini oʻrganib, qiyosiy tadqiq qilib berganligini hisobga olsak, bu asar 1165-1173-yillarda yaratilgan (ehtimol 1173-yilga yaqin) deb taxmin qilish mumkin[13][14].

Bagʻishlov tahrir

Nizomiy Ganjaviy kitobni oʻsha paytda Arzinjon hokimi boʻlgan Faxriddin Bahramshohga bagʻishlagan[13][14][15][16].

Tarjimasi tahrir

Kitob ingliz[17], nemis[18], turk[19][20], kurd[21] hamda oʻzbek tillariga tarjima qilingan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. JTP de Bruijn. Persian Sufi Poetry, An Introduction to the Mystical – Taylor and Francis (Routledge) 1997 pp. 97–98
  2. „کتاب مخزن الاسرار حکیم نظامی گنجه_ای [چ1 -کتاب گیسوم“] (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  3. نظامی, الیاس بن یوسف; دستگردی, وحید. مخزن الاسرار (fa). تهران: قطره. 
  4. „کتاب مخزن الاسرار اثر نظامی گنجوی _ ایران کتاب“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  5. „مخزن الاسرار - کتاب اسم“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  6. 6,0 6,1 „تاملی بر مخزن الاسرار نظامی“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  7. 7,0 7,1 „"مخزن الاسرار" نخستين گنجينه نظامي است _ ایبنا“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  8. „معرفی کتاب مخزن الاسرار“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  9. „گنجور » نظامی » خمسه » مخزن الاسرار » بخش ۱۵ - در توصیف شب و شناختن دل“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  10. „ناطقه _ نظامی _ خمسه _ مخزن الاسرار _ بخش ۱۵ – در توصیف شب و شناختن دل“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  11. „مخزن الاسرار نظامي - مخزن الاسرار - در توصيف شب و شناختن دل“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  12. „مخزن الاسرار: در توصیف شب و شناختن دل - شعر فارسی“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  13. 13,0 13,1 „گزیده‌ی مخزن‌الاسرار - بهان بوک“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  14. 14,0 14,1 „دانلود کتاب مخزن الاسرار - کتابناک“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  15. „مخزن الاسرار by Nizami Ganjavi“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  16. „دانشنامه ایران زمین - مخزن الاسرار“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  17. Darab, Gholam Hossein. Treasury of Mysteries, translation of Makhzanol Asrar. (London:. Arthur Probsthain, 1945).
  18. „زبان خیال‌انگیز نظامی - کتابخانه تخصصی ادبیات“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  19. „کتاب مخزن الاسرار به زبان ترکی [چ1 -کتاب گیسوم“] (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  20. „مخزن الاسرار نظامی با ترجمه_ی منظوم ترکی ابوالفضل حسینی (حسرت) - سایت دوستداران دکتر حسین محمد زاده صدیق (دوزگون)“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  21. „کتاب مخزن الاسرار به زبان کردی [چ1 -کتاب گیسوم“] (fa). Qaraldi: 2021-yil 6-may.

Havolalar tahrir


[[Turkum:Sheʼriy kitoblar [[Turkum:Nizomiy Ganjaviy [[Turkum:Forscha sheʼrlar

________________________________________ Vellington (Yangi Janubiy Uels)

Vellington Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatining Markaziy gʻarbiy nishablar mintaqasidagi shaharcha, Wambuul Macquarie va Bell daryolari tutashgan joyida joylashgan. U Dubbo mintaqaviy kengashining mahalliy hokimiyat hududida joylashgan. Shahar Sidneydan 362 kilometr (225 milya) shimoli-gʻarbda Mitchell shossesi va Asosiy gʻarbiy temir yoʻlda va Markaziy gʻarbiy nishablar mintaqasining asosiy markazi boʻlgan Dubbodan 50 km janubi-sharqda joylashgan.

Vellington Moviy togʻlarning gʻarbiy qismidagi ikkinchi Yevropa aholi punkti boʻlib, birinchi marta 1823-yilda mahkumlar muassasasi sifatida tashkil etilgan.

Tarixi tahrir

Aborigen tarixi tahrir

Hozirda Vellington deb ataladigan hudud Wiradjuri qabilasining anʼanaviy yerlarida joylashgan[3]

„Wambuul“ (Macquarie daryosi) qarindoshlik va umumiy til bilan birlashgan bu keng tarqalgan aborigenlar guruhi uchun muhim oziq-ovqat manbai edi. Wiradjuri xalqi tomonidan Yevropa bilan aloqa qilishdan oldin Vellington hududidagi ishgʻolning omon qolgan dalillari orasida arxeologik konlari boʻlgan qoya boshpanalari, oʻyilgan daraxt, chandiqli daraxtlar, ochiq lager joylari, silliqlash joylari va bora (tantanali) maydonchalari kiradi.[4]

Shaharda hanuzgacha kuchli aborigenlar nufusi mavjud, bu asosan u yerda tashkil etilgan dastlabki missionerlik aholi punktlari, Vellington Common va 1910-yildan boshlab Nanima aborigen qoʻriqxonasi kabi boshqa aborigen lagerlari tufaylidir. Bularning barchasi mahalliy aholini ushbu shaharda istiqomat qilishini saqlab qolgan.

2007-yilda bir guruh Wiradjuri aholisi Vellington Common deb nomlanuvchi, koʻplab wiradjurilar istiqomat qilgan hudud boʻyicha „Native Title“ daʼvosida gʻolib chiqdi va bu yer oʻzining anʼanaviy egalariga qaytarildi.[5]


Rus-Osiyo banki

Rus-Osiyo banki
ruscha: Русско-Азиатский банк
 
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 1910
Yopilgan yil 1026
Boyligi

Rus-Osiyo banki (ruscha: Русско-Азиатский банк) – rus, keyinchalik fransuz banki, 1910—1926-yillarda Rossiya imperiyasi, Xitoy va Fransiyada faoliyat yuritgan.

Tarixi tahrir

 
Rus-Osiyo bankining Nevskiy 62 manzilidagi binosi, 1914-yil

1910-yilda fransuz aksiyadorlari nazoratidagi Rus-Xitoy va Shimol banklarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. 1910-yil 14-iyunda Nikolay II Vazirlar Mahkamasining „Rus-Osiyo banki“ nomi ostida aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqladi[1].Tasdiqlangan nizomga muvofiq Rus-Xitoy banki yangi bankning nizomi uchun asos sifatida qabul qilindi, bundan tashqari, Nizomda banklarning birlashishi haqida emas, balki Shimol bankining Rus-Xitoy banki bilan birlashishi va Rus-Xitoy banki Rus-Osiyo banki deb nomini oʻzgartirishi haqida gap ketgan. Shu bilan birga, reglament Rus-Osiyo bankining yangi aksiyalariga ikki bankning har bir aksiyalarining ayirboshlash kurslarini belgilab berdi. Yangi bankning jamgʻarma kapitali dastlab 35 million rubl miqdorida belgilandi. Rus-Xitoy banki mulkining bir qismi yangi bank balansiga oʻtkazilmadi va Rus-Xitoy banki aksiyadorlari oʻrtasida daromadlarni taqsimlash bilan sotilishi kerak edi. Shunday qilib, zamonaviy terminologiyaga koʻra, sodir boʻlgan kengayish qoʻshilish emas, balki shakllarning birlashuvidir. Qonuniy jihatdan, ushbu aktning III qismi 1-bandining 1-izohiga muvofiq, Rus-Osiyo banki oʻz faoliyatini 1910-yil 9-oktyabrda – ushbu akt Qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilingan kundan kuchga kirgan.

1910-yil bank tashkil qilingan paytda fransuz kapitalining ulushi 4/5 qismini, rus kapitali esa 1/5 qismini tashkil qilgan. Bank rahbari Aleksey Ivanovich Putilov (N. I. Putilovning uzoq qarindoshi) boʻldi, u ayni paytda „Putilov zavodlari“ning boshqaruv raisi ham edi[2].

Faoliyatining asosiy yoʻnalishi sanoatni moliyalashtirishdir. Bank tomonidan kiritilayotgan mablagʻlar evaziga metallurgiya, mashinasozlik, harbiy va boshqa sohalardagi qator korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi. Bankning faol ishtirokida mashinasozlik, neft, tamaki va boshqa tarmoqlarda bir qancha monopol birlashmalar tuzildi.

Eng qudratlisi bank atrofida tuzilgan harbiy-sanoat guruhi boʻlib, uning asosi Peterburg zavodlari boʻlib, ular artilleriya, oʻq-dorilar, kemalar ishlab chiqarishda muhim rol oʻynagan: Putilovskiy, Nevskiy, Baranovskiy va boshqalar.

 
187,5 rubllik bankning bir dona aksiyasi, 1912-yil

1911-yilda bank boshqaruvi raisi A. I. Putilov unga bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilashda va uni kundalik boshqarishda zarur erkinlik berilishini talab qildi. Rossiyada oʻzlari yaratgan kredit muassasasini Parijdan boshqarishning iloji yoʻqligiga ishonch hosil qilgan Société Générale va Parij-Niderland banki[3] rahbarlari oʻz strategiyasini oʻzgartirdilar: bank aksiyalarining nazorat paketini saqlab qolgan holda, uning amaliy harakatlariga aralashishni toʻxtatdilar.

 
Bank reklamasi, 1916-yil

Putilov boshchiligida Rus-Osiyo banki qisqa vaqt ichida butun dunyo boʻylab keng biznes aloqalariga ega boʻlgan Rossiya imperiyasidagi eng yirik universal kredit muassasasiga aylandi.

1912-yilda qisqa vaqt ichida Xalqaro bank bilan birgalikda Rossiya bosh neft korporatsiyasi tashkil topdi[2].

1913-yilda Rus-Osiyo banki rus banklari konsorsiumi tarkibida Rus tamaki kompaniyasiga asos soldi[2].

1914 yilda bir guruh banklar (Rus-Osiyo, Azov-Don, Xalqaro, Sibir va Hisob-kitob banki) Rossiya davlat va shahar kreditlarini, shuningdek, ingliz qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa korxonalarning aksiyalari va obligatsiyalarini taqsimlash uchun Russian Corporation Ltd.ni tuzdilar[2].

1917-yilga kelib u Rossiyadagi aksiyadorlik tijorat banklari orasida asosiy fondlar, veksel va tovar ssudalari, depozitlar va joriy hisobvaraqlar boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi[4]. Uning ustav kapitali hajmi 55 million rublni tashkil etdi. (ushbu koʻrsatkich boʻyicha Azov-Don, Xalqaro tijorat va Rus tashqi savdo banklaridan ortda edi), Rossiyada va xorijdagi filiallar soni 107 tani tashkil qildi[5]. Bank mamlakatdagi 160 dan ortiq korxonalarni nazorat qildi, ularning ustav kapitali miqdori 1 milliard rubldan oshdi[2]:

  • 124 ta savdo-sanoat korxonasi;
  • 20 ta temir yoʻl jamiyati;
  • 4 ta yuk tashish kompaniyasi;
  • 3 ta sugʻurta kompaniyasi;
  • 2 ta yer banki.
 
Rus-Osiyo bankining Irkutskdagi filiali binosi

Rossiya-Osiyo bankining harbiy-sanoat guruhiga quyidagilar kirgan[2]:

  • umumiy kapitali 85 million rubl boʻlgan 8 ta yirik aksiyadorlik jamiyati, xususan:
    • Putilovskiy zavodi;
    • Nevskiy kemasozlik zavodi;
    • Rus-Boltiq vagon zavodi;
    • Rus-Boltiq kemasozlik zavodi.

Shuningdek, u savdo-sotiqni kreditlashda yetakchi oʻrinni egallagan va non va shakar bilan faol savdo qilgan. Oʻz harakatlarida u doʻstona banklarga tayangan: Sankt-Peterburg (Petrograd) xususiy tijorat, Sibir savdo, Rossiya savdo va sanoat, banklari bilan maxsus hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Oktyabr inqilobidan keyin boshqa xususiy banklar bilan birgalikda Sovet Rossiyasi hududida Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1917-yil 14-dekabrdagi farmoni bilan Rossiya Respublikasi Davlat bankiga qoʻshilish yoʻli bilan tugatildi (milliylashtirildi). Xalq Komissarlari Kengashining 1918-yil 23-yanvardagi qarori bilan bankning ustav kapitali boshqa xususiy banklarning ustav kapitali bilan bir qatorda Rossiya Respublikasi Davlat banki foydasiga musodara qilindi[6].

Bankning Xitoydagi filiallari qayta tashkil etilib, xuddi shu nom ostida faoliyatini davom ettirdi. 1918—1920-yillarda Xarbinda bank „Xarbin rubli“ni chiqardi.

Bankning Parijdagi filiali boshqarma joylashgan bosh ofis qilib qayta tashkil etildi. 1926-yil 27-sentyabrda bank oʻz faoliyatini toʻxtatdi[7].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Высочайше утвержденное положение Совета министров «Об учреждении акционерного коммерческого банка под наименованием: «Русско-Азиатский Банк» // Полное собрание законов Российской империи, собрание третье. — СПб.: Государственная типография, 1913. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 29 noyabr 2014 года.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Катасонов В.Ю. 2014.
  3. Fransuzcha vikipediyada – Banque de Paris et des Pays-Bas.
  4. Petrov Yu. A. Iz istorii Banka Rossii. ( at www.bbdoc.ru Error: unknown archive URL 20141009100206 sanasida arxivlangan)
  5. Весь Петроград на 1917 год, адресная и справочная книга г. Петрограда. Петроград: Товарищество А. С. Суворина – «Новое время», 1917 — 11 рекламного блока bet. ISBN 5-94030-052-9. 
  6. Декрет о конфискации акционерных капиталов бывших частных банков // Декреты советской власти : сб. док. / Ин-т марксизма-ленинизма при ЦК КПСС ; Ин-т истории АН СССР : [многотомное изд.]. — M.: Политиздат, 1957—1997. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — ISBN 5-250-00390-7. Архивировано 24 sentyabr 2015 года. (ISBN t. 1 otsutstvuet. Privyazano k: Dekreti sovetskoy vlasti: [mnogotomnik]. M., 1957—1997.)
  7. Carley M. J. From Revolution to Dissolution: The Quai d'Orsay, the Banque Russo-Asiatique, and the Chinese Eastern Railway, 1917—1926(ingl.) // The International History Review. — 1990. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 17 mart 2016 года.

Adabiyotlar tahrir

[[Turkum:Rossiya imperiyasi banklari [[Turkum:Rossiya imperiyasida moliya va kredit [[Turkum:1910-yilda tashkil etilgan banklar [[Turkum:1926-yilda tugatilgan banklar [[Turkum:Rossiya – Xitoy munosabatlari


Moskva yer banki tahrir

Moskva yer banki
Московскій земельный банкъ
Asosiy maʼlumotlar
Turi aksiyadorlar jamiyati
Faoliyati ipoteka banki
Asos solingan 1872-yil
Yopilgan yil 1918-yil
Rahbariyat L. S. Polyakov, S.S. Polyakov, I. L. Polyakov, N. S. Shcherbatov
 
Moskva yer banki egasining 250 rubl nominalidagi aksiyasi, Moskva. 1883-yil[1]

Moskva yer banki (ruscha: Московскій земельный банкъ) – Rossiya imperiyasining yirik aksiyadorlik ipoteka banki, L. S. Polyakov bank uyi tarkibiga kirgan. Bosh ofisi Moskva shahrida joylashgan.

Tarixi tahrir

Moskva yer banki 1861-yilda imperator Aleksandr II tomonidan krepostnoylik huquqi bekor qilingan kredit islohoti davrida 1871—1873-yillarda paydo boʻlgan va 1917-yilgi inqilobga qadar faoliyat koʻrsatgan Rossiya imperiyasidagi 10 aksiyadorlik yer banklaridan biridir. Bunday banklar Moskvadan tashqari Don, Xarkov, Poltava, Sankt-Peterburg-Tula, Kiyev, Bessarabiya-Tavrida, Nijegorod-Samara, Vilna va Yaroslav-Kostroma yer banklari hisoblanadi. Ham yer, ham shahar koʻchmas mulklari garovi ostida qisqa va uzoq muddatli kreditlar bergan ushbu kredit-moliya muassasalarining jamgʻarma kapitali 1898-yil 1-iyul holatiga koʻra 51 716 520 rublni tashkil qilgan.

1902-yilda shahar koʻchmas mulk operatsiyalari umumiy kreditlarning uchdan bir qismini chekladi. 1914-yilga kelib aksiyadorlik yer banklari yer uchun 897 000 000 rubl, shahar koʻchmas mulki uchun 388,8 million rubl miqdorida uzoq muddatli kreditlar berdi. Ularning asosiy kapitali 90,3 million rublga yetdi, banklar 1 249,2 million rubllik ipoteka qogʻozlarini chiqardilar[2].

1872-yilda tashkil etilgan va Lazar Solomonovich Polyakovning bank uyining ajralmas qismi boʻlgan[6] Moskva yer banki Moskva va qoʻshni guberniyalar hududlarda uzoq muddatli (66 yil 2 oygacha – yer bilan taʼminlangan va 38 yil 4 oygacha – shahar koʻchmas mulki bilan taʼminlangan) va qisqa muddatli (3 yilgacha) kreditlash faoliyati bilan shugʻullangan.

L. S. Polyakovning oʻzidan tashqari, bank boshqaruviga uning akasi Samuil Solomonovich, oʻgʻli Isaak Lazarevich va knyaz Nikolay Sergeyevich Shcherbatov kirgan.

1912-yilda Moskva yer banki 13,2 million rubl ssuda, bir aksiyaga 42 rubldan dividend berdi, bank aylanmasi – 241,1 million rubl, foydasi – 2 562 873 rublni tashkil qildi. Bankning asosiy kapitali 12,5 million rublga yetdi (250 rubldan 50 ming dona aksiya), 1913-yil uchun qoldiq – 165 646 400 rubl[3].

1918-yilda RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining qarori bilan aksiyadorlik yer banklari tugatildi.

Manbalar tahrir

[[Turkum:Rossiya imperiyasi banklari [[Turkum:1872-yilda tashkil etilgan banklar



Don yer banki tahrir

Don yer banki
Донской земельный банк
Asosiy maʼlumotlar
Turi aksiyadorlar jamiyati
Faoliyati ipoteka banki
Asos solingan 1872-yil
Yopilgan yil 1918-yil
Rahbariyat L. S. Polyakov, S.S. Polyakov, V. P. Lukin
 
Don yer banki egasining 250 rubl nominalidagi aksiyasi, Taganrog. 1907-yil[1]

Don yer banki (ruscha: Донской земельный банк) – Rossiya imperiyasining yirik aksiyadorlik[2] ipoteka banki. Bosh ofisi Taganrog shahrida joylashgan.

Tarixi tahrir

Don yer banki Taganrogda 1872-yilda (boshqa manbaga koʻra 1873-yilda[2]) tashkil qilingan. U 1861-yilda imperator Aleksandr II tomonidan krepostnoylik huquqi bekor qilingan kredit islohoti davrida 1871—1873-yillarda paydo boʻlgan va 1917-yilgi inqilobga qadar faoliyat koʻrsatgan Rossiya imperiyasidagi 10 aksiyadorlik yer banklaridan biridir. Bunday banklar Dondan tashqari Moskva, Xarkov, Poltava, Sankt-Peterburg-Tula, Kiyev, Bessarabiya-Tavrida, Nijegorod-Samara, Vilna va Yaroslav-Kostroma yer banklari hisoblanadi. Ham yer, ham shahar koʻchmas mulklari garovi ostida qisqa va uzoq muddatli kreditlar bergan ushbu kredit-moliya muassasalarining jamgʻarma kapitali 1898-yil 1-iyul holatiga koʻra 51 716 520 rublni tashkil qilgan.

Oʻsha davrdagi yer banklarida kredit berish tartibi, albatta, birjada yuqori baholangan qimmatli qogʻozlar – ipoteka varaqlarini rasmiylashtirish bilan birga boʻlgan. Avvalo, Moskva birjasida: ipoteka bilan bogʻliq qimmatli qogʻozlar savdosining asosiy hajmi u yerda amalga oshirilgan. Sankt-Peterburg, Odessa, Riga va Xarkov birjalarida ham ipoteka qogʻozlarining faol savdosi amalga oshirilgan[3].

Bank taʼsischilari orasida Yakov Solomonovich va Samuil Solomonovich Polyakov bor edi. Y. S. Polyakov 1903-yilgacha boshqaruv raisi boʻlib, Azov-Don banki nazorati ostidagi bank aksiyalaridan ajralib chiqishga majbur boʻldi. 20-asr boshlarida kengash tarkibiga: Vasiliy Pavlovich Lukin (rais), Nikolay Iosifovich Xvostov, Roman Aleksandrovich Pensel, Gustav Yulianovich Rummel kirgan. U yer va shahar koʻchmas mulki bilan garovga olingan uzoq muddatli (10 yildan 66 yilgacha) kreditlar berishga ixtisoslashgan. 1912-yilda 19,1 million rubl miqdorida kreditlar berildi, aylanma 948,8 million rublni tashkil etdi.

Bank sof foydasi 1912-yilda – 1,802 million rubl, 1914-yilda – 2 million rublni tashkil qildi. 1913-yil 1-yanvar holatiga koʻra 10 631 koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlib, ularga nisbatan 154,8 million rubl berilgan. 1913-yilda asosiy kapital 10 million rublni tashkil etdi. (250 rubldan 40 ming dona aksiya).

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Donskoy zemelniy bank. Ustav Donskogo zemelnogo banka: Utverjdyon 17 sentyabrya 1872 goda. – Sankt-Peterburg, 1872. – 35 s.
  • Donskoy zemelniy bank. Ustav Donskogo zemelnogo banka: S posleduyuщimi izmeneniyami po 1 iyulya 1913 goda. – Neofits. izd. – SPb., 1913. – 60 s.

Havolalar tahrir

[[Turkum:Rossiya imperiyasi banklari [[Turkum:1872-yilda tashkil etilgan banklar


Bessarabiya-Tavrida yer banki tahrir

Bessarabiya-Tavrida yer banki
Бессарабско-Таврический земельный банк
 
Asosiy maʼlumotlar
Turi aksiyadorlar jamiyati
Faoliyati ipoteka banki
Asos solingan 1872-yil
Yopilgan yil 1918-yil
Rahbariyat L. A. Rafalovich, F. A. Rafalovich, G. G. Marazli
 
Bessarabiya-Tavrida yer banki egasining 250 rubl nominalidagi aksiyasi, Odessa. 1913-yil[1]

Bessarabiya-Tavrida yer banki (ruscha: Бессарабско-Таврический земельный банк) – Rossiya imperiyasining yirik aksiyadorlik ipoteka banki. Bosh ofisi Odessa shahrida joylashgan.

Tarixi tahrir

Bessarabiya-Tavrida yer banki 1872-yilda, Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilinganidan 11 yil oʻtib faoliyatini boshlagan. 1861-yil 19-fevralda imperator Aleksandr IIning Oliy manifestni imzolashi (krepostnoylik huquqini bekor qilish toʻgʻrisida)[2] natijasida majburiy dehqonlar ozod qilindi, koʻplab yer egalari tekin mehnatidan mahrum boʻldilar. Ularning koʻpchiligi uchun qolgan kapital kredit olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin boʻlgan katta yer uchastkalari edi. Koʻpincha shu sababli, XIX asrning 70-yillarning boshlarida shu kabi xizmatlarni koʻrsatuvchi bank muassasalarining paydo boʻlishiga ehtiyoj bor edi.

Bessarabiya-Tavrida yer banki 1871—1873-yillarda faoliyatini boshlagan Rossiya imperiyasining oʻnta bankidan biri (Xarkov, Poltava, Sankt-Peterburg-Tula, Moskva, Nijegorod-Samara, Kiyev, Vilna, Yaroslav-Kostroma va Don banklari bilan birga). Yer va shahar koʻchmas mulki garovi ostida qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar bergan ushbu moliya institutlarining ustav kapitali 1898-yil 1-iyulga qadar 51 716 520 rublni tashkil qilgan[3].

Bessarabiya-Tavrida bankining asoschilari G. G. Marazli, N. M. Chixachev, A. Styuard, L. A. va F. A. Rafalovichlar, K. Stamerov, V. P. Sinadino va oʻsha paytdagi Odessaning boshqa taniqli aholisi edi. Bankning asosiy kapitali 1,5 million rublni tashkil etdi, har bir aksiya uchun 250 rubldan 6000 ta aksiyaga boʻlingan. Bank faoliyati Xerson, Tavrida, Podolsk va Bessarabiya guberniyalarini, shuningdek, Odessa va Kerch-Yenikalsk shahar hokimiyatlarini qamrab olgan. Bessarabiya-Tavrida yer banki, shuningdek, butun imperiya boʻylab vakolatxonalarning keng tarmogʻi bilan ajralib turardi: Yekaterinoslav, Baxmut, Pavlograd, Aleksandrovsk va Nikopol (Yekaterinoslav), Mitava va Libava (Kurlandiya) va Revel (Estlandiya) guberniyalarida vakolatxonalarga ega boʻlgan[4].

Muvozanatli kredit-moliya siyosati va uni mohirona boshqarish tufayli Bessarabiya-Tavrida yer banki 1920-yilda Odessada sovet hokimiyati yakunlangunga qadar muvaffaqiyatli faoliyat yurita oldi. Bank bosh ofisining mahobatli binosi odessalik mashhur meʼmor Semyon Andreyevich Landesmanning loyihasi asosida Xerson koʻchasi 25-uyda qurilgan va bu bino bugungi kungacha saqlanib qolgan[5].

Manbalar tahrir

[[Turkum:Rossiya imperiyasi banklari [[Turkum:1872-yilda tashkil etilgan banklar [[Turkum:Odessa tarixi


Sankt-Peterburg-Tula yer banki tahrir

Sankt-Peterburg-Tula yer banki
Санкт-Петербургско-Тульский поземельный банк
 
Asosiy maʼlumotlar
Turi aksiyadorlar jamiyati
Faoliyati ipoteka banki
Asos solingan 1872-yil
Rahbariyat N. N. Kryukov, L. V. Yakovlev, N. F. Bunakov, D. D. Obolenskiy, P. A. Myasoyedov
 
Sankt-Peterburg-Tula yer banki egasining 200 rubl nominalidagi aksiyasi, Sankt-Peterburg. 1905-yil[1]

Sankt-Peterburg-Tula yer banki (ruscha: Санкт-Петербургско-Тульский поземельный банк) – Rossiya imperiyasining yirik aksiyadorlik ipoteka banki. Bosh ofisi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan.

Tarixi tahrir

Sankt-Peterburg-Tula yer banki 1872-yilda Tula, Ryazan, Kaluja, Sankt-Peterburg, Moskva, Smolensk, Tver, Novgorod, Pskov, Olenetsk, Vilna, Grodnensk, Kovensk guberniyalari, Riga va Yurva shaharlarida yer va koʻchmas mulk garovga qoʻyish evaziga ssudalar berish maqsadida yer egalari N. N. Kryukov, L. V. Yakovlev, N. F. Bunakov, D. D. Obolenskiy, P. A. Myasoedov va boshqalar tomonidan tashkil etilgan[2]. Dastlab nomi „Faol“ (ruscha: Деятель) boʻlgan bank Tula yer banki 1873-yil 27-maydagi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga binoan Sankt-Peterburg-Tula yer banki deb oʻzgartirildi[3].

Sankt-Peterburg-Tula yer banki Xarkov, Poltava, Sankt-Peterburg-Tula, Moskva, Nijegorod-Samara, Kiyev, Vilna, Yaroslav-Kostroma va Don banklari bilan bir qatorda 1861-yil 19-fevralda imperator Aleksandr IIning Oliy manifestni imzolashi (krepostnoylik huquqini bekor qilish toʻgʻrisida)[4] natijasida 1871—1873-yillarda oʻz faoliyatini boshlagan oʻnta yer bankidan biri. Ushbu moliya institutlarining ustav kapitali 1898-yil 1-iyulga qadar 51 716 520 rublni tashkil qilgan[5].

1902-yilda shahar koʻchmas mulk operatsiyalari umumiy kreditlarning uchdan bir qismini chekladi. 1914-yilga kelib aksiyadorlik yer banklari yer uchun 897 000 000 rubl, shahar koʻchmas mulki uchun 388,8 million rubl miqdorida uzoq muddatli kreditlar berdi. Ularning asosiy kapitali 90,3 million rublga yetdi, banklar 1 249,2 million rubllik ipoteka qogʻozlarini chiqardilar[6].

Bank uzoq muddatli (66 yil 2 oygacha – yer bilan taʼminlangan va 38 yil 4 oygacha – shahar koʻchmas mulki bilan taʼminlangan) va qisqa muddatli (3 yilgacha) kreditlash faoliyati bilan dastlab Peterburg, Moskva, Smolensk, Tver, Pskov, Olensk guberniyalarida, 1886-yildan Vilna, Kovensk, Grodnensk guberniyalarida, 1900-yildan boshlab Kurlandiya, Liftlandiya, Estlandiya guberniyalarida ham shugʻullangan. Kompaniyaning asosiy kapitali 8 million rublgacha oʻsdi. 1914-yil 14-avgustda imperiya poytaxti nomi oʻzgartirilishi munosabati bilan bank Petrograd-Tula deb atala boshlandi.

1885-yildan oktyabr inqilobiga qadar bankning bosh ofisi I. F. Aleksandrovskiyning sobiq turar-joy binosida, Nevskiy prospekti, 63-bino manzilida joylashgan boʻlib, buning uchun muhandis A. A. Bertels binoning ichki qismiga oʻzgartirishlar kiritdi[7].

Sankt-Peterburg-Tula yer banki 1918-yil 24-dekabrdagi Xalq Komissarlari Kengashining xususiy yer banklarini tugatish toʻgʻrisidagi farmoni asosida oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Manbalar tahrir

[[Turkum:Rossiya imperiyasi banklari [[Turkum:1872-yilda tashkil etilgan banklar [[Turkum:Sankt-Peterburg tarixi


_______________________________________________________________________________

Panaxon saroyi tahrir

Panaxon saroyi
armancha: Փանախանի տունը
Fayl:Yerevan, Khanʼs Palace, 2010.12.28.jpg
Saroy 2010-yilda
Umumiy maʼlumot
Turi Saroy
Manzili Vardanants boshi berk koʻchasi, Vardanants koʻchasi
Shahar Yerevan
Mamlakat Armaniston
Koordinatalar 40°10′45″N 44°31′10″E / 40.17917°N 44.51944°E / 40.17917; 44.51944 G OKoordinatalari: 40°10′45″N 44°31′10″E / 40.17917°N 44.51944°E / 40.17917; 44.51944 G O
Qurilishi tugagan 19-asr
Balandligi
Tip Fors meʼmorchiligi

Panaxon saroyi (armancha: Փանախանի տունը, Panakhani tuny) – 19-asrda Armanistonning Yerevan shahri markazida joylashgan saroy tipidagi majmua[1][2] Eron Armanistoni davrida qurilgan saroy Saxarov maydoni (sobiq Panaxon maydoni) yaqinida, Vardanants koʻchasining ikkinchi qatorida joylashgan[3]. 1828-yilda Yerevanda Fors hukmronligi tugaganidan beri u hozirda xususiy turar-joy majmuasi sifatida xizmat qilmoqda.

Tarixi tahrir

 
Panaxon saroyi, 1912-yil

Saroy 19-asrning boshlarida Armaniston Eron hukmronligi ostida boʻlgan paytda qurilgan, ammo strukturaning aniq kelib chiqishi nomaʼlum. U Yerevanning tarixiy Shahar tumanining bir qismini, shaharning markaziy va eng qadimgi qismini tashkil qilgan. Baʼzi manbalarda saroy mintaqaning mahalliy xoni boʻlgan fors Panaxonning qarorgohi boʻlganligi qayd etilgan[4][2]. Boshqa manbalarda bu madrasa dastlab Yerevanning soʻnggi sardori Husayn Qulixonning oliy martabali qoʻmondoni Muhammad Sardipxonga bagʻishlangan kattaroq majmuaning bir qismi boʻlgan madrasa boʻlgani aytiladi[5]. Majmuaning masjidi va kichikroq minorasi 1958-yildagi qurilish ishlari paytida vayron qilingan.

Saroy yaqinida Saxarov maydoni shahar forslar hukmronligi davrida Panaxon maydoni deb atalgan[6][7]. Hozirda majmuaning sobiq oshxonasida yashovchi mahalliy arman oilasi ularning katta bobosi saroyga egalik qilgan xonga oshpaz boʻlganini va Rossiya tomonidan hududni bosib olgandan soʻng u saroyni ularning oilasiga sovgʻa qilganligini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda saroy mahalliy armanlar, shuningdek, Suriyadan kelgan arman qochqinlar va Rossiyadan kelgan ishchilar uchun turar joy majmuasi vazifasini oʻtaydi[2]. Bu Armaniston milliy galereyasida joylashgan arman rassomi Ararat Gʻaribyanning 1947-yilda suratga olingan „Qadimgi Yerevan: Panaxan uyi“ (Հին Երևան. Փանախանի տունը) nomli rasmining mavzusi[8].

Tavsifi tahrir

 
Saroy jabhasi, 1921-yil[3]

Saroy devorlari eni 60 santimetr boʻlib, gʻishtdan qurilgan[2]. Meʼmorchilik uslubi Eronning Kurdiston ustonidagi Sanandaj uylari bilan oʻxshashlikni koʻrsatib, oʻsha davrdagi Eronning ikki qavatli gʻishtli uylarining odatiy tendensiyasiga amal qiladi. Saroy asosan ikki qavatli boʻlib, markazdan tashqari 3 qavatli boʻlib, Eronning yuqori qavati faqat ayollar uchun ajratilgan. Tashqi jabha Eron meʼmorchiligiga xos boʻlib, feruza, yashil, qizil va sariq ranglardagi rang-barang dekorativ gʻisht ishlarini oʻz ichiga oladi. Binoning birinchi qavatdagi chap xonasi, uchinchi qavati va tarixiy balkoni kabi qismlari asl koʻrinishida saqlanib qolgan, boshqalari esa toʻliq ikkinchi qavat va birinchi qavatning oʻng tomoni kabi butunlay oʻzgartirilgan. Yogʻoch, shuningdek, binoning asosiy tarkibiy qismi sifatida ishlatilgan. Ichki bezatish uslubi, fasad va gʻisht ishlari Qojarlar davridagi uylarga xosdir[9].

Manbalar tahrir

  1. Ordoukhanian 2015, ss. 41–45.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Gizhlaryan 2018.
  3. 3,0 3,1 Gevorgyan 2020.
  4. Ordoukhanian 2015, s. 42.
  5. Mirijanyan et al. 2023.
  6. Avagyan 2004, s. 53.
  7. „Squares“. yerevan.am. Armenia: Yerevan Municipality. — „In the period of Persian domination this area was named Pana Khan square.“. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  8. „ՀԱՎԱՔԱԾՈՒ/ Շտեմարան“ [Collection/repository]. gallery.am. National Gallery of Armenia. Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.
  9. Ordoukhanian 2015, s. 42-45.

Adabiyotlar tahrir



[[Turkum:Yerevandagi bino va inshootlar [[Turkum:19-asrda qurilgan bino va inshootlar [[Turkum:Fors—Kavkaz arxitekturasi [[Turkum:Armaniston–Eron munosabatlari [[Turkum:Qojarlar davri binolari